Yangiliklar

Mark Zukerberg Facebook va Instagramda endi fakt tekshiruvi (faktcheking) bo'lmasligini e'lon qildi

Mark Zukerberg o'zining Facebook’dagi akkauntida joylashtirgan videomurojaatida Meta korporatsiyasi Facebook, Instagram va Threads platformalarida fakt tekshiruvi xizmatlarini to'xtatishini ma'lum qildi.
"Fikr bildirish erkinligi bilan bog'liq ildizlarimizga qaytish vaqti keldi. Biz faktlarni tekshirish vositalarini jamiyat eslatmalari bilan almashtiramiz, siyosatimizni soddalashtiramiz va xatolarni kamaytirishga e'tibor qaratamiz. Keyingi bobni intiqlik bilan kutyapman," dedi u.
Meta asoschisi mavjud tizim «xatolar va seizure haddan oshgan nuqtaga yetganini» ta’kidladi.
«Biz qoidalarni soddalashtiramiz va platformalarimizda so'z erkinligini tiklaymiz», — dedi Mark Zukerberg.
Endilikda Meta’ga tegishli ijtimoiy tarmoqlarda boshqa foydalanuvchilardan izohlar paydo bo‘ladi. Ilon Maskning X ijtimoiy tarmog‘i ana shunday tamoyil asosida ishlaydi. Foydalanuvchilarda jamiyat siyosatini buzadigan postlar haqida shikoyat qilish imkoniyati saqlab qolinadi. Ushbu shikoyatlar kontentni avtomatik tekshirish natijalaridan oldin ko‘rib chiqiladi.

Shuningdek, Meta o’z lentasida siyosiy kontentni ko’rishni istagan foydalanuvchilar uchun, uni yashirishni to‘xtatadi.

Qayd etilishicha, fakt tekshiruvi (faktcheking) tizimi Facebook’da 2016-yilda, Rossiya «troll fabrikalari»ning AQSh prezidentlik saylovlariga aralashuvi bilan bog’liq janjal tufayli paydo bo‘lgan.

Faktchecking Meta xodimlari tomonidan emas, balki asosan professional jurnalistlar va muharrirlardan iborat uchinchi tomon tashkilotlari tomonidan amalga oshirilgan.

Manba: Mark Zukerbergning Facebook’dagi sahifasi, Meduza.

Agar sizda savollar paydo bo‘lsa yoki huquqlaringizni himoya qilish bo’yicha professional yordam kerak bo‘lsa, bepul yuridik maslahat olish uchun media-yuristlarga murojaat qiling. Legalclinic.uz mutaxassislari sizning vaziyatingizning huquqiy jihatlarini tushunishga va mos yechimlarini taklif qilib yordam berishga tayyor.
Maxfiylik kafolatlanadi, savolingizni anonim tarzda berishingiz mumkin. Bugunoq bizga murojaat qiling va malakali yordam oling!
2025-01-09 14:44