25 noyabrdan 10 dekabrgacha Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi xalqaro “Gender zo‘ravonligiga qarshi 16 kunlik faollik” tashabbusi doirasida axborot kampaniyasini o‘tkazadi.
Bu yili global mavzu — ayollar va qizlarga nisbatan eng tez tarqalayotgan zo‘ravonlik shakllaridan biri bo‘lgan raqamli zo‘ravonlikka qarshi kurashdir. Kampaniya “Barcha ayollar va qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashing” shiori ostida o‘tmoqda.
BMT va UN Women ma’lumotlariga ko‘ra:
“Raqamli zo‘ravonlik endi shunchaki ‘onlayn qo‘pol munosabat’ emas. Bu qo‘rqitish, nazorat qilish va obro‘ni yo‘q qilish vositasiga aylangan. Ayollar internet makonida o‘zini xavfsiz his qilmaguncha, haqiqiy raqamli transformatsiya haqida gapirishning iloji yo‘q”, — deyiladi ZJRM direktori Saida Sulaymаnovaning analitik hisobotida.
Axborot kampaniyasining asosiy xeshtegi
#ZoravonlikkaQarshi16Kun
U barcha materiallarda — ijtimoiy tarmoqlarda, media nashrlarida, videoroliklarda, kartochkalarda va storilarda qo‘llaniladi.
Xeshtegning maqsadi:
Xeshteg kampaniyaning asosiy navigatsion elementi bo‘lib, barcha hamkorlar va ambassadorlarning kontentiga integratsiya qilinadi.
Kampaniya yirik OAVlardan tortib yoshlar uchun mo‘ljallangan raqamli platformalargacha bo‘lgan asosiy kommunikatsiya kanallarini qamrab oladi. Anhor.uz va hududiy nashrlar bilan hamkorlikda analitik materiallar, shifokorlar va ekspertlar bilan intervyular, shuningdek, videokontent tayyorlanmoqda.
Maqsad — keng jamoatchilik muhokamasini yaratish va nozik mavzularni ochiq muhokamaga olib chiqish.
Alohida e’tibor ma’rifiy platformalarga qaratilgan: “Tabassum” (https://edusmile.uz/ru) saytida ayollar va OIV bilan yashovchi shaxslarning huquqlari, OIV bo‘yicha keng tarqalgan miflar hamda zo‘ravonlik mavzusining OAVda to‘g‘ri yoritilishi haqida materiallar seriyasi chop etiladi. Shuningdek, ushbu mavzularda material tayyorlaydigan jurnalistlar uchun maxsus qo‘llanma ham taqdim etiladi.
Factchecknet.uz sayti #ThinkCheckShare xeshtegi ostida o‘quvchilarni ma’lumotni tanqidiy tahlil qilishga undashga qaratilgan faktchek maqolalar turkumini tayyorlaydi.
Axborot kampaniyasiga 18–28 yoshdagi yosh faktchek ambassadorlari ham qo‘shiladi. Ular Instagram va Telegram’da mualliflik kontenti yaratadi, chellenjlar boshlaydi hamda stereotiplarni buzishga yordam beradigan hikoyalar bilan o‘rtoqlashadi.
Yoshlar yoshlarga murojaat qiladi — bu ishonchni shakllantirish va auditoriyani jalb etishning eng samarali mexanizmi hisoblanadi.
Kampaniya ayollar va OIV bilan yashovchi shaxslar bilan ishlaydigan hamkor nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokida amalga oshiriladi. Ushbu tashkilotlar stigmatizatsiyaga eng ko‘p duch keladigan va ma’lumot hamda qo‘llab-quvvatlashni xavfsiz muhitda olishga muhtoj bo‘lgan insonlar bilan bevosita ishlaydi.
Kampaniya nimalarni o‘z ichiga oladi
Kampaniya raqamli zo‘ravonlik va OIV mavzulari professional, xavfsiz va faktlarga tayangan holda yoritiladigan yagona axborot makonini yaratadi. U stigmatizatsiya darajasini kamaytirishga, ishonchli ma’lumotlarga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga va har kuni diskriminatsiyaga duch keladigan insonlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Axborot kampaniyasiga qo‘shiling. Birgalikda ovozimiz yanada kuchliroq eshitiladi!

- dunyodagi har uchinchi ayol jismoniy yoki jinsiy zo‘ravonlikni boshidan kechirgan;
- ayollarning 38 foizi onlayn tarzda ta’qib, tahdid yoki bezorilikga duch kelgan;
- dipfeyklarning 95 foizigacha pornografik mazmunda bo‘lib, ularning deyarli barcha jabrdiydalari — ayollardir.
“Raqamli zo‘ravonlik endi shunchaki ‘onlayn qo‘pol munosabat’ emas. Bu qo‘rqitish, nazorat qilish va obro‘ni yo‘q qilish vositasiga aylangan. Ayollar internet makonida o‘zini xavfsiz his qilmaguncha, haqiqiy raqamli transformatsiya haqida gapirishning iloji yo‘q”, — deyiladi ZJRM direktori Saida Sulaymаnovaning analitik hisobotida.
