Янгиликлар

Prank uchun ma’muriy qamoq

Kanal ommabopligi oshishi uchun blogerlar provokatsiyasi g’ayriqonuniy bo’lib chiqdi.
12 aprel kuni soat 18.00 da Chilonzor tumanidagi istirohat bog’ida Toshkent davlat Texnika universitetining 21 va 22 yashar talabasi ijtimoiy tarmoqlarda mashhurlikka erishish maqsadida video oldilar. Unda huquq-tartibot organi xodimi oldida go’yoki bexosdan aslida o’t yoqish vositasi (zajigalka) bo’lgan pistoletni tushirib qo’yishdi, deya xabar beradi shahar sudi matbuot xizmati ma’lumotlariga asoslanib Kun.uz sayti.
Prank deganda, keng ma’noda istalgan hazil tushuniladi. So’nggi yillarda holat yangi ma’no kasb etdi va bu ijtimoiy tarmoqlar va YouTubeda eng ommabop alohida metajanr paydo bo’lishi bilan bog’liq. Prankerlar video suratga olib, uni ommaviy tomosha uchun tarmoqqa yuklashadi. Hozir prank hazildan ko’ra provokatsiya xarakterini kasb etmoqda. Pranklarni uch asosiy yo’nalishga ajratish mumkin – telefon suhbatlari, internet yozishmalarda sodir bo’ladigan va “jonli”.
Zamonaviy mediada prankdan jurnalistik provokatsiyasi sifatida foydalanib, endilikda “prank-jurnalistika” haqida ham gapirish mumkinligini ta’kidlamoqdalar, masalan, davlat fuqarolari uchun muhim yashirin axborotni olish va oshkor etishda yordam beradi. Prankerlarning ba’zi videoroliklari esa muhim ijtimoiy muammolarga e’tibor qaratishga yo’naltirilgan. Lekin bunday provokatsiyalar jurnalistik etika nuqtayi nazaridan muammoli bo’lib qolmoqda.
“Ijtimoiy tarmoqlarda video joylanganidan keyin obunachilar soni 1500 nafarga oshdi. Prank uchun g’oyani qozog’istonlik blogerlardan oldik. U shunday oqibatlarga olib keladi, deb o’ylamagandim. Qilmishimdan pushaymonman”, - dedi prankerlardan biri.
Chilonzor tuman sudi ishni ko’rib chiqib, qarorga keldi: huquqbuzarlik sodir etgan yigitlarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksning 183- moddasi (mayda bezorilik) bilan ayblov qo’yilib, 5 sutka qamoq jazosi ko’rinishida ma’muriy chora ko’rilsin.
183-modda. Mayda bezorilik
Mayda bezorilik, ya’ni jamoat joylarida uyatli so‘zlar bilan so‘kinish, fuqarolarga haqoratomuz shilqimlik qilish hamda jamoat tartibini va fuqarolarning osoyishtaligini buzuvchi shu kabi boshqa xatti-harakatlarda ifodalangan jamiyatda yurish-turish qoidalarini qasddan mensimaslik — bazaviy hisoblash miqdorining uch baravaridan besh baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.