Янгиликлар

Jurnalistlar va blogerlar uchun raqamli xavfsizlik

Gijn jurnalistlarga yordam berish uchun o'z tahririyatlarini, oilalarini, hamkasblarini va manbalarini raqamli tahdidlardan himoya qilish uchun qo'llanma chiqardi.

"Himoyangizga yuz foiz ishonch hosil qilishning ilojisi yo'q", dedi matbuot erkinligi jamg'armasi ijrochi direktori Trevor Timm PDNPulse bilan suhbatda. "Ammo, ba'zi bir asosiy qoidalarga rioya qilgan holda, har kim o'z hayotini Internet foydalanuvchilarining 90-95 foiziga qaraganda xavfsizroq qilishi mumkin va bu juda muhimdir."

Robert Guerrning ta'kidlashicha, aksariyat jurnalistlar hatto eng asosiy ehtiyot choralariga ham rioya qilmaydilar.

O'n yildan ortiq vaqt davomida notijorat tashkilotlariri xodimlari va jurnalistlarni onlayn muhitda aloqalarni havfsiz olib borish va ma'lumotlarni boshqarish bo'yicha o'qitgan Guerra: "jurnalistik qidiruv tufayli erishgan mashhurligingiz Sizni va ma'lumotlaringizni raqamli vositalar yordamida kuzatishga harakat qiladigan insonlarning e'tiborini jalb qilishi mumkin", deydi Guerra.. "Asosiy tamoyillardan boshlang. Xatarlarni o'rganing va bir necha oddiy amallarni bajaring."

Guerra syunday qadamlardan boshlashni taklif qiladi:

Elektron pochta

· Agar siz jurnalistlarni faol kuzatib borishadigan mamlakatga boradigan bo'lsangiz, mahalliy pochta provayderiga ishonmang.

· Agar siz uyda ishlasangiz, xavfsiz provayderdan foydalaning. Manzil satrida "https" protokoli mavjudligiga e'tibor berib, elektron pochtangiz xavfsiz yoki yo'qligini tekshiring. Gmail xizmati doim himoyalangan, ammo Yahoo va Facebookda asosiy sozlamalarni o'zgartirish mumkin. Agar siz bepul WiFi tarmog'idan foydalansangiz, oddiy dasturiy ta'minot yordamida har kim sizning ekraningizga kirishi mumkin. Buni odamlar gavjum bo'lgan joyda bo'lganingizda, maxfiy ma'lumotlarni manba bilan ovoz chiqarib, muhokama qilgan holda taqqoslash mumkin..

· Ish beruvchingiz akkauntingizni himoya qiladi, deb ishonmang. Agar tashkilotingizda IT bo'limi bo'lsa, ular qanday ehtiyot choralarini ko'rayotganligini tekshiring. Shuningdek, Google yoki Yahooda shaxsiy akkaunt yaratishni o'ylab ko'ring.

Parollar va ikkiomilli autentifikatsiya

Agar Sizda Gmail pochta bo'lsa, foydalanuvchi ismingiz endi sir emas. Akkauntingizni buzish uchun xakerga faqat parolingiz kerak bo'ladi. Shuning uchun, birinchi navbatda, murakkab parolni o'ylab toping. Quyida kuchli parollarni yaratish bo'yicha ko'rsatmalar keltirilgan. Bundan tashqari, Gmail, Twitterva Facebook qo'shimcha, ammo hozircha nomajburiy himoya darajasi — ikkiomilli autentifikatsiyani qo'shdi. Uni faollashtirganingizdan va parolni kiritganingizdan so'ng, telefoningizga noyob kod bilan matnli xabar keladi, uni akkauntingizga kirishdan oldin kiritishingiz kerak bo'ladi. (Ba'zi mamlakatlarda tajovuzkorlar yoki huquqni muhofaza qilish organlari sim-kartangizning dublikatini olishlari mumkin, shuning uchun Google Autentificator ilovasidan foydalanish yaxshiroqdir).

