Yangiliklar

Factchekingning huquqiy va axloqiy jihatlari

Axborot aql bovar qilmaydigan tezlikda tarqaladigan zamonaviy dunyoda obyektivlik va ishonchlilik masalasi har qachongidan ham dolzarb bo‘lib qolmoqda. Faktcheking yoki faktlarni professional tekshirish axborotning aniqligi va to‘g‘riligini ta’minlashda muhim rol o‘ynaydi. Shunga qaramay, bu jarayon inobatga olinishi kerak bo‘lgan qator huquqiy va axloqiy jihatlar bilan uzviy bog‘liq.

Xalqaro faktcheking tarmog‘i (IFCN) OAVda axborotni verifikatsiya qilish uchun tamoyillar kodeksini ishlab chiqdi. Faktcheking bilan shug‘ullanuvchi ko‘plab tashkilotlar mazkur tamoyillarga amal qiladilar.
IFCN Kodeksi asosiy tamoyillari

1. Xolislik va adolatga majburiyat: Kodeksni imzolagan barcha tashkilotlar biron bir tomonning manfaatlarini himoya qilmasdan faktcheking uchun bir xil standartlardan foydalanishga majburiyatni o‘z zimmalariga oladilar. Ular belgilangan jarayonlarga amal qiladilar va siyosiy tarafkashlikdan qochib, dalillarga xulosa chiqarishga imkon beradilar.

2. Manbalarning shaffofligi: Faktchekerlar axborot manbalarini o‘quvchilar ularning xulosalarini mustaqil ravishda tekshirishlari uchun yetarli darajada taqdim etishlari kerak. Manbani oshkor qilish uning xavfsizligiga tahdid solishi mumkin bo‘lgan holatlar bundan istisno.

3. Moliyalashtirishning va tashkilotning shaffofligi: Tashkilotlar o‘zlarining moliyalashtirish manbalari to‘g‘risida ochiq hisobot berish va ularning faktcheking xulosalariga ta’sir qilmasligiga kafolat berish majburiyatini oladilar. Bu asosiy xodimlar va tashkiliy tuzilma kasbiy fonining tafsilotlarini o‘z ichiga oladi.

4. Metodologiyaning shaffofligi: Kodeks tashkilotlardan faktchekingni tanlash, tadqiq qilish, yozish, tahrirlash va nashr etish uchun ishlatiladigan usullarni tushuntirishni talab qiladi. Bu o‘quvchilarning faktcheking boyichatakliflariga ochiqlikni o‘z ichiga oladi.

5. Tuzatish halol va ochiq siyosati: Tashkilotlar tuzatish aniq siyosatiga ega bo‘lishi va nashr etilgan materiallarga o‘zgartirishlarni kiritish jarayonida shaffoflikni ta’minlab, unga rioya qilishi kerak.

  1. Faktchekingga oid asosiy huquqiy masalalardan biri — shaxsiy axborot va shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlash.
Faktcheking haqida gap ketganida, OSINT usullari tez-tez tilga olinadi. Ammo, faktcheking ko‘pincha jurnalistika va medialar kontekstida qo‘llanilib, bunda asosiy vazifa — jamoat arboblari tomonidan yoki yangiliklarda nisbatan muayyan ta’kidlarni tekshirish. OSINT esa, tekshiruv, xavfsizlik va tadqiqot faoliyatini o‘z ichiga olgan vazifalar keng doirasini qamrab oladi hamda tijorat va davlat maqsadlarida ishlatilishi mumkin. Faktcheking, odatda, muayyan bayonotlarni haqiqat ekanligiga tekshirishni o‘z ichiga oladi, OSINT esa, insonlar, tashkilotlar yoki voqealar haqidagi faktlarni tekshirish muayyan maqsadisiz axborotni to‘plashni o‘z ichiga olishi mumkin. OSINT ma’lumotlarni yig‘ish maqsadida avtomatlashtirilgan vositalardan foydalanishi mumkin, faktcheking esa, ko‘pincha qo‘lda tekshirish va tahlil qilishni talab qiladi. Bundan tashqari, OSINT dalillash uchun qo‘lga kiritilgan ma’lumotlar bazalaridan, jurnalistikada har doim ham axloqiy deb hisoblanmaydigan yashirin tinglash va boshqa usullardan foydalanishi mumkin. Faktcheking bunday dalillardan foydalanmaydi.

