Shaxsning yalang’och badani yoki jinsiy a’zolar aks etgan foto va videoni uning ruhsatisiz tarqatish uchun jinoiy javobgarlik joriy etiladi
Adliya vazirligi O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksini yangi modda bilan to’ldirish taklifini berdi va aybdorlar uchun qonuniy choralarni belgiladi.
Adliya vazirligi “Xotin-qizlar va bolalar huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimi yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O’zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o’zgartish va qo’shimchalar kiritish to’g’risida”gi qonun loyihasini ishlab chiqdi.
Hujjat O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksini shaxsning tanasi va jinsiy a’zolari foto va videolarini uning ruhsatisiz tarqatishni ta’qiqlovchi 141-3-modda bilan to’ldirishni nazarda tutadi.
Shaxsning sha’ni va qadr-qimmatini tahqirlovchi shaxsga doir ma’lumotlarning tarqatganligi uchun aybdorga nisbatan BHM 400 barobaridan 600 barobarigacha miqdorida jarima yoki 360 soatgacha jamoat ishlari yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari kabi jazo choralari muqarrar.
41-1 modda qattiqroq jazo choralarini nazarda tutadi. Kishini jamoat joylarida masxara qilish, uni yoki tanasini seksual ma’noda tasvirlash, gap otish, luqma tashlash, solishtirish yoki unga nisbatan seksual xarakterdagi harakatlarni amalga oshirish bazaviy hisoblash miqdorining 2 dan 4 barobarigacha miqdorda jarima bilan jazolanadi.
Muhokama 2023 yilning 26 yanvariga qadar davom etadi.