«Jurnalistlik faoliyatini himoya qilish toʻgʻrisida»gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 7-moddasida fuqarolar yoki boshqa axborot manbalari tomonidan o‘z nomini oshkor etmaslik sharti bilan ixtiyoriy ravishda ma’lum qilingan maxfiy xabar, shuningdek fakt yoki voqealar jurnalistika sohasining siri hisoblanadi, deb yozib qoʻyilgan.
Jurnalistning jurnalistika sohasining siri hisoblanadigan ma’lumotlarni bu ma’lumotlar manbaining roziligisiz oshkor etishi, shuningdek ulardan o‘zining g‘arazli manfaatlari yoki uchinchi shaxslarning manfaatlarini ko‘zlab foydalanishi taqiqlanadi.