Faktcheking ko‘pincha ijtimoiy tarmoqlar akkauntlari va ma’lumot manbalarini tekshirishda ma’lumotlarni, shu jumladan, shaxsiy ma’lumotlarni to‘plash va tahlil qilishni talab qiladi. Bu faktchekerlar oldiga shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikka rioya qilish vazifasini qo‘yadi. Masalan, Evropa Ittifoqida shaxsiy ma’lumotlarni qayta ishlash bo‘yicha qat’iy qoidalarni belgilovchi muhofazalash bo‘yicha umumiy reglament (GDPR) mavjud. Mazkur qoidalarga rioya qilmaslik jiddiy huquqiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

O‘zbekistonda shaxsiy ma’lumotlar sohasi 02.07.2019 yilda qabul qilingan “Shaxsiy ma’lumotlar to‘g‘risida”gi 547-sonli O‘zRQ bilan tartibga solingan. Mazkur qonun shaxsiy ma’lumotlar subyektlari, operatorlar va ma’lumotlarni qayta ishlash jarayoni boshqa ishtirokchilarining huquq va majburiyatlarini belgilaydi.
“Shaxsiy ma’lumotlar togrisida”gi qonun asosiy qoidalari

1. Shaxsiy ma’lumotlar ta’rifi: Shaxsiy ma’lumotlarga ma’lum bir jismoniy shaxsga tegishli bo‘lgan, uni aniqlash uchun ishlatilishi mumkin bo‘lgan har qanday axborot kiiradi.

2. Ishlov berishga rozilik: Operator qonunchilikda nazarda tutilgan hollardan tashqari holatlarda subyektning shaxsiy ma’lumotlariga ishlov berishga roziligini olishga majburdir.

3. Subyektlarning huquqlari: Shaxsiy ma’lumotlar subyektlari o‘z ma’lumotlariga kirish, ularni tuzatish, yo‘q qilish va ularning ma’lumotlariga qanday va nima maqsadlarda ishlov berilayotgani to‘g‘risidagi axborotni olish huquqiga ega.

4. Xavfsizlikka talablar: Operatorlar shaxsiy ma’lumotlarga ruxsatsiz kirish, tarqatish va boshqa tahdidlardan himoya qilish uchun tashkiliy va texnik choralarni qo‘llashga majburdir.
Shaxsiy ma’lumotlarni nashr etish yoki oshkor qilishning

huquqiy oqibatlari

1. Ma’muriy javobgarlik: Shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish to‘g‘risidagi qonunchilikni buzganlik uchun huquqiy va jismoniy shaxslar uchun jarimalar nazarda tutilgan. Jarimalarning miqdori qonun buzilishi darajasiga ko‘ra farqlanishi mumkin.

2. Fuqarolik javobgarligi: Ma’lumotlari noqonuniy tarzda e’lon yoki oshkor qilingan subyektlar o‘z huquqlarining buzilishi natijasida yetkazilgan zararni qoplash maqsadida sudga murojaat qilishlari mumkin.

3. Jinoiy javobgarlik: Katta hajmdagi ma’lumotlarning keng ommalashuvi yoki shaxsiy ma’lumotlarning qasddan zarar yetkazish maqsadida tarqatilishi kabi jiddiy huquqbuzarliklar sodir etilsa, jinoiy choralar, shu jumladan, qamoq jazosi qo‘llanilishi mumkin.

4. Tuzatish majburiyati: Ma’lumotlarning oshkor qilinishi yoki noqonuniy nashr etilishiga yo‘l qo’ygan operatorlar oqibatlarni bartaraf etish, jumladan, jabrlanuvchilarni xabardor qilish va yo‘qolgan ma’lumotlarni qayta tiklash choralarini ko‘rishga majbur.

Faktcheking mediaviy faoliyat bo‘lishiga qaramay, faktcheking formatida ishlaydigan barcha manbalar ham OAV sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilmagan. Katta qismi ijtimoiy tarmoqlarda, masalan, YouTube formatida sahifalar tarzida taqdim etilgan. Ammo bu faktchekerlardan soxta ma’lumotlarni tarqatish uchun javobgarlikdan ozod qilmaydi.

Ba’zi huquqiy holatlarda qonunchilik tuhmat qilish va soxta ma’lumotlarni tarqatish uchun javobgarlikni nazarda tutadi, bu esa, faktcheking jarayonining ahamiyatini oshiradi. Faktchekerlar huquqiy da’volardan qochish uchun tekshirilgan axborotning haqiqiyligi dalillarini taqdim etishga tayyor turishlari kerak.

O’zbekistonda soxta axborot tarqatish uchun javobgarlik bir necha qonunchilik hujjatlarida qayd etilgan:
“Ommaviy axborot vositalari togrisida”gi qonun

OAV qonunchilikda belgilangan tartibda e’lon qilingan axborotning to‘g‘riligi va ishonchliligi uchun mas’uldir.

Ozbekiston Respublikasining ma’muriy javobgarlik togrisidagi kodeksi

· OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internetda shaxsning qadr-qimmatini kamsitishga yoki obro‘sizlantirishga olib keluvchi soxta axborotning tarqatilishi bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha miqdordagi jarima, 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 2 yilgacha axloqni tuzatish ishlari yoki 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

· OAVda, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki internetda jamoat tartibiga yoki xavfsizligiga tahdid soluvchi coxta axborotning tarqatilishi bazaviy hisoblash miqdorining 150 baravarigacha miqdordagi jarima, 240 soatgacha majburiy jamoat ishlari, 2 yilgacha axloqni tuzatish ishlari bilan jazolanadi.