Uning so‘zlariga ko‘ra, u mashina ichidaligida noma’lum shaxslar mashinaga bir necha zarbalar bergan, zarba blogerning qo‘llariga ham teggan. «Agar o‘sha vaqtda ketishga muvaffaq bo‘lmasam, nima bo‘lardi, bilmayman», — dedi u.
“Mustabid, o’g’ri, qaroqchi hukumatlar qora xalq qo’lida qurol bo’lishidan manfaatdor emas. Xalq o’zini, mulkini himoya qilish uchun qurolga ega bo’lishi kerak.
Qonuniy qurolga ega bo’lish uchun hoziroq ariza bering!
Eng kamida mashinangizda “kaltaroq bir uchida mix qoqilgan ketmon dasta” olib yuring, - deb yozadi bloger voqealar yakunida o’z Facebook sahifasida.
Abduqodirga uyushtirilgan suiqasd oʻxshamadi va tashkilotchilarning rejalari chippakka chiqdi. Voqealar rivoji esa umuman boshqa yoqqa qarab ketdi. Bu ishni boshida turganlar hozir sarosimaga tushib qolgan. Ular oʻzlarini shunday chigal vaziyatga tushirib qoʻyishdiki, endi bundan qanday chiqib ketishni bilishmayapti. Suiqasdning ikkinchi kuni boʻldiyam IIBdan hech kim Abduqodir bilan bogʻlanmayotgani, jinoyatchilarning videolari olingani bilan hanuzgacha topilmayotgani ham fikrimizni tasdiqlaydi.
Inglizlarda shunday maqol bor: Agar itni bexosdan oʻldirib qoʻysangiz, uni quturgan deb e'lon qiling. Shunda unga hech kim achinmaydi.
Bizni shovvozlar ham bir ishni eplolmagach endi oʻzlarining jinoyatlarini oqlash maqsadida Abduqodirni oʻzini yomonga chiqarish uchun, tuxmat va boʻxton kampaniyasiga start berishdi. Kecha turli guruhlarda har xil feyk ma'lumotlar tarqatib, Abduqodirni obroʻsizlantirish uchun tinimsiz ishlandi. Suratdagi shaxslar ushbu ishlarda bosh-qosh boʻlganlardir. Kecha bu nusxalar Abduqodir Muminov ni yolgʻonchi, firibgar, tovlamachiga chiqarish uchun ter toʻkib mehnat qilishdi. Biz esa qahramonlarimizni xalqqa tanitishni burchimiz deb bildik.
Xalq oʻz qahramonlarini unutmaydi!” – deb yozadi Asliddin Kamol.