OAV, jurnalistlar va blogerlar uchun qaysi axborot ommaviy va qaysi axborot maxfiy ekanligini yoki egasining roziligi bilan tarqatilishi mumkinligini tushunish muhimdir.
Qonunchilikka muvofiq, axborot xamma foydalanishi mumkin va foydalanisni cheklangan axborotga bo‘linadi. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasining “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonuni “axboriy resurs” atamasi orqali “axborot” atamalarining huquqiy asoslarini yaratadi.
Axboriy resurslar foydalanish toifalari bo‘yicha ommaviy axboriy resurslar va foydalanish cheklangan axboriy resurslarga bo‘linadi.
Ommaviy axboriy resurslar bu cheksiz foydalanuvchilar doirasi uchun mo‘ljallangan axboriy resurslar.
Foydalanish cheklangan axboriy resurslarga davlat sirlari to’g’risidagi axborot va maxfiy axborot yoki axboriy resurslar egalari tomonidan foydalanish cheklangan axborotni o’z ichiga olgan axboriy resurslar kiradi.
O‘z navbatida, “Axborot” — manbalar va ularni taqdim etish shaklidan qat’iy nazar, shaxslar, obyektlar, faktlar, voqealar, hodisalar va jarayonlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar.
Shunday qilib, foydalanish darajasi to‘g‘risidagi axborot quyidagilarga bo‘linadi: ommaviy axborot, foydalanish cheklangan axborot.
Ommaviy axborot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
1) ommaviy axborot – insonlar cheksiz doirasi uchun mo‘ljallangan hujjatlashtirilgan axborot, bosma, audio, audiovizual va boshqa xabarlar va materiallar (O‘zbekiston Respublikasining “Axborot erkinligi tamoyillari va kafolatlari to‘g‘risida”gi qonunining 10-band 1-qism 3-moddasi).
2) davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati to‘g‘risidagi axborot (O‘zbekiston Respublikasining “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunining 5-moddasi).
Davlat hokimiyati va boshqaruvi organi faoliyati to‘g‘risidagi axborotga quyidagilar kiradi:
Masalan, 2019-yil 1-martdan boshlab, vazirliklar, organlar, davlat maqsadli jamg’armalari va boshqa byudjet mablag‘lari boshqaruvchilarii o‘z rasmiy veb-saytlarida byudjet mablag‘laridan foydalanish, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari, o‘tkazilgan tanlovlar (tenderlar) va sotib olingan tovarlarni etkazib berish to‘g‘risida tegishli axborotni joylashtirishlari kerak.
3) qonunga muvofiq maxfiylik tartibi joriy etilishi mumkin bo‘lmagan ma’lumotlar.
Maxfiy axborotga quyidagilar kirmaydi:
4) fuqaroning huquqlari va qonuniy manfaatlariga daxldor hujjatlar, qarorlar va boshqa materiallar. Masalan, fuqaro egasi bo‘lgan turar-joy binosini buzish to‘g‘risidagi qarorlar va boshqa materiallar ushbu fuqaroga uning iltimosiga binoan taqdim etilishi kerak;
5) qonunga muvofiq maxfiy bo‘lmagan har qanday boshqa axborot.
Yuqorida ko‘rsatilgan axborot turlari har kimga erkin taqdim etilishi kerak. Shu bilan birga, axborotning bir qismi davlat hokimiyati yoki boshqaruvi organining o‘zi tomonidan joylashtirilishi (nashr etilishi, saytda taqdim etilishi, OAVga e’lon qilinishi va h.k.) yoki axborot so‘roviga binoan taqdim etilishi kerak.

- • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, ularning tarkibiy va hududiy bo‘linmalarining huquqiy maqomini belgilovchi meyoriy-huquqiy hujjatlar;
- • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilingan meyoriy-huquqiy hujjatlar, meyoriy va boshqa hujjatlar, shuningdek, ularni ijro etish jarayoni to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan qabul qilingan meyoriy-huquqiy hujjatlar, meyoriy va boshqa hujjatlarni o‘z kuchini yo’qotgan deb topish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan ishlab chiqilayotgan meyoriy-huquqiy hujjatlar, meyoriy va boshqa hujjatlar loyihalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan davlat va boshqa dasturlarini amalga oshirish to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan o‘tkaziladigan ommaviy tadbirlar (majlislar, yig‘ilishlar, uchrashuvlar, matbuot anjumanlari, brifinglar, seminarlar, davra suhbatlari va boshqalar) to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining boshqa davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, jismoniy va huquqiy shaxslar, shuningdek, xorijiy va xalqaro tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorligi to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari ishtirok etadigan O‘zbekiston ’Respublikasining xalqaro shartnomalari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyati sohasi bilan bog‘liq bo‘lgan tarmoq (hudud) holatini va uning taraqqiyot dinamikasini tavsiflovchi asosiy ko‘rsatkichlar, shu jumladan, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot to’g’risidagi ma’lumotlar;
- • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan o‘tkaziladigan (tashkil etiladigan) ochiq tanlovlar (tenderlar) va auksionlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- • bo‘sh ish o‘rinlari, ishga qabul qilish shartlari va bo‘sh ish o‘rinlarini almashtirish uchun nomzodlarga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari tomonidan tashkil etilgan muvofiqlashtiruvchi va maslahat organlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
- • davlat hokimiyati va boshqaruvi organlarining ochiq kollegial majlislarini o‘tkazish rejalari, shu jumladan, majlislar kun tartibi loyihalari, o‘tkaziladigan sana, joy va vaqt, ularda ishtirok etish tartibi.
Masalan, 2019-yil 1-martdan boshlab, vazirliklar, organlar, davlat maqsadli jamg’armalari va boshqa byudjet mablag‘lari boshqaruvchilarii o‘z rasmiy veb-saytlarida byudjet mablag‘laridan foydalanish, byudjet tashkilotlarining byudjetdan tashqari jamg‘armalari mablag‘lari, o‘tkazilgan tanlovlar (tenderlar) va sotib olingan tovarlarni etkazib berish to‘g‘risida tegishli axborotni joylashtirishlari kerak.
3) qonunga muvofiq maxfiylik tartibi joriy etilishi mumkin bo‘lmagan ma’lumotlar.
Maxfiy axborotga quyidagilar kirmaydi:
- • fuqarolarning huquqlari va erkinliklari, ularni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi, shuningdek, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, jamoat birlashmalari va boshqa nodavlat notijorat tashkilotlarining huquqiy maqomini belgilovchi qonunchilik hujjatlari;
- • aholi, aholi punktlari, ishlab chiqarish obyektlari va kommunikatsiyalarning xavfsizligini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan ekologik, meteorologik, demografik, sanitariya-epidemiologik, favquloddagi vaziyatlar to‘g‘risidagi va boshqa ma’lumotlar;
- • O‘zbekiston Respublikasi hududida faoliyat ko’rsatayotgan huquqiy shaxslarning axboriy-kutubxona muassasalari, arxivlari, idora arxivlari va axboriy tizimlarining ochiq jamgarmalaida mavjud bo‘lgan ma’lumotlar.