Legalclinic huquqshunoslariga quyidagi savol kelib tushdi: Agar jurnalda yarim yalang‘och modellarning fotosuratlari chop etilsa, dam olish kunlaridagi ma’lumotlarga uslub, moda haqidagi jurnalda 18+ belgisini qo‘yish shartmi?
Mediahuquqshunos Ilhom Hamidov javob berdi
Vazirlar Mahkamasining "Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari haqida"gi 848-son qarori qarori bilan tasdiqlangan nizomda bosma OAVda yoshga oid cheklov belgisini qo‘yish talabi keltirilgan.
§ 1. Axboriy mahsulotining yoshga oid tasnifini aniqlash
13. Axboriy mahsulotining yoshga oid tasnifini aniqlash axboriy mahsulotini ishlab chiqaruvchilar va (yoki) tarqatuvchilar tomonidan, shu jumladan ekspertlarni jalb etgan holda, O‘zbekiston Respublikasi hududida tarqatish boshlangunga qadar ushbu Nizomda ko‘rsatilgan mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi.
14. Ekspert yoki ekspertlarni jalb etgan holda axboriy mahsulotinng yoshga oid tasnifi aniqlangan taqdirda, axboriy mahsulotning yoshga oid tasnifini belgilash bilan bog‘liq xizmatlarga haq to‘lash va xarajatlarni qoplash ushbu xizmatlarga buyurtma bergan axboriy mahsulotni ishlab chiqaruvchilar yoki tarqatuvchilar hisobidan amalga oshiriladi.
§ 2. Axboriy mahsulotning yoshga oid toifasi belgisini joylashtirish (markirovkalash)
15. Axboriy mahsulotning yoshga oid tasnifi to‘g‘risidagi ma’lumotlar unga axboriy mahsulotning yoshga oid toifasi tegishli belgisini (markirovkasini) joylashtirish uchun asos hisoblanadi.
16. Axboriy mahsulotni markirovkalash uni ishlab chiqaruvchi va/yoki tarqatuvchi tomonidan unga axboriy mahsulotning yoshga oid toifasining tegishli belgisini berish orqali amalga oshiriladi:
"7 yoshgacha" - aylanada "0+" belgisi;
"7 yoshdan" - aylanada "7+" belgisi;
"12 yoshdan" - aylanada "12+" belgisi;
"16 yoshdan" - aylanada "16+" belgisi;
"18 yoshdan" - aylanada "18+" belgisi.
17. Axborot mahsulotining toifasi Qonun va ushbu Nizom talablariga muvofiq belgilanadi, shuningdek uni ishlab chiqaruvchilar yoki tarqatuvchilar tomonidan texnik tartibga rioya qilgan holda joylashtiriladigan axborot mahsulotining yoshga oid toifasi belgisi bilan ifodalanadi.
Davriy va davriy bo‘lmagan bosma nashrlarda yosh toifasi belgisi nashrning birinchi sahifasiga yoki titul varag‘iga tushiriladi va aniq farqlanadigan bo‘lishi hamda mahsulot nomining shrifti bilan o‘lchami bo‘yicha taqqoslanadigan shrift bilan bajarilishi kerak.
Shuningdek, Legalclinic.uz O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligiga rasmiy so‘rov bilan murojaat qildi.
"Bolalarni himoya qilish to‘g‘risida"gi qonunning 17-moddasiga ko‘ra, axboriy mahsulotning yoshga oid tasnifini aniqlash axboriy mahsulotni ishlab chiqaruvchilar va/yoki tarqatuvchilar tomonidan amalga oshiriladi.
Nizomning 16-bandiga muvofiq, axboriy mahsulotni markirovkalash uni ishlab chiqaruvchi va/yoki tarqatuvchi tomonidan axboriy mahsulotning yoshga oid toifasining tegishli belgisini berish orqali amalga oshiriladi.
Bosma nashrlarda yarim yalang‘och modellarning nashr etilishi yoshlarning axloqiy tamoyillarining buzilishiga olib kelishi mumkin, bu esa O‘zbekiston Respublikasining "Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida"gi qonunining 5-moddasiga ziddir.
Agar Sizda huquqlaringizni himoya qilish bilan bog‘liq savollar bo‘lsa yoki professional yordam kerak bo‘lsa, bepul yuridik maslahat olish uchun mediahuquqshunoslarga murojaat qiling. Legalclinic.uzekspertlari vaziyatingizning huquqiy jihatlarini tushunishga yordam berishga va tegishli yechimlarni taklif qilishga tayyor. Maxfiylik kafolatlanadi, savolni anonim tarzda berish mumkin. Malakali yordam olish uchun bizga bugun murojaat qiling!