Jurnalistlar va blogerlar Legalclinic yuristlariga bergan savollar TOP beshtaligini tuzdik.
Ma’lumki, izquvarlik faoliyati bilan shug’ullanish g’ayriqonuniy. U holda journalist surishtiruvi olib borayotgan jurnalistlar qanday qonunga tayanib ish ko’rishlari kerak?
O’zbekiston Respublikasining “Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq, journalist axborot yig’ish va journalist surishtiruvini olib boorish huquqiga ega.
Jurnalist o’z surishtiruvi natijalarini ommaviy axborot vositalari orqali e’lon qilish, ularni ixtiyoriy ravishda davlat organlari, fuqarolarning o’zini-o’zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari, tashkilotlar, muassasalar, korxonalar va mansabdor shaxslarga taqdim etishlari mumkin. Surishtiruv daomida journalist to’plagan ma’lumot va hujjarlar olib qo’yilishi yoki o’rganib chiqilishiga yo’l qo’yilmaydi.

Bloger sifatida men o’z saytimda reclama xabarlarini joylashtirishni istayman. Qonunni buzmaslik uchun nimalarga e’tibor berishim kerak?
O’zbekiston Respublikasining “Reklama to’g’risida”gi Qonuniga muvofiq, reklamada quyidagilar taqiqlanadi:
jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyiga qarab, boshqa holatlarga ko‘ra kamsitish yoki o‘zga shaxslarning tovarlarini badnom qilish;
qonunchilikning buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan, fuqarolarning hayotiga yoki sog‘lig‘iga va atrof-muhitga zarar yetkazuvchi yoxud zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan, shuningdek xavfsizlik vositalariga e’tiborsiz bo‘lishga undovchi harakatlarga da’vat qilish;
agar mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to‘g‘risidagi qonunchilikda boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, boshqa tovar reklamasida qo‘llaniladigan yoki video va kino mahsulotlarida, shuningdek boshqa ilm-fan, adabiyot va san’at asarlarida (mualliflik huquqi), efir yoki kabel orqali ko‘rsatuvlar (eshittirishlar) beruvchi tashkilotlarning ijrolarida, fonogrammalarida foydalaniladigan umumiy yechimni, matnni, tasvirni, musiqali yoki ovozli effektlarni aynan takrorlash;
jismoniy shaxsning nomidan yoki tasviridan uning roziligisiz foydalanish;
pornografiya tusidagi axborotdan foydalanish;
axborot mazmunining buzilishiga olib kelishi mumkin bo‘lgan chet el so‘zlari va iboralaridan foydalanish;
tovar davlat organlari yoki ularning mansabdor shaxslari tomonidan ma’qullanganligini ko‘rsatish;
tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari) reklama qilinishi taqiqlangan yoxud reklama qilinishiga nisbatan tegishli cheklovlar yoki talablar belgilangan tovarning tovar belgilari (xizmat ko‘rsatish belgilari) bilan adashtirib yuborish darajasida bir xil yoxud unga aynan o‘xshash bo‘lgan boshqa tovarning reklamasi ko‘rinishida tovarni reklama qilish;
davlat ramzlaridan, xususan O‘zbekiston Respublikasining Davlat gerbi, O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i tasviridan hamda O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi ohangidan foydalanish yoki ularni aynan takrorlash;
maktabgacha ta’limda hamda tarbiyada, umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va professional ta’limda foydalaniladigan bosma nashrlarda (darsliklarda, maktab kundaliklarida, maktab daftarlarida va boshqalarda) tovarlarni reklama qilish;
narxlarni (tariflarni) chet el valyutasida ko‘rsatish;
bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda axborot mahsulotini yosh tasnifini ko‘rsatmasdan reklama qilish;
tovar to‘g‘risidagi, uni olish yoki undan foydalanish shartlari haqidagi muhim ma’lumotlarni yashirish va (yoki) o‘qish uchun farqlab olishni qiyinlashtiradigan qilib tasvirlash, agar bunda axborotning mazmuni buzib ko‘rsatilsa va reklamadan foydalanuvchilarni chalg‘itsa;
milliy va oilaviy an’analarga, shuningdek axloq va ma’naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo‘lgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanish.

