Янгиликлар

Bloger bilmay ayollarni kamsitib qo’ydi

Instabloger Bobur Mansurov Flovell brendi uchun nam salfetkalar haqida reklama rolikini suratga oldi, u yerda qizlar salfetka ishlatgach, go’yoki hunuk bo’lib qoladi. Не молчи.уз loyihasi resurslarida rolikka munosabat bildirishdi.
Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo’mitasi ham videorolikka munosabat bildirib, u qonunchilikka zid ekani ta’kidlandi.
“Reklama to’g’risida”gi Qonunning 16-moddasiga muvofiq, “Reklamada quyidagilar taqiqlanadi: jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy va ijtimoiy mavqeyiga qarab, boshqa holatlarga ko‘ra kamsitish yoki o‘zga shaxslarning tovarlarini badnom qilish… milliy va oilaviy an’analarga, shuningdek axloq va ma’naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo‘lgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanish”.
Reklama Qo’mita tomonidan o’chirildi, rolik translyatsiyasi esa to’xtatildi. Shu bilan birga, Bobur Mansurov bilan suhbat davomida, u mazkur rolik orqali ayollarni kamsitish niyatida bo’lmaganini aytdi.
Manba: Anhor.uz