Янгиликлар

Lolagul Kallixanova va Baxtiyor Kadirbergenovning suddagi nutqlari

Nukusdagi voqealar yuzasidan sud jarayoni davom etyapti. Guvohlar ko’rsatmalari olinganidan so’ng sudya onlayn-translyatsiyalarni yangilashga ruhsat berdi. 12 yanvar, sudda advokatlar chiqish qilyapti.
Ayni damda sudlanuvchilar nutqi tinglanyapti.
22 nafar sudlanuvchilardan birinchi bo’lib, ayblanuvchilar orasida yagona ayol kishi, Makan.uz sayti muassisi, jurnalist Lolagul Kallixanova nutq so’zladi. Nukusdagi voqealar vaqtida va ulardan avval u Toshkentda edi.
Hurmatli sud qatnashuvchilari, qilgan qilmishimdan chin ko‘ngildan pushaymon ekanligimni bildiraman. Men o‘zimning so‘nggi o‘ylamay qilgan videomurojaatim, Makan.uz sayti orqali chiqarilgan materiallar orqali tinch xalqni buzg‘unchilikka boshlaganimni, shuncha odamning umriga zomin bo‘lganimni, qanchadan-qancha odam qamalganini yana tergovga olib kelinganini anglab yetdim.

Men O‘zbekistondan shu kungacha ozodlikda ham, hatto qamoqda yotganimda ham faqatgina g‘amxo‘rlik ko‘rdim. Hech qachon yomonlik ko‘rmadim. Tergov jarayonida ham men bilan insoniy munosabatda bo‘lishdi. Biroq, qamalayotganimda juda ko‘p yomon narsalarni kutgandim. O‘zimning fikrim yomon bo‘lgani ortidan davlatdan yomonlik kutganimdan, xalqimga zarar yetkazganimdan juda uyatliman. Tergovda xolimdan xabar olinishi bu faqat odamgarchilikning belgisidir. Shu o‘rinda bunday ishlarning amalga oshirilishiga (tergov jarayonidagi insoniy munosabatlar nazarda tutilmoqda — tahr.) boshchilik qilayotgan rahbarlarga, hurmatli prezidentimizga mingdan ming rahmat aytaman.

Kecha Jo‘qorg‘i Kenges raisi kelganda ham aytgandim, sudlanuvchilar orasida 1998 yilda tug‘ilgan bola ham bor. U 25 yoshga chiqqani bilan baribir men uchun yosh boladay. Bizlarga o‘xshagan odamlarga ergashib ketgani o‘zining qat’iy bir fikri bo‘lmaganini anglatadi. U bola Toshkentda ishlab yurgan joyidan tungi soat 02:00 da qaytib kelib, hatto uyiga bormay, to‘g‘ri namoyishlarga qo‘shilib ketgan. Bu faqat bitta misol. Bunga o‘xshagan qancha misollar bor yana? Unga o‘xshagan qancha bola ketdi yana? Qanchadan-qancha oila barbod bo‘ldi.

Ertalab uyidan bozorga, ishga, o‘qishga ketdim deb ketib qaytib kelmagan 19 nafar odamning o‘limi, shu voqealar sabab bir necha yuzlab odamlarning 6 oylab qamoqda o‘tirishiga men sababchi bo‘lgan bo‘lsam, men jazoga loyiqman, rosti.

Misol uchun o‘sha 1998 yilda tug‘ilgan yigit ortimda o‘tiribdi. Seydabulla Medetov degan yigit Makan.uz`dan olib, nusxalab bosgan so‘zlari boshiga balo bo‘lib turibdi. 8−5 yil qamoq so‘ralyapti. Shularning barchasiga men sababchiman. Xalqning oldiga chiqib gapiradigan odam aytadigan so‘zini 7 marta emas, 70 marta o‘ylanib gapirishi kerak ekanligini endi tushinib yetyapman. Bu juda ayanchli holat.

Sudning birinchi kunida ham bu so‘zlarimni aytgandim. Men allaqachon vijdonim oldidagi bir umrlik sudda javob berishga mahkumman. Men o‘zim himoya qilmoqchi bo‘lgan Vatanimga, xalqim boshiga shu kunlarni solganim uchun o‘zimni aybdor deb bilaman. Shuning uchun hurmatli raislik qiluvchi, siz men qilgan jinoyatga qanday jazo bersangiz ham, Jinoyat kodeksida qanday javobgarlik bo‘lsa ham roziman. Men bilan sudlanayotganlarga qamoq bilan bog‘liq bo‘lmagan jazo bersangiz. Ular uchun ham [o‘zim] qamoqda o‘tirib berishga roziman.

