Янгиликлар

Hududgazta’minot vs Anhor.uz. Jabrlanuvchi kim, kimning huquqlari poymol etilgan?

2022 yil 13 oktabr kuni Anhor.uz axboriy-tahliliy nashri "O'zbekistondagi gaz qayerga g'oyib bo'lyapti?" nomli tanqidiy material berdi. Bu maqola sayt auditoriyasi va ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari, shuningdek, O'zbekiston gaz sohasi vakillarining ham e'tiboridan chetda qolmadi.
"E'tiborlisi, tergovchi saylovdan bir oy muqaddam qo'ng'iroq qildi, meni kiberjinoyatlar bo'limiga chaqirdi, keyin esa yo'q bo'lib qoldi va qo'ng'iroqlarga javob bermay qo'ydi. IIBga chaqirdi va yo'q bo'lib qoldi. Saylov o'tdi, endi davom ettirsa bo'ladi. Hududgaz ishi bo'yicha. 8 oy davomida asossiz tuhmatda ayblov ketyapti. Ikki kun avval YXHT anjumanida aytgandim, hozirgi kunda munosabatlar va e'tirozlar yangi huquqiy maydonga chiqdi. Sulaymonova nomidagi sud ekspertiza qarorini ko'rdim (matnni tahlil qilishdi), endi esa kiberjinoyatlar bo'limi tergovchisi. Ish sudga oshirilyapti" - deb yozadi o'z Facebook sahifasida Anhor.uz muharriri Lola Islamova.
"Hududgazta'minot" AJ Toshkent shahar IIBga murojaat qildi. Arizada aytilishicha, Anhor.uz o'z maqolasida noxolis axborot berib, jamoatchilikni adashtiryapti va korxona ishchanlik obro'siga putur yetkazib, "Hududgazta'minot" AJ sha'ni va qadr-qimmatini atayin kamsityabdi. Shuningdek, materialda taqdim etilgan axborot, da'vogar tuhmat deb ataydi, "Hududgazta'minot" imidjiga va iste'molchilar bilan munosabatlariga salbiy ta'sir ko'rsatib, jamoatchilikni adashtiradi va nashrni ma'muriy javobgarlikka tortishni so'raydi.
Material Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligiga ekpert baho uchun yuborildi. Ekspert komissiyasi maqolada ma'muriy huquqbuzarlik va "Hududgazta'minot" AJ rahbarlari va xodimlari sha'ni, qadr-qimmati va ishchanlik obro'sini kamsitish holatini aniqlamadi. Aksionerlik jamiyati ekspertiza xulosasidan norozi va qayta ekspertiza o'tkazishni so'rab Toshkent shahar IIBBga murojaat qildi.
"Hududgazta'minot" vakillari, shuningdek, bevosita Anhor.uz muharririga murojaat qilishgan va materialni saytda o'chirishni talab qilishgan. Bunga javoban ularga qonun doirasida "maxsus rukn yoki javobni yuzaga keltirgan material sahifasida" raddiya berish taklif etildi. Muharrirning mazkur taklifi e'tiborsiz qoldi.
Ayni damda tuhmat bo'yicha ish sudga oshirilgan.
Media sohasida huquqshunos Madina Tursunova Facebookdagi shaxsiy sahifasida holatga quyidagicha izoh beradi:
"Jurbalist huquqbuzar emas. Shu yil qishda gaz sohasining holatiga bag'ishlangan barcha "ezgu so'z" bilan eslagan tanqidiy maqolaga javoban tuhmatda ayblov keldi. Butun jamoatchilikka gaz sohasida o'g'irlik va sovuqqonlikda ayblov qo'yilgan bir qator mansabdor shaxslarning yuzi ko'rsatilganiga qaramay, shu ish sodir bo'ldi.
TUHMAT to'g'risidagi da'vo arizasi "Hududgazta'minot" AJ tomonidan berilgan, ichki ishlar esa uni yarim yil ko'rib chiqyapti.
Menda bir savol bor - kim jabrlanuvchi, kimning huquqlari poymol etilgan?
