Янгиликлар

Mediasohada Markaziy Osiyo mintaqasining umumiy muammolari

Olmaotada 30- va 31-may kunlari Markaziy Osiyoda Internet sohasini rivojlantirish bo‘yicha har yili o‘tkaziladigan Markaziy Osiyo forumi bo‘lib o‘tdi. InternetCA doirasida muhokama qilingan asosiy mavzular: raqamli huquqlarni tartibga solish va istiqbolda kutilayotgan xatarlar, so‘z erkinligini ta’minlash muammosi.

Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonni o‘z ichiga olgan Markaziy Osiyo mintaqasi mediasohada ko‘plab muammolarga duch kelmoqda. Ushbu tahdidlar so‘z erkinligi va axborotdan boshlab, to erkin foydalanishni cheklashdan tortib, jurnalistlarga bosim o‘tkazishgacha hamda OAVning mustaqilligi yetarli emasligigacha masalalarni qamrab olgan.

Markaziy Osiyo mamlakatlari qonunchiligining yomonlashuvi sharoitida internetda so‘z erkinligi, sun‘iy intellektni rivojlantirish istiqbollari va xatarlari, faktcheking va soxta axborotga qarshi kurash

Har yili forum Markaziy Osiyo, Yevropa va Amerika mamlakatlaridan jurnalistlar, raqamli huquqlar, fakt-cheking, mediasavodxonlik, so‘z erkinligi va inson huquqlari bo‘yicha mutaxassislarni birlashtiradi.

Markaziy Osiyo mamlakatlarida Internet- va mediasohadagi umumiy muammoli masalalar ajralib turadi, bu ham bo‘lsa, media erkinligi, soxta axborot va targ‘ibot, jurnalistlar xavfsizligi, gender kamsitish, shaxsiy ma’lumotlar va maxfiylik, Internetni tartibga solish. Axborotdan erkin foydalanish haqidagi mavjud qonunchilik samarali mexanizmga ega emas. Internet va ijtimoiy tarmoqlarga kirish cheklangan bo‘lishi mumkin, bu esa, jurnalistlarning ishini va aholining ob’yektiv axborotdan erkin foydalanishini qiyinlashtiradi.

So‘z erkinligi Markaziy Osiyodagi asosiy muammolardan biridir. Mintaqaning aksariyat mamlakatlarida fikrini erkin ifoda etish imkoniyatlarini cheklaydigan qat’iy qonunlar mavjud. Xususan, "Chegarasiz muxbirlar" (ChM) tashkiloti tomonidan tuzilgan matbuot erkinligi reytingida Markaziy Osiyo mamlakatlari quyi o‘rinlarda.

Forum MO mamlakatlarida mediasohadagi hozirgi vaziyatni muhokama qilish uchun maydonchaga aylandi. Ekspertlar Gulmira Birjanova, Ranjet Yatimov, Madina Tursunova Internet va mediani hamda axborotdan erkin foydalanishni ta’minlash zaruratini tartibga soluvchi qonunchilik va amaliyotlarni sharhladilar. Ijtimoiy loyihalarga bag‘ishlangan alohida sessiyada Darya Osmanova jurnalistlar va blogerlar uchun 2019 yildan beri amalda bo‘lgan bepul huquqiy yordam ko‘rsatish bo‘yicha Huquqiy klinika loyihasi taqdimotini o‘tkazdi.

Texnik muammolar va infratuzilmaning past sifati Markaziy Osiyodagi medialarning faoliyatiga ham ta’sir qiladi. Mintaqaning ba’zi hududlarida internetga kirish cheklangan yoki umuman yo‘q, bu jurnalistlarning ishini va axborot tarqatilishini qiyinlashtiradi. Internet SOCIETY, GLOBAL NETWORK INITIATIVE, IFCN ekspertlari forumda ishtirok etdilar hamda bepul va xavfsiz Internet, maxfiylik va shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish mavzusida nutq so‘zladilar. Soxta axborot va targ‘ibot Markaziy Osiyodagi medialar uchun yirik muammo sifatida baholanadi. Forumda birinchi marta IFCN xalqaro faktcheking tarmog‘i vakili Salvador Rodriges-Ruis ishtirok etib, Xalqaro faktchekerlar tarmog‘i va soxta axborot bilan kurashish standartlarini taqdim etdi.

Maxsus panel sessiya Markaziy Osiyoda raqamli gender kamsitilishining oldini olishga bag‘ishlandi. Panel sessiyasi ishtirokchilari raqamli makonda gender kamsitilish keyslarini, gender kamsitilishiga qarshi tashabbuslarni muhokama qildilar. Ishtirokchilar uchun geymdizayn, kreativ videolarni yaratish, sun’iy intellekt bilan ishlash ko‘nikmalari, kiberxavfsizlik, shaxsiy ma’lumotlar bo‘yicha amaliy sessiyalar o‘tkazildi. Markaziy Osiyo mediasohasi ko‘plab muammolarga, jumladan, so‘z erkinligini cheklash, jurnalistlarga bosim o‘tkazish, OAV mustaqilligining etishmasligi, axborotdan foydalanishning cheklanganligi va soxta axborotning tarqatilishiga to‘qnash kelmoqda. Mazkur muammolarni hal qilish davlat organlari, xalqaro tashkilotlar va fuqarolik jamiyatining birgalikdagi sa’y-harakatlarini talab qiladi. Shundagina mintaqaning barcha fuqarolari manfaatlariga xizmat qiluvchi erkin va mustaqil mediamuhit uchun sharoitlarni yaratish mumkin bo‘ladi.

Markaziy Osiyo mediasohadagi vaziyatni yaxshilash uchun mazkur qadamlar zarur:

So‘z erkinligi va axborotdan erkin foydalanish to‘g‘risidagi qonunchilikning takomillashuvi: So‘z erkinligi va axborotdan foydalanish erkinligini himoya qiluvchi qonunlarning ijrosini ta’minlash zarur.

Nodavlat medialarini qo‘llab-quvvatlash: Davlatlar va xalqaro tashkilotlar moliyaviy va texnikaviy yordam ko‘rsatish orqali mustaqil OAVni qo‘llab-quvvatlashlari kerak.

Jurnalistlarni o‘qitish va malakasini oshirish: Jurnalistlar uchun inson huquqlarini himoya qilish va jurnalistik odob-ahloq haqidagi kasbiy ko‘nikmalar va bilimlarini oshirish uchun treninglar va o‘quv dasturlarini o‘tkazish zarur.

Infratuzilma va internetga kirishni yaxshilash: Davlatlar infratuzilmani rivojlantirishga va internetga kirishni, ayniqsa chekka hududlarda kengaytirishga sarmoya kiritishi kerak. Mintaqadagi gender raqamli tafovutni bartaraf etishga alohida e’tibor qaratish lozim.