"Mahalla. O'zbekistonda mediahamjamiyatini mustahkamlash" loyihasi axborotni professional tekshirish bo'yicha yangi resurs factchecknet.uz ni ishga tushirdi.
Factchecknet.uz - bu faktlar, omma oldidagi nutqlar va OAV materiallari haqqoniyligini tekshirish bilan shug'ullanuvchi mustaqil onlayn-platforma. Materiallar mualliflari - yangiliklar, maqolalar va boshqa materiallar haqqoniyligini aniqlash bilan shug'ullanuvchi faktchekerlar.
Ishonamizki, O'zbekistonda faktchek resursining paydo bo'lishi ishonchli manbadan tekshirilgan axborotni olish, ommaga chiqish qilayotgan shaxslarning esa axborotga extiyotkorona munosabatda bo'lib, va'dalarini ustidan chiqishlari uchun rag'bat bo'lib xizmat qiladi. Maqsadimiz kishilarga nima haqiqatu nima yolg'onligini tushunishga yordam berish. Platforma OAV vakillarida yuqori jurnalistik standartlarni joriy qilish; aholi mediasavodxonlik darajasini oshirish, turli axborot manbalaridan foydalanish madaniyati va mediasavodxonligini rivojlantirish orqali o'z faoliyatiga yanada mas'uliyatli munosabatni shakllantirish vositasida O'zbekistonda so'z erkinligini targ'ib qilish maqsadida yaratildi, - yozadi factchecknet.uz sayti (http://factchecknet.uz/).
Factchecknet.uz tahririyati mustaqil platforma bo'lib, materiallarida reklama va propaganda elementlari, shuningdek, boshqa qonunga xilof axborotni joylashdan qat'iyan bosh tortadi. Loyihamizning davlat organlari, psevdodavlat sektori va tijoriy tashkilotlar bilan hech qanday shartnoma va og'zaki majburiyatlar bilan bog'liqligi yo'q.
Loyiha tashabbuskori O'zbekiston Respublikasi Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi sanaladi.
Ayni damda Yevropa Ittifoqi ko'magida ERIM xalqaro nodavlat tashkiloti loyihaga moliyaviy yordam ko'rsatmoqda.
Loyiha hamkorlari MediaNet Kazakhstan nodavlat tashkiloti, factcheck.kz faktchek loyihasi, O’zbekiston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi
Loyiha hamkorlari MediaNet Kazakhstan nodavlat tashkiloti, factcheck.kz faktchek loyihasi, O’zbekiston Respublikasi Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi