Янгиликлар

Ayollarning tashqi ko’rinishi borasidagi tanqid blogerga 15 million so’mga aylandi

Fevralda ijtimoiy tarmoqlarda bir qiz ayollarning tashqi ko’rinishini tanqid qilib chiqqan videorolik tarqaldi. IIV xabar berishicha, video muallifi, poytaxt oliy ta’lim muassalaridan birining 20 yashar talabasi K.Sh. Shayxontohut tuman IIB ga chaqirildi.
Huquq-tartibot organlari xodimlari bilan suhbatda qiz ayolarning tashqi ko’rinishiga xorijiy bir saytdagi materiallarni o’qigach shakllangan diniy qarashlar asosida paydo bo’lganini aytgan. Fuqaro K.Sh.ga nisbatan O’zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to’g’risidagi Kodeksining 184-2-moddasi (Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish) yuzasidan huquqbuzarlik rasmiylashtirildi. Unga nisbatan 50 BHM (15 mln so’m) miqdorida jarima jazosi qo’llandi.
1842-modda. Diniy mazmundagi materiallarni qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, olib kirish yoki tarqatish

Diniy mazmundagi materiallarni tarqatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash, O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish yoki tarqatish, — materiallarni va ularni tayyorlash hamda tarqatish uchun tegishli vositalarni musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining yigirma baravaridan yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ellik baravaridan yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Manba: UzNews