Yuridik shaxs, xo'jalik boshqaruvi organi, davlatning aholi va ijtimoiy soha obyektlariga gaz yetkazishdagi tabiiy monopoliyasining qanday huquqlari bor?
Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi Kodekasning 140-moddasi individ, muayyan shaxsni tuhmatdan himoya qiladi.
Sha'n va qadr-qimmat faqat insonga xos, Hududgazta'minot aksionerlik jamiyatida u yo'q!
Hududgazta'minot hukumat qarori bilan tashkil etilgan mulkdor davlat bo'lgan xo'jalik boshqaruvi organi.
Xo'jalik boshqaruvi organida sha'n va qadr-qimmat ham, ishchanlik obro'si ham yo'q.
Gaz yetkazish monopoliyasi sharoitida iste'molchida tanlash huquqi yo'q.
Ishchanlik obro'si raqobat va iste'molchida tanlov huquqi yo'q sharoitda yuzaga kelmaydi.
Demak, Hududgazta'minot aksionerlik jamiyatida aholi va gaz iste'molchilari oldida vazifa va majburiyatlari bor, xolos.
Tuhmat va haqoratda ayblov tashkilot da'vosi bo'yicha ko'rib chiqilayotganining o'zi - nonsens!
Agar jurnalist huquqbuzar bo'lsa, mansab egallab turgan va real muammolar tanqidiga konstruktiv javob bera olmaydiganlar kim?
Qonunchilil haligacha xo'jalik boshqaruvi organlarining ta'rifi va maqomini aniq belgilagani yo'q.
Hududgazta'minot AJ davlat boshqaruvi organimi yoki xususiy xo'jalik faoliyatimi, noaniq.
Noaniqlik jurnalistlar va OAVga qarshi diffamatsion da'volar uchun qulay muhit yaratadi.
Korxona hukumat qarori bilan tashkil etilgan va butkul davlat nazoratida. Ko'proq iqtisodiy sohani davlat tomonidan boshqarishga o'xshaydi.
“Jurnalistikaning maqsadi nafaqat axborot berish, balki hokimiyat ustidan nazorat, jamiyat huquqlari va manfaatlari himoyasi, hukumat va, umuman, jamiyat tomonidan e’tibor va harakat talab etayotgan muhim masalalarni ko’tarish hamdir” – ushbu jumla muallifi “taqdir taqozosi bilan huquqbuzarga aylangan” Lola Islamova, Anhor.uz nashri bosh muharriri.
Jurnalist o’g’ri emas, brchakda turgan pichoqboz, ayovsiz daraxt qulatayotgan shaxs emas…
Shaxsan men uchun, jurnalist, eng avvalo, o’zining asosiy vazifasi – muammoni topib, tanqid qilib, jamoatchilik hukmiga olib chiquvchi professional.
Jurnalist aybi qonuniy va sud qarori bilan asoslab berilmaguncha huquqbuzar emas. Ro’yhatdan o’tgan OAVda maqolalar uchun majburiy pretenzion tartibni joriy etish va da’vo muddatini bir yilgacha qisqartirish vaqti allaqachon keldi. Hozir o’n yil avval chop etilgan maqola uchun ham da’vo berish mumkin.
OAVga bo’lgan barcha e’tirozlar ichki ishlar organlari tomonidan emas, muayyan fuqarolik sudi tomonidan ko’rib chiqilishi kerak. Ma’muriy va jinoiy ta’qib jurnalistlar va OAVning barcha huquq va erkinliklariga soya soladi. Agar davlar ma’muriy va jinoiy ta’qibdan voz kechishni istamasa – u diffamatsion da’volarning sudda har tomonlama odil ko’rib chiqilishini ta’minlashi kerak. Lekin sha’n va qadr-qimmat himoyasi bo’yicha da’volarning sudda ko’rib chiqilishi yuzasidan javoblardan ko’ra savollar ko’p…”
Ish yarim yildan ortiq ko’rib chiqilyapti. Ijtimoiy tarmoqlarda bu OAVga bosimdan boshqa narsa emas, degan fikrlar bildirilmoqda.