Jurnalistlar, blogerlar va faollar uchun axborotdan foydalanish - ishning eng muhim vositasi hisoblanadi. Ammo davlat qanday ma’lumotlarni taqdim etishi shart va qaysilarini sir saqlashi mumkin? Keling, yangi qonunning nozik jihatlarini ko‘rib chiqaylik.
Nima o‘zgardi?
Ilgari, eski Qonunda faqat bir turdagi axborot belgilangan bo‘lib, uni davlat siri sifatida tasniflab bo‘lmas edi. Bu shunday ma’lumotlar ediki, ularni sir saqlash fuqarolarning shaxsiy xavfsizligiga tahdid solardi. Ushbu band 5-moddaning 4-qismida shunday ifodalangan edi: "Maxfiylashtirilishi fuqarolarning shaxsiy xavfsizligiga tahdid soladigan axborot davlat sirlariga kiritilishi mumkin emas."
Biroq, bu yerda tanishish mumkin bo‘lgan yangi Qonunda ro‘yxat kengaytirilgan va alohida modda - 19-modda bilan rasmiylashtirilgan. Endi maxfiylashtirishga yo‘l qo‘ymaslik ko‘plab ma’lumotlar toifalariga taalluqli bo‘lib, yondashuvning o‘zi yanada tizimlashtirilgan.

Qanday ma’lumotlarni maxfiylashtirish mumkin emas?
Yangi Qonunning 19-moddasiga ko‘ra, quyidagi turdagi axborotni maxfiylashtirish taqiqlanadi:
Favqulodda vaziyatlar va ularning oqibatlari
Fuqarolarning hayoti, sog‘lig‘i va xavfsizligiga tahdid soluvchi tabiiy ofatlar, avariyalar, halokatlar, favqulodda vaziyatlar va boshqa hodisalar to‘g‘risidagi axborot. Bu, shuningdek, bunday voqealarning rasmiy bashorati va oqibatlarini ham o‘z ichiga oladi.
Ekologiya va aholi salomatligi
Ekologiya, sog‘liqni saqlash, sanitariya, demografiya, ta’lim, madaniyat, tibbiy xizmat, ijtimoiy ta’minot va qishloq xo‘jaligining holati to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Jinoyatchilikning holati
Mamlakatdagi kriminogen vaziyat to‘g‘risida ma’lumot.
Makroiqtisodiyot va byudjet
O‘zbekiston Respublikasining makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari, Davlat byudjeti parametrlari va umumiy ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi to‘g‘risidagi yig‘ma statistik ma’lumotlar.
Inson huquqlari
In son huquqlari va erkinliklarining buzilishi to‘g‘risidagi har qanday axborot.
Qonun buzilishi
Davlat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari tomonidan qonun hujjatlari buzilganligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Boshqa axborot
Qonun bilan cheklanmagan har qanday boshqa axborot

Noqonuniy maxfiylashtirish uchun javobgarlik
Yangi Qonunda maxfiylashtirish to‘g‘risida asossiz qaror qabul qilgan mansabdor shaxslar uchun javobgarlik ham nazarda tutilgan. Agar bunday harakatlar fuqarolarga, tashkilotlarga, jamiyatga yoki davlatga moddiy yoki ma’naviy zarar yetkazilishiga olib kelsa, aybdorlar qonun bo‘yicha javobgarlikka tortilishlari shart. Bundan tashqari, fuqarolar bunday qarorlar ustidan sudga shikoyat qilish huquqiga ega.
Nima uchun bu jurnalistlar va faollar uchun muhim?
Maxfiylashtirilmagan axborot ro‘yxatini kengaytirish shaffoflikni oshirish uchun oldinga tashlangan muhim qadamdir. Endilikda OAV va fuqarolik jamiyati vakillarida ilgari maxfiylik bahonasida yashirilishi mumkin bo‘lgan ma’lumotlarni olish uchun ko‘proq imkoniyatlar mavjud.
Masalan, ilgari byurokratik to‘siqlar tufayli havoning ifloslanishi yoki mahalliy shifoxonaning holati haqida ma’lumot olish qiyin bo‘lgan bo‘lsa, endi bu har bir fuqaroning huquqiga aylanadi.
Vaziyatni tasavvur qiling: jurnalist kimyoviy zavoddagi halokatdan zarar ko‘rgan mintaqadagi sanitariya holati haqidagi ma’lumotlarni e’lon qilmoqchi. Agar mahalliy hokimiyat ushbu axborotni maxfiyligini bahona qilib taqdim etishdan bosh tortsa, jurnalist yangi qonunning 19-moddasiga murojaat qilishi va ma’lumotlarni talab qilishi mumkin.

Agar axborot maxfiy bo‘lsa, qanday harakat qilish kerak?
Agar siz ochiq bo‘lishi kerak bo‘lgan ma’lumotlarga kirishning rad etilishiga duch kelsangiz:
Yangi qonun tizimni yanada shaffoflashtiradi va fuqarolar, jurnalistlar va faollarga muhim axborotni olish uchun kuchli vositalarni taqdim etadi.
Barcha huquqiy o‘zgarishlardan xabardor bo‘lish va o‘z huquqlaringizni qanday himoya qilishni bilish uchun Legalclinic.uzda bizning nashrlarimizni kuzatib boring.
- Ma’lumotlar 19-moddada ko‘rsatilgan ro‘yxatga haqiqatan ham kiritilganligiga ishonch hosil qiling.
- 9-modda ko‘rsatilgan holda tegishli organga yozma so‘rov yuboring.
- Rad etilgan taqdirda - prokuraturaga arznoma yozing.