Янгиликлар

Nikita Makarenko yondiryaptimi yoki qo’zg’atyaptimi?


O'zbekistondagi Facebook ijtimoiy tarmog'ining rus tilidagi segmentida taniqli jurnalist va bloger Nikita Makarenkoning posti yuzasidan jiddiy nizo kelib chiqdi.


Men Twitterda yozganman, bu yerda ham yozaman. Albatta, barcha umumlashmalar yolg'ondir va har doim ajoyib istisnolar mavjud. Ammo shunga qaramay, shaxsan menga trend ko'rinyapti.

Ruslar migratsiyasining hozirgi to'lqini menda aniq rad etishga olib kelyapti, fevral-mart oylaridagisi esa, ko'proq neytral tuyg'ularni keltirib chiqardi. Hamdardlik va yordam yo'q, bu faqat ukrainaliklarga tegishli, bu muhokama qilinmaydi. Buning sababini bilmasdim, lekin kecha shaxsan o'zim uchun javob topdim.

Fevral oyida vijdonlilar darhol ketishdi. Bularni, yani sentyabr-oktyabrdagilarni esa, aftidan, hammasi qoniqtirardi. Safarbarlik (urush) ularga shaxsan yetib bormaguncha, ularga, ehtimol, xammasi ma'qul edi.

Va suhbatlardan, postlardan men juda aniq mustamlakachilik munosabatl shakllangan odamlar kelganini ko'ryapman. Bu yoqimsiz.

Izohlarda jamoaviy javobgarlik va reolokantlar haqida qizg'in munozaralar bo'lib o'tdi. Sharhlovchilar orasida blogerni millatlararo nizolarni qo'zg'atishda ayblaganlar ham bor edi.


Yelena Potorochina
Bunga o'xshash bayonotlar ruslarga qarshi to'lqinni tebratmoqda, buning ichiga, agar vaqtida qochib qolmasa, Nikita Makarenkoning o'zi ham tushib qolishi mumkin, chunki “pasportiga emas, basharasiga urishadi”.
Olesya Kabanova
Shaxnoza Akramova, u har doim ruslarga qarshi postlar yozadi. Payqamadingizmi?
Marey Lika
Nina Muratova, u maxsus qo'zgatyapti, faqat ahmoqlar buni tushunmayapti. Pulning xidi kelmaydi. Keyin esa, biz – tinch insonlar iznirob chekamiz!!!
Pavel Kors
Qo'zgatishga o'xshayapti… Bunday nuqtai nazar bilan Siz shu paytgacha nega Ukrainada xandaqdamassiz…


Yelena Shugay
Nikita Makarenko, Siz shug'ullanayotgan ish… millatlararo nizoni qo'zgatish
Ash Rustamov
Avvalgi postingizda partiyani millatlararo nizoni qo'zgatishda ayblagan edingiz, bu yerda esa, uni ozingiz amalga oshiryapsiz. Shuning uchun, ozingiz ashaddiy tanqid qilayotgan shaxsdan hech ham farqingiz yoq.
Aziz Aliyev
Rano Makarenko, bu menga, oilamga yoki davlatimizga ziyon keltiryaptimi? Haqiqatda, yo'q, xatto bu qochishga o'xshasa ham. Men faqat plyuslarni ko'ryapman.
Nikita esa, millatchi, chunki xammani bitta qozonga tiqyapti… haqiqatda barcha ruslarni, xatto bolalarni va buvilarni
Yevgeniy Kon
Angelina Zakirova, xayp yo'q joyda u ham yo'q, endi bu tushunarli)

Nikita Makarenkoni millatlararo nizolarni qo'zg'atgani uchun javobgarlikka tortish haqidagi chaqiriqlar sharhlardan tashqariga chiqdi. Ayrim foydalanuvchilar o'z sahifalarida choralar ko'rishni so'rab postlarni postlarni e'lon qila boshladilar.