Menimcha, ular mening ayol kishi bo‘lganim uchun meni sotmagan. Menga qarshi ko‘rsatma bermagan. Bunga yigitlik or-nomusi yo‘l qo‘ymagan. Aslida esa ularning ko‘pchiligi Makan.uz`dagi videomurojaatim sabab voqealarga aralashib qolgan.

Hurmatli yoshlar har doim ota-onangizni, yaqin qarindoshlaringizni maslahatini oling. Faqat tinchlik tarafdori bo‘ling. Xalqning ishonchiga kirib yurgan bo‘lsa ham begona odamning gaplariga ishonmang. Hech qachon menga o‘xshagan odamlarning, qiz bolaning gapiga ergashmang!

Sizga ota-onangizdan, tug‘ishganlaringizdan ham yaqinroq qayg‘uradigan odam yo‘q. Siz qamoqda o‘tirib ota-onangiz haqida ming qayg‘urganingiz bilan ularga hech qanday yordam berolmaysiz. Hurmatli ota-onalar farzandlaringizni Telegram, Whatsapp, Youtube`dagi akkauntlarini nazorat qilib boring. Hozir bizlar xavfli axborot kurashi asrida yashayapmiz. Birgina video farzandlaringizning, o‘zingizning umringizni ostun-ustun qilib yuborishi mumkin. Bunga misol men! Bu yerda o‘tirganlar men qilgan ishlarni qilmang. Ham so‘rarim qo‘lingizdan kelsa, meni kechiring.

Men hozir 244−1-modda bilan ayblanayapman, lekin mening o‘zimda separatizm bo‘lmagandi. Farzandlaringiz bizlarga o‘xshab odamlarni, qiz bolani so‘ziga ergashib ko‘chaga chiqib ketishlariga yo‘l qo‘ymang. Ular ham hayoliga keltirmagan moddalar bilan ayblanib ketishlari mumkin. Shuning uchun iltimos farzandlaringizni nazorat qilib boring doim, telefonlarini tekshirib turing, qanday video ko‘ryapti. Kecha ko‘rdim 2001 yil yo 2002 yilda [tug‘ilgan], Moskvada o‘qiydigan bola hatto «Alg‘a Qaraqalpaqstan»ga qo‘shilib, [ularning] ichida o‘tiribdi. Agar shu videoni ko‘rib turgan bo‘lsangiz, yana bir marotaba kechirim so‘rayman.

Xudo haqqi, men 5 iyulda bo‘ladigan bo‘lsa, [Dauletmurat Tajimuratov Konstitutsiyani o‘zgartirishga qarshi] imzo yig‘sa kerak, deb o‘ylab, shu gaplarni aytgandim. Lekin tosh ko‘tarib ko‘chaga chiqib ketadi, deb o‘ylamagandim. Qo‘lingizdan kelsa kechiringlar, aslida odam o‘limiga olib keladigan holatlar bo‘lishini bilmagandim. Bilganimda hech qachon unday narsani oqlab chiqmas edim. So‘nggi so‘zim shundan iboratki, qilgan jinoyatim DXXda o‘tirganimda bo‘ynimga qo‘yib berildi, shuning uchun men qanday jazoga munosib bo‘lsam men shu jazoni olishga tayyorman.
Shuningdek, Ayama.uz sayti asoschisi va bloger Baxtiyor Kadirbergenov ham so’z bilan chiqdi.
Avvalambor, hurmatli sud raisi, Siz sudlanuvchilarni "erkalatyapsiz". Katta rahmat! O'tirib hayron qolyapman. Bundan avval bir necha bor sud jarayonlarida himoya taraf, sudlanuvchi, jabrlanuvchi sifatida ishtirok etgandim, turli vaziyatlarda, turli pozitsiyalardan. Biroq bugunga qadar bunday sudni ko'rmagandim. Aynan shuning uchun Sizga va maslahatchilaringizga tashakkur aytmoqchiman. Men huquqshunos emasman. Shu sababli, Jinoyat va Jinoyat-protsessual kodekslarining hamma bo'lim, qism va moddalarini bilmayman. Lekin haqiqatni aytish kerak. Chunki prokurorlar kecha menga qarshi qo'ygan ba'zi ayblovlarning bir qismi haqiqatga mos, bir qismi nohaq edi, bir qismi esa umuman tilga olinmadi.