Men fud-bloger sifatida sayt ochdim. Bilishimcha, soat 7.00 dan 22.00 ga qadar energetic ichimliklarni reclama qilish mumkin emas. Masalan, men Instagramdagi sahifamda energetic ichimlik reklamasini soat 23.00 da joylasam, uni ertalab 7.00 da o’chirib, 22.00 dan keyin qayta joylashim kerakmi? Shu masalani aniqlashtirsangiz.
Avvalo ta’kidlash joizki, energetic ichimliklar reklamasiga oid qonunchilikka ko’ra, har bir holatda bunday ichimliklarni haddan tashqari ko’p iste’mol qilishning zararlari haqida ogohlantirish va bunday ichimliklarni iste’mol qilishi tavsiya etilmaydigan kishilar haqida ma’lumot bo’lishi kerak.
Shu bilan birga, energetic ichimliklar reklamasi:
Energetic ichimliklarni iste’mol qilish jarayonini ko’rsatmaydi; sportda muvaffaqiyatga erishgan kishilarning suratini ilova qilinmaydi; reclama energetic ichimliklar iste’moli sport yoki ijtimoiy mavaffaqiyatga erishish hamda jismoniy va psixik salomatlikni yaxshilash uchun kerak, degan tasavvur uyg’otmasligi kerak.
Savolingizga keladigan bo’lsak, energetic ichimliklar reklamasiga 7.00 dan 22.00 gacha cheklov tele va radio efirga tegishli.

Savdo belgisi plagiati yuzasidan qayerga murojaat qilsam bo’ladi?
O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi O’zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligi intellektula mulk himoyasiga doir faoliyatni amalga oshiradi.
O‘zbekiston mualliflik huquqini himoya qilish respublika agentligining asosiy vazifalari:
- mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni himoya qilish sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini ta’minlash;
- mualliflar, ularning huquqiy vorislari hamda boshqa mualliflik huquqi va turdosh huquqlar egalarining mulkiy huquqlarini tuzilgan shartnomalar asosida amalga oshirish va himoya qilish, mualliflik huquqi va turdosh huquqlarning buzilishiga yo‘l qo‘ymaslik hamda buzilgan huquqlarni tiklash bo‘yicha zarur chora-tadbirlar ko‘rish;
- fan, adabiyot va san’at asarlarini, shuningdek ushbu asarlar mualliflarini ro‘yxatdan o‘tkazish, O‘zbekiston Respublikasi hududida mualliflik huquqi va turdosh huquqlar obyektidan foydalanuvchi yuridik va jismoniy shaxslar hisobini yuritish;
- mualliflarning, ularning huquqiy vorislarining hamda boshqa mualliflik huquqi va turdosh huquqlar egalarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini, shu jumladan chet ellarda, belgilangan tartibda ifodalash;
- mualliflik huquqini va turdosh huquqlarni himoya qilish sohasida xalqaro hamkorlikni rivojlantirish.

Men blogerman. Ish faoliyatim davomida menga tuhmat qilgan bo’lsalar, da’vomni ko’rib chiqish tartibi qanday bo’ladi?
Avvalambor siz ichki organlariga o‘z vajlaringizni keltirib, ariza bilan murojaat qilishingiz kerak.
O‘zR JPKning 329-moddasiga muvofiq, jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma'lumotlar ro‘yxatga olinishi va darhol, jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun sabab qonuniyligini va asoslar yetarli ekanligini tekshirish zarurati bo‘lgan taqdirda esa, o‘n sutkadan kechiktirmasdan hal qilinishi lozim. Ushbu muddat jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma'lumotlar olingan paytdan boshlab hamda to ishni qo‘zg‘atish yoki qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror chiqarilguniga qadar yoxud tergovga qadar tekshiruv materiallari JPKning 587-moddasiga muvofiq prokurorga yuborilguniga qadar bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan muddat ichida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, uning davomida qo‘shimcha hujjatlar, tushuntirishlar talab qilib olish, shuningdek shaxsni ushlab turish JPKning 162-moddasining ikkinchi qismiga muvofiq shaxsiy tintuv va olib qo‘yish, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish, ekspertiza o‘tkazish, taftish tayinlash, tezkor-qidiruv tadbirlarini o‘tkazish haqida topshiriqlar berish mumkin. Tergovga qadar tekshiruv vaqtida boshqa tergov harakatlarini o‘tkazish man qilinadi.
Alohida hollarda, tergovga qadar tekshiruv muddati quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda, surishtiruvchi, tergovchi yoki tergovga qadar tekshiruvni amalga oshiruvchi organ mansabdor shaxsining asoslantirilgan qaroriga ko‘ra prokuror tomonidan bir oygacha uzaytirilishi mumkin:
1) o‘tkazish uchun ko‘p vaqt talab qiladigan ekspertiza, xizmat tekshiruvi, taftish yoki boshqa tekshiruv tayinlangan bo‘lsa;
2) olis joylarda bo‘lgan yoki chaqiruvga binoan hozir bo‘lishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslardan tushuntirishlar talab qilib olish zarur bo‘lsa;
3) yangi holatlar aniqlanib, ularni qo‘shimcha tarzda tekshirmasdan turib qaror qabul qilishning imkoni bo‘lmasa;
4) yetkazilgan moddiy zararning o‘rnini ixtiyoriy ravishda qoplash va (yoki) jinoyat oqibatlarini bartaraf etish uchun O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida belgilangan muddat o‘tmagan bo‘lsa.