Hurmatli Toshkent shahri IIBB. Sizdan Fbdagi sahifasida millatlararo nizoni qo'zg'ash bilan shug'ullanayotgan va allaqachon barcha ruxsat etilgan va ruxsat etilmagan chegaralarni kesib o'tgan "bloger" deb nomlanuvchi Nikita Makarenkoga qarshi choralar ko'rishingizni so'raymiz. 156-moddaga ko'ra milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni qo'zg'atish, milliy, irqiy, etnik yoki diniy adovatni targ'ib qiluvchi materiallarni tarqatish, — eng kam ish haqining olti yuz baravarigacha jarima yoki uch yilgacha ahloq tuzatish ishlari yoki bir yildan uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki uch yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Milliy sharaf va qadr-qimmatni kamsitadigan, fuqarolarning diniy yoki ateistik e'tiqodlari bilan bog'liq his-tuyg'ularini haqorat qiluvchi, milliy, irqiy, etnik yoki diniy sabablarga ko'ra aholi guruhlariga nisbatan adovat, murosasizlik yoki nafratni qo'zg'atish maqsadida qilingan qasddan qilingan harakatlar. huquqlarni to'g'ridan-to'g'ri yoki bilvosita cheklash yoki ularga qarab to'g'ridan-to'g'ri milliy, irqiy, etnik yoki dinga bo'lgan munosabat —ular ikki yildan besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Postning suratlari va sharhlarni ilova qilaman.
Nutqlar shu darajaga yetib bordiki, blogerlar qo'zg'atish va O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasini buzganlikda ayblay boshladilar.
Nikita Makarenko
Men Twitterda yozganman, bu yerda ham yozaman. Albatta, barcha umumlashmalar yolg'ondir va har doim ajoyib istisnolar mavjud. Ammo shunga qaramay, trend shaxsan men uchun ko'rinyapti.

Ruslar migratsiyasining hozirgi to'lqini menda aniq rad etishga olib kelyapti, fevral-mart oylaridagisi esa, ko'proq neytral tuyg'ularni keltirib chiqardi. Hamdardlik va yordam yo'q, bu faqat ukrainaliklarga tegishli, bu muhokama qilinmaydi. Buning sababini bilmasdim, lekin kecha shaxsan o'zim uchun javob topdim.
Nikita Makarenko
Shuhrat Rustamov, Ajoyib,unda xammaga birdek yaxshi munosabatda bo'lmaslik kerak, ayniqsa RFdek mamlakat fuqarolariga.  Farqlash kerak. O'ylashimcha, hakamlik qilishga haqqimiz bor. Diktaturada yashayotgan bo'lsakda, jahon urushini boshlaganimiz-cha yoq.


Yekaterina Chen
Afsuski, bu yerda u rus millatidagi o'zbekistonliklarni qandaydir mas'uliyatda ayblagan izohi yoq. Va bu umuman ochiqdan-ochiq gij-gijlash emasmi? U nimaga chaqiryapti? Relokantlarni urishgami yoki zo'rlashgami? Bu odam shu darajada tinchlikni istayaptiki, barcha atrofdagilarni o'ldirishga tayyor. Tarixiy vataniga qaytib, o'sha yerda millatchiligini qilaversin.
Aleksandra Zenyuk
Qo'llab-quvvatlayman. Endi bu blogerning O'zbekiston Respublikasi konstitutsiyasiga xilof to'gridan-to'gri da'vatlari.

Makarenkoning jurnalistik faoliyati chet eldan moliyalashtirilayotgani haqidagi an'anaviy tasdiqlanmagan ayblovlar O'zbekistonda "xorijiy agent" maqomini qonuniy ravishda joriy etishga chaqiriqlarga olib keldi.


Marina Kondratova
Bizda chet el agenti haqidagi qonun yo'q. Janr mumtoziga ko'ra – u chet el agenti. “Davlat manfaatida”gi faol ishi ortida berkinyapti, o'zining ko'ksiga “Vatan uchun” uryapti, shu orqali obunachilariga tushunchalarni almashtirib qo'ymoqchi, chunki ular uni “yaxshi”, deb o'ylashyapti.
Uning hamkasblari o'z sahifalarida blogerni qo'llab chiqishdi.


