Янгиликлар

Prokuratura jurnalist Lolagul Kalixanova uchun 11 yil ozodlikdan mahrum qilish chorasini so’radi

Nukusdagi voqealar yuzasidan bo’lib o’tgan sud jarayonida prokuratura jusnalist va bloger Dauletmurat Tadjimuratov uchun 18 yil, Makan.uz sayti muassisi Lolagul Kalixanova uchun 11 yil ozodlikdan mahrum qilish chorasini so’radi. Bu haqda Qoraqalpog’istondagi voqealarni mustaqil o’rganish uchun tuzilgan Parlament Komissiyasi xabar berdi.
Avvalroq Lolagul Kallixanova o’z aybini to’liq tan oldi. Ommaviy tartibsizliklar natijasida qurbon bo’lgan har bir kishi hayoti uning vijdonida ekani va hech qanday jazo chorasi mazkur harakatlarni oqlay olmasligini aytgan edi.
Davlat ayblovchisi ishning 18 nafar ishtirokchisini 5 yildan 9 yilgacha muddatga, yana uch nafari uchun uch yildan ozodlikdan mahrum qilishga mahkum qilish jazo chorasini so’radi.
Sportchi Azamat Turdanovga shunga o’xshash moddalar bilan (244-1-moddadan tashqari) 8 yil ozodlikdan mahrum qilish chorasini so’rashdi. Ahmet Smetullayevni prokuratura 8 yilga, Dauletmurat Jiyemuratovni 9 yilga, Baxtiyar Kadirbergenovni 8 yil, Bayram Seytniyazovni 7 yil, Allabay Tokimbetovni 9 yil, Qahramon Seytimovni 6 yilga mahkum qilish so’raldi.
Azamat Nuritdinovga ayblov 7 yil, Saidabulla Medetovga 7 yil, Nurlan Nayipovga 7 yil, Polat Shamshetovga 7 yil, Razbek Bekmuratovga 8 yil, Sultanbek Kaipovga 8 yil ozodlikdan mahrum qilish chorasini so’radi.
Polat Nurniyazovga 6 yil, Sayipnazar Kalimovga 7 yil, Nurlan Sultanmuratovga 5 yil, Arslan Temirxanovga 7 yil, Amirbek Adilbekovga 7 yil ozodlikdan mahrum qilish chorasini qo’llashni so’radi. Salamat Kalilayevga va Berdah Genjebayevga 3 yildan ozodlikdan mahrum qilish chorasini qo’llash so’raldi.
Ayblanuvchilarga O’zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining jami 11 moddasi bo’yicha ayblov e’lon qilindi. Ular orasida 104 (“Qasddan badanga og’ir shikast yetkazish”), 159 (O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyaviy tuzumiga tajovuz qilish”), 164 (“Bosqinchilik”) va boshqa moddalar bor.
Nukus voqealari bo’yicha sud jarayoni 28 noyabrda boshlandi, u Jinoyat ishlari bo’yicha Buxoro viloyat sudida bo’lib o’tyapti. Ayblanuvchilar sifatida jami 171 nafar kishi ishga jalb qilingan. Sudlanuvchilar soni 22 nafar kishi. Bir vaqtning o’zida alohida ajratilgan ish qismi bo’yicha surishtiruv ishlari yakunlanyapri, uning ishtirokchilari 39 nafar kishi bo’lib, barchasi hibsga olingan.
Eslatib o’tamiz, 1-2 iyul kunlari Qoraqalpog’istonda respublika suverenitetini yo’qotishini nazarda tutuvchi O’zbekiston Konstitutsiyasiga o’zgartirishlar kiritilishiga qarshi qaratilgan norozilik aksiyalari bo’lib o’tdi. Tartibsizliklar natijasida, rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, 21 nafar kishi halok bo’ldi, 300 kishi, shu jumladan, huquqni himoya qilish organlari va harbiylar tan jarohatlarini oldi. Moddiy zarar miqdori 6,6 mlrd so’mdan ortiq ( 596 ming AQSh dollaridan ortiq) summani tashkil qiladi.