"Facebookdagi postida musulmonlar boshqa konfessiyalar vakillarini diniy bayramlari bilan tabriklashi mumkinmi yoki yo'qmi, degan diniy fikrni bildirish ba'zilar uchun munozarali bo'lishi mumkin, ammo bu, albatta, jinoyat emas va bundan tashqari, so'z [erkinligi] inson huquqlari bo'yicha xalqaro me'yorlar bilan himoyalangan", - deyilgan inson huquqlari tashkiloti bayonotida.
"Bugungi kunga kelib, tergov idorasiga Otabek Sattoriyning harakatlari uchun yetti holat bo'yicha ariza kelib tushdi. Endi mazkur holatlarga ko'ra tergov harakatlari orqali aniqlik kiritilmoqda", - deyiladi Bosh prokuratura bayonotida.