Янгиликлар

Bloger Abror Muxtor Ali hibsdan ozod etildi

Ma'lumki Abror Mukhtor Ali sifatida tanilgan bloger Abror Abduazimov IIB xodimining qonuniy talablarini bajarishdan bosh tortish va IIB xodimlarining xizmat vazifalarini bajarishiga qarshilik ko'rsatganligi uchun 15 sutkaga ma’muriy qamoqqa olingan edi.
Oliy sudning jinoyat ishlari bo‘yicha Kollegiyasining 20 fevraldagi qaroriga asosan ma’muriy qamoqqa olish muddati o‘zgartirildi. Abror Abduazimov ozodlikka chiqdi.