Youtube`dagi «Koʻzgu» kanali muallifi Abduqodir Mo‘minov noma’lum shaxslar tomonidan unga hujum uyushtirilgani, mashinasining old oynasi bita bilan sindirilgani haqida xabar berdi.
Bir nechta onlayn translyatsiyalarda u voqea tafsilotlarni aytib berdi va beysbol bitasi bilan oynasi sindirilgan mashina qanday ko‘rinishda ekani, shuningdek, boshi va qo‘lidagi jarohatlarni ko‘rsatdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, u mashina ichidaligida noma’lum shaxslar mashinaga bir necha zarbalar bergan, zarba blogerning qo‘llariga ham teggan. «Agar o‘sha vaqtda ketishga muvaffaq bo‘lmasam, nima bo‘lardi, bilmayman», — dedi u.
Blogerning so‘zlariga ko‘ra, hujum qilgan shaxslar besh nafarga yaqin bo‘lgan. U 102 raqamiga qo‘ng‘iroq qilib, hujum sodir bo‘lgan joyga qaytib kelgan. Bloger voqea joyiga qaytganda u yerga allaqachon militsiya xodimlari yetib kelganini ko‘rgan.
U shaxsiy xavfsizligi va sodir bo‘layotgan voqealarni yozib olish uchun bir necha soat jonli efirda bo‘ldi.
Toshkent shahar IIB bloger Abduqodir Mo’minovga hujum uyushirilgani haqida xabar berdi.
23 dekabr kuni tahminan 22:30da, fuqaro A. Mo’minov 102 raqamiga qo’ng’iroq qilib, Yashnobod tumanida unga noma’lum shahslar hujum qilgani, qattiq buyum bilan tan jarohatlari yetkazib, Samsung S21 Ultra rusumli mobil telefonini olib qo’yishgani va uning avtomashinasini shikastlashganini aytdi.
23 dekabr kuni tahminan 22:30da, fuqaro A. Mo’minov 102 raqamiga qo’ng’iroq qilib, Yashnobod tumanida unga noma’lum shahslar hujum qilgani, qattiq buyum bilan tan jarohatlari yetkazib, Samsung S21 Ultra rusumli mobil telefonini olib qo’yishgani va uning avtomashinasini shikastlashganini aytdi.
IIBda qayd etishlaricha, voqea joyiga tergov-tezkor guruhi chiqib, barcha zaruriy harakatlar olib borilgan va xolislar ishtirokida voqea joyidan 5 dona qo‘l barmoq izi va 1 dona beysbol bitasi dalililiy ashyo sifatida hujjatlashtirib olingan. Shuningdek, Abduqodir Mo‘minovdan bir dona fleshkadagi videoyozuvlar tekshirib qo‘rish uchun protsessual tarbida olingani ma’lum qilingan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 164-moddasi (Bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlariga kirishilgan.
Toshket shahar IIBB rahbariyatining topshirig‘a ko‘ra, ushbu jinoyatni fosh etish maqsadida malakali xodimlardan iborat tergov-tezkor guruhi tuzilib, Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan barcha zarur tergov va tezkor-qidiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.
Videoda ko’p kishilar tasvirlangan. Shu bilan birga, Abduqodir Mo’minov turli shaxslarga murojaat qilib, bu uning shaxsiy buyumi ekanini aytib, fleshkani qaytarishlarini so’rayotgani aks etgan. Efir vaqtida xodimlar undan bir necha bor tasvirni to’xtatishni so’rab, fleshkani qaytarishni va’da berishgan.
Bloger xabar berishicha, uning jurnalistlik faoliyati davomida boshqa shaxslar bilan suhbati yozuvlari bor telefon ham olib qo’yildi.
Bloger xabar berishicha, uning jurnalistlik faoliyati davomida boshqa shaxslar bilan suhbati yozuvlari bor telefon ham olib qo’yildi.
“Mustabid, o’g’ri, qaroqchi hukumatlar qora xalq qo’lida qurol bo’lishidan manfaatdor emas. Xalq o’zini, mulkini himoya qilish uchun qurolga ega bo’lishi kerak.
Qonuniy qurolga ega bo’lish uchun hoziroq ariza bering!
Eng kamida mashinangizda “kaltaroq bir uchida mix qoqilgan ketmon dasta” olib yuring, - deb yozadi bloger voqealar yakunida o’z Facebook sahifasida.
Abduqodir Mo’minov voqea tahlilini o’z YouTube kanaliga joyladi, u yerda hujumdan olingan kadrlarni ko’rish mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlarda hamkasbining faoliaytiga salbiy baho berayotgan blogerlar postlari paydo bo’ldi.
Abduqodir Mo’minovni himoya qilishni istab, Asliddin Kamol o’z Facebook sahifasida quyidagcha post qoldirgan: “Xalq oʻz qahramonlarini tanishi kerak.
Abduqodir Mo’minovni himoya qilishni istab, Asliddin Kamol o’z Facebook sahifasida quyidagcha post qoldirgan: “Xalq oʻz qahramonlarini tanishi kerak.
Abduqodirga uyushtirilgan suiqasd oʻxshamadi va tashkilotchilarning rejalari chippakka chiqdi. Voqealar rivoji esa umuman boshqa yoqqa qarab ketdi. Bu ishni boshida turganlar hozir sarosimaga tushib qolgan. Ular oʻzlarini shunday chigal vaziyatga tushirib qoʻyishdiki, endi bundan qanday chiqib ketishni bilishmayapti. Suiqasdning ikkinchi kuni boʻldiyam IIBdan hech kim Abduqodir bilan bogʻlanmayotgani, jinoyatchilarning videolari olingani bilan hanuzgacha topilmayotgani ham fikrimizni tasdiqlaydi.
Inglizlarda shunday maqol bor: Agar itni bexosdan oʻldirib qoʻysangiz, uni quturgan deb e'lon qiling. Shunda unga hech kim achinmaydi.
Bizni shovvozlar ham bir ishni eplolmagach endi oʻzlarining jinoyatlarini oqlash maqsadida Abduqodirni oʻzini yomonga chiqarish uchun, tuxmat va boʻxton kampaniyasiga start berishdi. Kecha turli guruhlarda har xil feyk ma'lumotlar tarqatib, Abduqodirni obroʻsizlantirish uchun tinimsiz ishlandi. Suratdagi shaxslar ushbu ishlarda bosh-qosh boʻlganlardir. Kecha bu nusxalar Abduqodir Muminov ni yolgʻonchi, firibgar, tovlamachiga chiqarish uchun ter toʻkib mehnat qilishdi. Biz esa qahramonlarimizni xalqqa tanitishni burchimiz deb bildik.
Xalq oʻz qahramonlarini unutmaydi!” – deb yozadi Asliddin Kamol.
O’z videolarida bloger hukumatni tanqid qilib, partiya shakllantirish istagini bildirardi. Unga uyushtirilgan hujum uning professional faoliyati, siyosiy qarashlari yoki axboriy faoliyatiga aloqasi bormi, hali noma’lum. Legalclinic.uz tahririyati voqealar rivojini yoritib boradi.