Янгиликлар

Jurnalist irina matviyenko tahdidlar tufayli o’zbekistonni tark etdi

24 aprel kuni gender masalalari bo’yicha ekspert, femfaol, journalist Irina Matviyenkoning Telegramdagi Context.uz kanalida tahdid aks etgan yozishma skrinshotili post joylandi.
“Hayotimga tahdid to’g’risidagi xabarni olganimdan so’ng xulqim o’zgardi. Unga kimningdir mantiqsiz hazily sifatida munosabat bildirishga harakat qildim, lekin uy yo’lakchasiga kirish, ofisga yo’lakcha bo’ylab yurishga cho’chib qoldim. Kiriboq masofadan turib har burchakka qaraydigan, kalitni o’tkir tarafini tashqariga qaratib turadigan bo’ldim. Liftdan foydalanmay qo’ydim, yuqoriga va pastga faqat zina orqali chiqardim. Turmush o’rtog’imdan yo’lakchaning bizga qarashli qismiga chiroq o’rnatishni, umumiy eshikka qulf osishni so’radim”, deb yozdi keyinchalik Irina.
Irina xabarni ruhshunosga ko’rsatdi, mutaxassisning fikricha, xabar uslubi psixopatnikiga o’xshash bo’lib, bu yil bahorda odatdagidan ko’p psixik kasalliklar qo’zg’agani kuzatilganini ta’kidladi. Psixopat chindan ham qotillik sodi etishi mumkinligini aytib, Irinaga yoz chillasigacha kutib turishni maslahat berdi, odatda issiq kelishi bilan kasallikalomatlari biroz kamayadi.
Irina Matviyenko yozadi: “Telegramdagi meni o’ldirmoqchi ekanlari to’g’risidagi anonym xabar menga bunchalik ta’sir qiladi, deb sira o’ylamagandim. Xavfsizligimdan havotirda bo’lib, O’zbekistonni tark etishga to’g’ri kelishi ham xayolimga kelmagan. Bilaman, keyinchalik bunday xabarlarni yengilroq qabul qilaman. Biroq ayni damda nimani his qilayotganim o’zimga ayon”.
Izohlarda Irina Matviyenko tahdidlar xususida 28 aprelda O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligiga murojaat qilganini ma’lum qildi.
Ayni damda Irina xavfsizligini ta’minlash maqsadida O’zbekistonni tark etdi.

“Jamoat faoli Irina Matviyenkoning shaxsiy akkauntiga kelib tushgan tahdidli xabar Ichki ishlar vazirligining Tezkor qidiruv departamenti Kiberxavfsizlik markazi tomonidan o‘rganilmoqda. Uning natijasiga ko’ra holatga huquqiy baho beriladi”, deya javob berdi mazkur vaziyatning OAV va ijtimoiy tarmoqlardagi keng muhokamasidan so’ng IIV.