Sasha Ivanyujenko
Nikitaning posti inson huquqlarini taqiqlash yoki kiritmaslik, yoki boshqa yo'l bilan inson huquqlarini buzish haqidagi gapga yaqin ham emas edi, lekin biz matnni ko'zimiz bilan o'qishdan ancha chiqib ketganmiz.
U yerda avvalgidek xudbinlik mafkurasi bilan chet elga qochib ketganlarga nisbatan shaxsiy munosabati haqida.
Ko'pgina mamlakatlar kiruvchilarga filtrlarni tashkil qilishlari bejiz emas, ularga o'z hududlarida urush ritorikasi mutlaqo kerak emas.
Shengen endi odatdagidan ko'proq vaqt davomida berilishi bejiz emas, odamning shuningdek siyosiy e'tiqodini ham tekshirishadi.
Nikitaning posti hududimizga kelganlarni filtrlash bizning vazifamiz ekanligi haqida. Aks holda, haqiqatda, muammo bo'ladi. Bu, ayniqsa, blogerlar va auditoriyasi bo'lgan odamlarga tegishli.
Menda Rossiya fuqaroligi bor va men ancha oldin Putindan ketganman. Chunki men fashizmni eng katta gunoh deb bilaman.
Rossiyada to'liqdan biroz koproq imperatorlik tafakkuri mavjud. Har birida. 24-fevralgacha deyarli har bir rus, eng ongi pasti ham, o'zini boshqa millatlarga qaraganda zo'rroq, deb hisoblagan. Ruslar ijodning eng yuqori cho'qqisidir, ularga xamma narsa mumkin, ular tankda, shuning uchun ularning yo'li asosiy.
Imperatorlik qaramlik shunday ishlaydi. Ertami-kechmi Kremldagi har bir jonzot mamlakatning kattaligi bilan faxrlanadi va Moskva knyazlaridan tortib, barchasi uning taqdiriga qo'yib qoygan.
Yechim hududni parchalashda.
Men kichik, ammo zo'r Sibir parlament Respublikasi paydo bo'lishini kutmoqdaman. Poytaxti Irkutsk yoki Novosibirskda.
Men shunda kichik mamlakatim bilan faxrlanaman.
Va Moskva va Kreml ... ketsin.

Topikstarterning qattiq ritorikasi, shuningdek, ikkita qarama-qarshi nuqtai nazarga duch kelgan shov-shuvli munozarani keltirib chiqardi. 


Vartan Vartanovich
Mediashaxslar u yoki bu tomonga o'tkir gaplardan o'zlarini tiysalar, yaxshi bo'lardi.
Sasha Ivanyujenko
Vartan Vartanovich, unda ularning nima keragi bor? Agar kun tartibini belgilashmasa?
Odamlar nimagadir tayanishi kerak

Sharhlar va postlardagi janglar qanday tugashini vaqt ko'rsatadi.
Vaziyatni tahlil qilish shuni ko'rsatyaptiki, ijtimoiy tarmoqlarning foydalanuvchilari, hatto ularning konstitutsiyaviy huquqlari buzilgan, deb hisoblasalar ham, qonun meyorlariga va sudlarga murojaat qilmaydilar, ijtimoiy tarmoq tasmasining makonida so'z janglarni o'tkazishni afzal ko'radilar, xabarlarda davlat hokimiyati organlari sahifalarini belgilaydilar va axborot makonini tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi yangi mexanizmlarni joriy etishga chaqiradilar. Keyingisi shuni ko'rsatadiki, oddiy insonga o'zining tanqidiy fikrlashini va mediaviy va axborotiy savodxonligini rivojlantirishga kuch sarflashdan ko'ra, axborot va uning manbasini tanqidiy tahlil qilish uchun javobgarlikni nazorat qiluvchi organga yuklash osonroq.
20.10.2022 Shuningdek ko’ring