Tiktoker Sardor “Gangster” videoni nashr qildi va unda agar uning xotini qiz tug‘sa, uni chiqindixonaga tashlashini aytdi.
Video ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari o‘rtasida qizg‘in munozaralarga sabab bo‘ldi. Shundan so‘ng, video unga nisbatan salbiy munosabat shakllanishiga sabab bo‘lganligi sababli, tiktoker uzr so‘rab videomurojaat yozdi.
Iltimos, tiz cho'kib, sizdan kechirim so‘rayman. Alloh uchun meni kechiring”, deb yolvordi Sardor “Gangster.
Mazkur fakt bo‘yicha tiktokerga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi jinoyat kodeksining 140-moddasi 2-qismi bo'yicha jinoyiy ishi qo‘zg‘atildi. Tergov olib borilmoqda.
140-modda. Haqorat
Xuddi shunday harakatlar uchun ma'muriy jazo qo‘llanilgandan keyin sodir etilgan haqorat, ya‘ni shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini odobsiz shaklda qasddan kamsitish, — bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirq soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yilgacha axloqni tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Bosma yoki boshqa yo‘l bilan ko‘paytirilgan shaklda, shu jumladan, ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki butunjahon Internet axborot tarmog‘ida joylashtirilgan haqorat bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravaridan to‘rt yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yuz qirqdan uch yuz soatgacha majburiy jamoat ishlari yoki bir yildan ikki yilgacha axloqni tuzatish ishlari bilan jazolanadi.
Haqorat:
a) jabrlanuvchining xizmat yoki fuqarolik burchini bajarishi munosabati bilan;
b) xavfli retsidivist yoki ilgari tuhmat uchun sudlangan shaxs tomonidan sodir etilgan bo‘lsa, — bazaviy hisoblash miqdorining to‘rt yuz baravaridan olti yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki ikki yildan uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud bir yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shuni ta'kidlash kerakki, TikTok va YouTubeda Sardor gangster nomi bilan tanilgan Sardor Safarboyev 2024-yilning fevral oyida kichik bezorilik va milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ‘ib qiluvchi materiallarni tayyorlash, saqlash yoki tarqatishda aybdor, deb topilgan va 10 kunga hibsga olingan.
Agar Sizda huquqlaringizni himoya qilish bilan bog‘liq savollar tug‘ilsa yoki professional yordam zarur bo‘lsa, bepul huquqiy maslahat olish uchun mediahuquqshunoslarga murojaat qiling. Legalclinic.uz ekspertlari vaziyatingizning huquqiy jihatlarini aniqlashga va tegishli yechimlarni taklif qilishga yordam berishga tayyor. Maxfiylik kafolatlanadi, savolni anonim tarzda berish mumkin. Malakali yordam olish uchun bugun bizga murojaat qiling!