"Chegarasiz muxbirlar" (Reporters Without Borders) YouTube kanalida xavfsiz parollar yaratish haqida 12 daqiqalik video (ingliz tilida) mavjud. Rus tilida Google tavsiyalarini o'qish mumkin.

Bundan tashqari, parollarni yaratish uchun, masalan, LastPass kabi xizmatlardan foydalanish va parollarni и хранить пароли в надежных сервисах, например таких, например, как Bitwarden kabi ishonchli xizmatlarda saqlash mumkin.

Akkauntga kirish o’lchovlari

Shaxsiy kompyuteringizda administrator hisob yozuvidan tashqari kamida bitta foydalanuvchini o'z ichiga olgan bir nechta akkaunt yarating. Uni kundalik vazifalar uchun ishlating, lekin avval ushbu akkauntning administrator huquqlariga ega emasligiga ishonch hosil qiling. Shunday qilib, agar biron bir zararli DT avtonom o'rnatishni ishga tushirishga harakat qilsa, tizim administrator parolini so'rash orqali Sizni xabardor qiladi.

Zarar keltiruvchi DT

· Shubhali dasturlardan ehtiyot bo'ling, dasturlaringizni muntazam yangilab turing va sifatli antivirus himoyasini ta'minlang. Odatda, pullik dasturlar yanada samarali himoyani ta'minlaydi.

· Siz bilishingiz mumkin bo'lgan, ammo Sizni shubha ostiga qo'yishi mumkin bo'lgan guruhlardan yoki odamlardan elektron pochta xabarlarini kuzatib boring — masalan, kichik grammatik xatolikar yoki g'ayrioddiy tinish belgilarini sezasiz.

· Mac egalari, xavfsizlikda soxta ishonchga berilmang.

· Xavfsizlik tizimlari yangilanishlarisiz eskirgan shaxsiy kompyuterlar sizni ko'proq xavf ostiga qo'yishi mumkin.

tools.ijnet.org/digital_security.html saytida Guerra ba'zi foydali vositalar haqida so'zlab beradi (ingliz va ispan tillarida).

Agar nimadir noto’g’ri ketsa

Agar shaxsiy kompyuteringiz g'ayriodatiy ishlay boshlasa, hujumlarni kuzatish va foydalanuvchilarni o'qitish bilan shug'ullanuvchi har qanday notijorat guruhga murojaat qiling. Mana ulardan ba'zilari:

· Access Now raqamli havfsizlik masalalari bo'yicha to'qqiz tilda: ingliz, ispan, frantsuz, nemis, portugal, rus, tagal, arab va italyan tillarida mavjud bo'lgan 24 soatlik qaynoq aloqani taklif etadi. Barcha so'rovlarga javoblar ikki soat ichida keladi.

· Nyu-Yorkda joylashgan Jurnalistlarni himoya qilish qo’mitasi (Committee to Protect Journalists) butun dunyo bo'ylab jurnalistlarning manfaatlarini himoya qiladi va yordam haqidagi so'rovlarni ko'rib chiqadi.

· «Cherasiz muxbirlar» tashkiloti (Reporters Without Borders) nalists) tashkiloti JHQTning faoliyati kabi inson huquqlari faoliyati bilan shug'ullanadi. "Chegarasiz muxbirlar" butun dunyo bo'ylab jurnalistlarga raqamli xavfsizlik masalalari bo'yicha maslahat berish va qo'llab-quvvatlashga mo'ljallangan OAV uchun tezkor yordam xizmatiga va raqamli ma'lumot xizmatiga ega. Shifrlash, anonimlashtirish, akkaunt xavfsizligi va nafrat so'zlariga va feyk yangiliklarga qarshi kurashda professional yondashuv kabi mavzular bo'yicha ma'lumotlar endi helpdesk.rsf.org sahifasida mavjud.

· Toronto universitetidagi Citizen Lab laboratoriyasi Internetdagi xavfsizlik va inson huquqlari sohasidagi tadqiqotlarni olib boradi.

Manba: Global investigative journalism Network

27.03.2024
2024-03-27 12:54