1842-modda. Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish
Diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatish, — materiallarni va ularni tayyorlash hamda tarqatish uchun tegishli vositalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.