Shuning uchun men davlat ayblovchilariga o'z minnatdorchiliginni bildiraman. Ehtimol, ba'zi o'rinlarda ular insonparvarlikka rioya qilishgan. Chunki, men yaxshi bilamanki, 244-moddaning 3-bandi 10 yildan 15 yilgacha (ozodlikdan mahrum qilish) jazosini nazarda tutadi. Men uchun esa 7 yil so'rashdi. Ayblovchilar bo'la turib, ular gumanizm nuqtayi nazaridan ish tutishdi va ehtimol, men va oilam uchun yaxshilikni o'ylashdi. Shuning uchun ularga ming bor rahmat aytaman. Shu bilan birga aytishim kerak, 39 nafar keyingi sudlanuvchialr orasida (alohida sud ishiga ajratilgan jinoyat ishi bo'yicha - tah.) yaqinlarim bor. Agar men hozir nima haqiqatu, nima yolg'onligini aytmasam, ertaga ular jabr ko'rishi mumkin. Shuning uchun, prokurorlar va ayblovchilardan tushunishlarini so'rayman, lekin men ba'zi haqiqatlarni aytishim kerak.

Ushbu jarayonda meni ishimda birgina jabrlanuvchi bor. Idrisov Jahongir ismli kishi. U shu yerga tan jarohati olganini aytib, ekspertizaga keldi. Savol va javoblar davomida bu tan jarohatlariga sababchi men emasligimni aytdi. Aytishicha, Baxtiyor Kadirbergenov bilan tanishgunga qadar jarohat olgan edi. Iltimos, shuni inobatga olsangiz. Buni tasdiqlash maqsadida kecha Nursultan Davletnazarov ismli yigit keldi. U ham bu ikkisi mushtlashganini ko'rmadim, dedi. Ularni faqat kassa oldida bahslashayotganini ko'rdim, deb aytdi. Qo'shimcha qilib aytaman, ishda video ham bor. U yerda bu kishiga tan jarohati yetkazganim aks etmagan. Buni qayta ko'rib chiqishni so'rayman.

244-modda yuzasidan bu yerga bir neche kisshi keldi. Ular orasida Baxtiyor Jumatayev, Seytbekov Karamatdin, Ismailov Timur bor. Ular bilan suhbat davomida aniqlanishicha, eng katta xatoyim "Jo'qorg'i Kengesni qo'lga olaylik", degan gapim edi. Men ularga buni yatdim, yashirmayman. Men buni tan olaman. Biroq birgina "lekin" i bor. Yodingizd bo'lsa, 2022 yil yanvarida bunday voqealar Qozog'istonda sodir bo'ldi. Bir fikr keldi: komendant soati boshlandi, (Qozog'istonda) xalq bunga rozi bo'lmaydi. (O'sha vaqtda) o'q uzishga to'g'ri keldi. O'shanda, bunday holat yurtimizda sodir bo'lmasligi uchun 2 iyul 23.00 ga qadar qandaydir joy qo'lga olingani yoki shu kabi xabarlarni tarqatmadim.

Biz shunchaki axborot almashdik. Bundan ortiq hech narsa bo'lmadi. Biz bu harakatlar haqida komendant soati joriy etilganidan keyin esladik. Va buni emotsiyalarda aytib yubordik. Buni tan olaman... O'sha vaqtda hech kim bu fikrni qo'llamadi. Hech kim uydan chiqib, "Kel, shu ishni qilaylik", demadi. Ba Baxtiyor Jumatayev, na Timur Ismailov, na yana kimdir...

Ishda stenogramma bor. So'zlarimni eshitib, ular shokka tushdi. U yerda shunday gaplar ham bor: "Nima qilyapsan, nima deyapsan, nimalarni o'ylading?". Shunday vaziyat bo'lgandi. Men u vaqtga qadar ham, keyin ham uyda o'tirdim, bu gaplarni o'limlar bo'lmasligi uchun aytgandik. Ular yo'q qilinmasligi uchin aytilgan.

Sizdab iltimos qilaman, men aybdorman, lekin bu narsalarga natijasi, oqibati bo'lmagan ish sifatida qarashingizni so'rayman.