Axborot kampaniyasining asosiy xeshtegi
#ZoravonlikkaQarshi16Kun
U barcha materiallarda — ijtimoiy tarmoqlarda, media nashrlarida, videoroliklarda, kartochkalarda va storilarda qo‘llaniladi.
Xeshtegning maqsadi:
- kampaniyaning barcha kommunikatsiyalarini yagona raqamli oqimga birlashtirish;
- mavzuning ijtimoiy tarmoqlardagi ko‘rinuvchanligini oshirish;
- yoshlar, ambassadorlar va OAVni safarbar etish;
- raqamli zo‘ravonlik mavzusi xavfsiz va konstruktiv tarzda muhokama qilinadigan onlayn makon yaratish.
Xeshteg kampaniyaning asosiy navigatsion elementi bo‘lib, barcha hamkorlar va ambassadorlarning kontentiga integratsiya qilinadi.
Kampaniya yirik OAVlardan tortib yoshlar uchun mo‘ljallangan raqamli platformalargacha bo‘lgan asosiy kommunikatsiya kanallarini qamrab oladi. Anhor.uz va hududiy nashrlar bilan hamkorlikda analitik materiallar, shifokorlar va ekspertlar bilan intervyular, shuningdek, videokontent tayyorlanmoqda.
Maqsad — keng jamoatchilik muhokamasini yaratish va nozik mavzularni ochiq muhokamaga olib chiqish.
Alohida e’tibor ma’rifiy platformalarga qaratilgan: “Tabassum” (https://edusmile.uz/ru) saytida ayollar va OIV bilan yashovchi shaxslarning huquqlari, OIV bo‘yicha keng tarqalgan miflar hamda zo‘ravonlik mavzusining OAVda to‘g‘ri yoritilishi haqida materiallar seriyasi chop etiladi. Shuningdek, ushbu mavzularda material tayyorlaydigan jurnalistlar uchun maxsus qo‘llanma ham taqdim etiladi.
Factchecknet.uz sayti #ThinkCheckShare xeshtegi ostida o‘quvchilarni ma’lumotni tanqidiy tahlil qilishga undashga qaratilgan faktchek maqolalar turkumini tayyorlaydi.
Axborot kampaniyasiga 18–28 yoshdagi yosh faktchek ambassadorlari ham qo‘shiladi. Ular Instagram va Telegram’da mualliflik kontenti yaratadi, chellenjlar boshlaydi hamda stereotiplarni buzishga yordam beradigan hikoyalar bilan o‘rtoqlashadi.
Yoshlar yoshlarga murojaat qiladi — bu ishonchni shakllantirish va auditoriyani jalb etishning eng samarali mexanizmi hisoblanadi.
Kampaniya ayollar va OIV bilan yashovchi shaxslar bilan ishlaydigan hamkor nodavlat notijorat tashkilotlari ishtirokida amalga oshiriladi. Ushbu tashkilotlar stigmatizatsiyaga eng ko‘p duch keladigan va ma’lumot hamda qo‘llab-quvvatlashni xavfsiz muhitda olishga muhtoj bo‘lgan insonlar bilan bevosita ishlaydi.
Kampaniya nimalarni o‘z ichiga oladi
- OIV va zo‘ravonlik bo‘yicha analitik va ma’rifiy materiallar
- Virusshunoslar, yuristlar va NNT vakillari bilan intervyular
- “OIV bo‘yicha miflar va faktlar” kartochkalar turkumi
- OIV va zo‘ravonlik mavzularini to‘g‘ri yoritish bo‘yicha jurnalistlar uchun qo‘llanma
- Factchecknet.uz’da faktchek materiallari va interaktiv testlar
- Faktchek ambassadorlarining faolligi
- Respublika va hududiy OAVlarda rus va o‘zbek tillarida chop etiladigan materiallar
Kampaniya raqamli zo‘ravonlik va OIV mavzulari professional, xavfsiz va faktlarga tayangan holda yoritiladigan yagona axborot makonini yaratadi. U stigmatizatsiya darajasini kamaytirishga, ishonchli ma’lumotlarga bo‘lgan ishonchni mustahkamlashga va har kuni diskriminatsiyaga duch keladigan insonlarni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
Axborot kampaniyasiga qo‘shiling. Birgalikda ovozimiz yanada kuchliroq eshitiladi!
Ushbu nashr Yevropa Ittifoqi tomonidan moliyalashtirilgan/birgalikda moliyalashtirilgan. Uning mazmuni uchun faqat Zamonaviy Jurnalistikani Rivojlantirish Markazi mas’ul bo‘lib, u Yevropa Ittifoqining fikrini aks ettirishi shart emas