Янгиликлар

“Belissimo Pizza” reclama roligi o’chirildi

To'rt nafar xotin uchun nechta pitsaga buyurtma berish kerak? Bloger @nasriddinoff_ reklama rolikidagi "Belissimo pizza" javobi o'chirildi
Rolik mazmuni yumoristik kontentga da'vo qiladi: erkakdan uyga pitsa buyurtma qilishni so'rashadi, muammoni qarangki, to'rt nafar xotinning har biri (!) alohida ta'mli pitsa istayapti. Muammoli vaziyat hal etilmoqda. Uddaburon "er" to'rt ta'mni mujassam etgan bitta pitsa buyurtma quladi. Ikkinchi erkak esa rolikda uning ayoli bittagina ekanidan noliydi. Baxtiyor ko'pxotin erkak va to'rt nafar ayol mazza qilib pitsaxo'rlik qilishyapti. Rolikni pitsaxona logotipi yakunlaydi.
“Не молчи.уз" kanali yozishicha, brend chindan ham blogerga reklama buyurtma qilgani va "unga butunlay ishonch bildirganini" tasdiqladi. Shu bilan birga, "Belissimo pizza" vakillari O'zbekiston qonunlarini hurmat qilishlari, mazkur rolik yumoristik, parodiya ekanini aytdi. Ayni xabar pistaxonaga murojaat qilgan barchaga yuborildi.
Muammo nimada?

Birinchidan, mazkur rolik O’zbekiston Respublikasining “Reklama to’g’risida”gi Qonunini buzmoqda. Rolik o’chirilganiga qaramay, “Не молчи.уз" faollari Monopoliyaga qarshi kurash qo’mitasiga buyurtmachiga ham, ijrochiga ham nisbatan chora ko’rishni so’rab murojaat qilishdi. “Reklama to’g’risida”gi Qonunni buzganlik uchun O’zbekiston Respublikasining Ma’muriy javogarlik to’g’risidagi kodeksning 178-1-moddasiga binoan javobgarlik nazarda tutilgan.