Hurmatli sud kollegiyasi, eng muhim gapni aytishga ijozat bersangiz. Ehtimol, bu gaplarni boshida aytdim. Qayta aytaman... Bu jarayonda hamma narsa bor - uch kunlik suhbatlarimiz stenogrammasi, telefon suhbatlari tasmalari, barcha harakatlarim yozuvlari. Bir necha tumanlardan kishilat menga yozdi: "Baxtiyor, keling, miting o'tkazaylik. Keling, tashkillashtiraylik va h.k.".

1 iyulga qadar, video tarqatilgunga qadar (Dauletmurat Tajimuratovning machit oldida qonuniy va tinch miting o'tkazishga ruhsat so'raganini aytib chiqqan videomurojaat - tah.) bir necha kishi qo'ng'iroq qilib, miting o'tkazaylik, tashkillashtiraylik, uni qilaylik, buni qilaylik... deb aytishdi. Men buni rad etdim. Sababi, men noqonuniy harakatlarni qo'llamadim. Machit oldida olingan videoni ko'ribgina harakatni boshladim.

Ishni ochib, barcha suhbatlarni solishtirishingiz mumkin. Video chiqqanda, bu kishi boshlaganda... Hammasini diqqat bilan ko'ring... Grafik yoki boshqa qandaydir usulda ko'rishingiz mumkin, men tomondan hech narsa qilinmadi. Afsuski, men adashdim. Ya'ni tinch mitingga ruhsat bor deb o'yab, qonuniy miting haqida eshitganimda "gaz" ni bosdim.

Yana aytishim kerakki, men "chuv" tushdim. Agar bu videoni ko'rmaganimda allaqachon ko'chib ketardim. Turli mamlakatlar, Kanada, Avstraliya kabi davlatlarni o'rganib, qayerga ko'chib ketishim mumkinligi haqida o'ylardim. Hatto ko'chishga tayyorgarlik ham ko'ra boshladim. Sababi, bu yerda huquqbuzarliklar sodir bo'lyapti. Bu yerda yashamayman, degan qarorga kelgandim. Bu videoni ko'rmaganimda ko'chib ketardim. Hurmatli sud va sud kollegiyasi, buni inobatga olishingizni so'rayman. Men buni avvaldan rejalashtirmadim. Bu kabi tinchlikni buzish holatlari bo'lmagan. Yuqorida aytganlarimni inobatga olsangiz.

Agar meni so'zlarimni qirqishsa va kishilarga ko'rsatishsa, ularga, rahbarlarga bir gapim bor. Afsuski, shuncha odam halok bo'ldi. Qancha odam zarar ko'rdi. Biz o'zimiz o'sha voqealar davrida aniq, ishonchli axborotga muhtoj edik. Nima haqiqat, nima yolg'onligini bilmasdik. Biz axborotni televideniye, radiodan qidirardik. Hech narsa topolmasdik.

Birgina misol keltiraman, telefonlarimizga Konstitutsiyaning 70-71-72-74-75-moddalari o'zhartirilmasligi haqida xabar kelganda, buni aniq eshitganimizdan keyin ko'pchilik uylariga qaytdi. Birgina SMS shuncha kishilarni uylariga qaytardi!

Iltimosim: Xudo ko'rsatmasin, shunday vaziyatlarda televideniye va radioni o'chirib bo'lmaydi. Aynan shu yerdan fuqarolar aniq va ishonchli ma'lumotlarni olishadi. Buni barchasini chetlab o'tish mumkin edi. Ehtimol, hech kim halok bo'lmasdi, 19 kishi qurbon bo'lmasdi. Yoki yaradorlar yarador bo'lmasdi. Iltimosim, televideniye va radioni uzib qo'ymang. Men o'zim ham kimga ishonishni bilmasdim. Har yerdan turlicha axborot kelardi. Ko'chadan turli tovushlar kelardi. To'g'risi, buni so'z bilan ifodalab berolmayapman. Qoraqalpoq tilida buni izohlab beradigan so'z topilmasa kerak. Kichik farzandim uxlolmasdi. Bir tarafdan, men telefon orqali hamma bilan gaplashardim. Boshqa tarafdan, ayolimni mazasi qochdi. Shuning uchun televideniye va radioni o'chirib bo'lmaydi.

Ayni damda boshqa sudlanuvchilar chiqish qilyapti.