Bugungi kunda o'z ma'lumotlari va uskunalarini tahlil qilish va ular ustidan nazorat o'rnatishni anglatuvchi shaxsiy texnologik suverenintet haqida o'ylash muhim.
Tarmoqda shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish bo'yicha tavsiyalar:
1. O'zingiz haqingizdagi ma'lumotlarni chegaralang, ro'yxatdan o'tishda barcha bo'sh katakchalarni to'ldirish shart emas, odatda, yosh, elektron manzil va parol kifoya qiladi.
2. Akkauntga kirish uchun murakkab kalit so'zlardan foydalaning va ukarni muntazam o'zgartirib turing.
3. Parollarni "bulutli" servislarda saqlamang, ularni ochish oson bo'lib qoladi.
4. Ijtimoiy tarmoqlarda konfidetsiallik sozlamalarini o'zgartiring. O'z ma'lumotlaringiz bilan boshqa platformalarda bo'lishishni ta'qiqlashingiz mumkin.
5. Boshqa foydalanuvchilarga shaxsiy ma'lumotlar, foto va videolarni yubormang, ayniqsa, ular bilan tanish bo'lmasangiz.