O‘n yoshli bolaning fojiali vafotidan so‘ng raqamli makon uning ishtirokidagi videolavhalar, tasvirlar va dipfeyklar bilan to‘lib ketdi. Ushbu materiallar turli motivlar bilan — hamdardlikdan tortib e’tibor jalb etishga bo‘lgan urinishlargacha — tarqatilgan bo‘lsa-da, ularning ta’siri bir xil bo‘ldi: qayg‘u uchun mo‘ljallangan xususiy makonning yo‘qolishi va yaqinlarining qayta-qayta psixoemotsional jarohatlanishi. Bunday vaziyatlarda raqamli muhit neytral maydon bo‘lishdan chiqib, inson fojiasi ommaviy iste’mol obyektiga aylangan bosim omiliga aylanadi. Raqamli etika va raqamli etiket nuqtayi nazaridan bunday kontentning tarqatilishi, manba material ochiq kirishda bo‘lgan-bo‘lmaganidan qat’i nazar, inson qadr-qimmati va shaxsiy chegaralarga hurmat ko‘rsatishning asosiy tamoyilini buzish hisoblanadi.
Aynan shunday holatlar zamonaviy jamiyat nega tobora ko‘proq raqamli etiket tushunchasiga murojaat qilayotganini yaqqol ko‘rsatadi. Raqamli muhit allaqachon “real hayot”ga nisbatan ikkilamchi bo‘lishdan chiqqan: onlayn kanallar orqali odamlar ishlaydi, ta’lim oladi, ijtimoiy aloqalarni shakllantiradi va jamiyatda yuz berayotgan voqealarga munosabat bildiradi. Biroq texnologik rivojlanish barqaror xulq-atvor me’yorlarining shakllanishidan ilgarilab ketmoqda, bu esa chegaralarning xiralashuviga va oflayn kontekstda mutlaqo yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan harakatlarning normallashuviga olib kelmoqda. Ilmiy va ekspert adabiyotlarda raqamli etiket raqamli o‘zaro muloqot ishtirokchilarining qadr-qimmati, avtonomiyasi va psixoemotsional farovonligini himoya qilishga qaratilgan norasmiy, biroq ijtimoiy jihatdan muhim qoidalar majmui sifatida talqin etiladi.
Raqamli kommunikatsiya tadqiqotchilari onlayn muloqotning prinsipial xususiyatlarini — noverbal signallarning yo‘qligi, asinxronlik va doimiy mavjudlik effektini — alohida ta’kidlaydilar. Sotsiolog Sherri Terkл ekran boshqa insonning reaksiyasiga bo‘lgan sezgirlikni pasaytirib, masofa va jazolanishsiz qolish illuziyasini yaratishini qayd etadi. Natijada xabar, post yoki repost ko‘pincha texnik harakat sifatida qabul qilinadi, holbuki u aslida manzil egasining e’tiborini, vaqtini va emotsional resursini talab qiladigan ta’sir ko‘rsatish akti hisoblanadi.
Ijtimoiy psixologiya nuqtayi nazaridan raqamli etiket onlayn muhitda yo‘qolgan masofa va hurmatni tartibga solish mexanizmlarini qisman qoplovchi kompensator funksiyani bajaradi. Shundan raqamli xulq-atvorning asosiy tamoyillari kelib chiqadi: boshqaning vaqtiga hurmat bilan munosabatda bo‘lish, asossiz shoshilinchlikdan voz kechish, oflayn bo‘lish huquqini tan olish hamda javob yo‘qligi qoidabuzarlik hisoblanmasligini anglash.
Raqamli etiket haqidagi munozaralarda ommaviylik va rozilik masalasi alohida o‘rin tutadi. Raqamli etika sohasidagi ekspertlar ochiq kirishda joylashtirilgan axborot uning keyinchalik cheklanmagan tarzda tarqatilishi, qayta ishlanishi yoki boshqa kontekstda qo‘llanilishiga avtomatik rozilikni anglatmasligini ta’kidlaydilar. Raqamli etika bo‘yicha YUNESKO tavsiyalarida hatto ochiq kontent ham, agar u shaxsiy hayot, inson qadr-qimmati yoki bolalarni ham o‘z ichiga olgan zaif guruhlarga daxldor bo‘lsa, mas’uliyatli va kontekstni hisobga olgan holda muomala qilishni talab etishi qayd etilgan.
Yuridik fan huquq va raqamli etiket turli darajadagi tartibga solish mexanizmlari sifatida faoliyat yuritishini qayd etadi. Huquq xulq-atvorning minimal darajada yo‘l qo‘yiladigan chegaralarini belgilaydi va, odatda, zarar yetkazilgandan keyin ishga tushadi. Raqamli etiket esa buning aksincha, profilaktik tarzda amal qilib, o‘zini o‘zi tartibga solish madaniyatini shakllantiradi hamda huquqiy mexanizmlar aralashuvidan avval nizolar, travmatizatsiya va raqamli zo‘ravonlik ehtimolini kamaytiradi. Shu sababli ko‘plab mamlakatlarda raqamli etika masalalari faqat huquqiy tartibga solish bilan cheklanmasdan, mediama’rifat va ta’lim dasturlariga integratsiya qilinmoqda.
Raqamli etiket — bu onlayn muhitda hurmat va insoniy chegaralarni saqlab qolish usulidir. U hatto qonun formal jihatdan buzilmagan holatlarda ham qayerda yo‘l qo‘yiladigan chegaralar tugab, zarar boshlanishini anglashga yordam beradi. Dipfeyklar kabi texnologiyalar jadal rivojlanayotgan sharoitda foydalanuvchilarning ongli va mas’uliyatli xulq-atvori xavfsizlikning asosiy omiliga aylanadi. Raqamli makonda o‘zimizni qanday tutishimiz bevosita internet boshqalar uchun qo‘llab-quvvatlovchi muhitga aylanishi yoki aksincha, jarohat manbai bo‘lib qolishiga ta’sir qiladi.
“Uzbekistan Digital Rights Media Initiative” (UDRMI) loyihasi Yevropa Ittifoqi (EU)ning moliyaviy ko‘magida Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (MJDC) tomonidan Legal Policy Research Centre (LPRC) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.