Media sohasida muhim, dolzarb va huquqiy savollar yuzasidan ORIAT FM radiostansiyasi jurnalisti Olesya Romashko bilan suhbatlashamiz.
O’z OAV va jurnalistk faoliyatingiz haqida aytib bersangiz.
“ORIAT FM” radiosi eng yaxshi va ijodkor radiostansiyalardan biri. Biz nafaqat O’zbekiston, balki undan tashqarida ham radiomiz taniqli va ommabop bo’lishlari uchun ko’p mehnat qildik, chunki endi bizni bevosita Internet orqali ham tinglash mumkin. Biz madaniyatdan iqtisodiyot va ijtimoiy masalalargacha bo’lgan turli mavzularni yoritamiz. Uzoq yillar davomida 100,5 to’lqinida bevosita ayni dam bilan bog’liq dolzarb muammolar ko’tariladi. Eng muhimi, biz axborot birinchi o’rinda turadigan axboriy-ko’ngilochar OAV.
Ko’proq qanday mavzularni yoritasiz?
Bugun men juma kuni oqshom dasturi va tonggi yangilik dasturlarini olib boraman, biroq tajribam davomida O’zbekistonda biznes olib borishga oid, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga oid ijtimoiy dasturlar, mutasaddi shaxslar va jamoatchilik faollari bilan intervyular olib borganman.
Biz turli mavzularda ijod qilamiz. Keling, juma oqshom dasturidan misol keltirsam. Oqshom, juma, dastur degan so’zlarni eshitganingizda xayolingizga o’sha zahotiyoq nimadir ko’ngilochar keladi. aslida esa unday emas. Dastur o’z ishinng ustalari yengil va tushunarli uslubda o’z ishlari haqida gapirishlari, gohida oddiy kishilar o’z yo’llarida u yoki bu muammolarga duch kelganlari, ularni qanday bosib o’tish hamda buni qilishning iloji bormi, qo’llash qiziqarli bo’lgan tjribalari bilan bo’lishishlari uchun tashkil etilgan edi.

Bugun OAV kun tartibida qanday mavzularni dolzarb va ahamiyatli sanaysiz?
Agar OAVni O’zbekiston OAVgacha konkretlashtirsak, bu yerda tanlov katta. Barcha mavzular qiziq, qaysi sohaga nazar tashlamang, har yerda yoritishga arziydigan jihat topiladi va hammasi dolzarb. Energetik tizim kollapsi, sog’liqni saqlash, ta’lim sohasi – bularning bari qiziq, dolzarb va jurnalistlar e’tiboriga muhtoj. Aytgancha, yana biri – professional journalist kadrlar yetishmovchiligi. Shuning uchun agar O’zbekiston ko’lamida olsak, OAV faoliyati uchun keng maydon.
Jurnalistik faoliyatingizda qandaydir huquqiy muammolarga duch kelganmisiz? Ularni qanday hal qilgansiz?
Men professional yuridik yordamga murojaat qilmaganman va doim o’zimni yuridik himoya qilishga tayyor edim, lekin o’ylaymanki, yuridik qo’llab-quvvatlov va jurnalistilar uchun yuridik klinikalar hozir nihoyatda kerak. To’rtinchi hokmiyat ham himoyalangan bo’lishi kerak, toki cheklov va himoya tizii ishga tushishni boshlasin.
Huquqiy savodxonlik borasida qanday rivojlanyapsiz?
Men boshidan o’zimni bir narsaga o’rgatdim: qandaydir mavzu ustia ishlasang, yuridik tayyor bo’lishing kerak. Shuning uchun dasturni tayyorlashdan avval, ayniqsa u muammoli mavzuga bag’ishlangan bo’lsa, men qonunchilikni ko’taraman. Mustaqil ta’limga OAV, axborot olish bilan bog’liq barcha qonunlarni kiritdim.
Nima deb o’ylaysiz, hozir jurnalistlar huquqiy sohada qanday muammolarga duch keladi?
Barcha jurnalistlar uchun javob bermayman-u, lekin ba’zan axborot olish bilan muammo bo’ladi. Nazarimda, jurnalistlar murojaatlari jarayoni qayta ko’rib chiqilishi kerak, so’rovga javob bir kun Ichida berilishi kerak, undan ortiq emas.
Asosiy muammo – o’z huquqlarini bilmaslik. Yana bir narsaki, yakka holda askar janggi kirolmaydi, deganlaridek, jurnalistlar ham bir uyushmaga birlashishi kerak. Jurnalistlar yutgan nechta sud ishini eslaysiz? Beshta-yettita? Aksariyat jurnalistlar hatto ishni sudga oshirmaydi, moliyaviy ahvoli bunga yo’l qo’ymaydi va davlat organi yoki kompaniya katta ehtimol bilan ishni yutishi mumkinligini bilishadi. Bu narsa journalist nimadir huquqbuzarlik qilgani uchun emas, u tarafning kuch va imkoniyatlari ko’proq bo’lgani uchun sodir bo’ladi. Fikrimcha, yangi, zamonaviy uyushma bu vaziyatga yordam bera oladi, Qonunchilik esa jurnalistlar va OAV himoyasi yo’lida ham ishlay boshlasa, To’rtinch hokimiyat chindan mavjudligi ko’rinadi.

Nazaringizda, bu muammolarga yechim bormi? Agar bor bo’lsa, qay tarzda hal qilish mumkin?
Ayni damda amalga oshirish real bo’lgan ishlardan bu “Jurnalist uchun huquqiy savodxonlik” nomli kitobchani jam qilib, unda axborot olishni yengillashtirish va o’z huquqlarini himoya qilish uchun qonunlardan keltirish. Keyin jurnalistlar uchun o’quv dasturini qayta ko’rib chiqib, qonunchilikni o’rganish bila bir qatorda real keyslarni ko’rish kerak. Va albatta, Sizniki kabi yuridik maslahatxona O’zbekistonnig barcha hududlarida filiallariga ega bo’lishi lozim.