2026-yil 9-yanvar kuni Qozog‘iston Prezidenti ma’lumotlar, raqamli aktivlar, biometriya hamda raqamli hukumatga oid normalarni 106 ta moddada o‘zida jamlagan — dunyodagi ilk ushbu turdagi hujjat bo‘lmish Raqamli kodeksni imzoladi. Unga erishish yo‘li uch yildan ortiq vaqt oldi va bu jarayon hali ham to‘liq yakunlangani yo‘q: kodeks imzolangan bo‘lsa-da, hali kuchga kirgani yo‘q. Qo‘shni davlatdagi ushbu voqea yana bir muhim savolni kun tartibiga olib chiqmoqda: O‘zbekistonga ham shunday hujjat kerakmi yoki bizda mavjud bo‘lgan qonunchilik bazasi yetarlimi?
Ushbu savolga javob berish uchun, eng avvalo, bugungi kunda O‘zbekistonda raqamli sohani aynan nimalar tartibga solayotganini tahlil qilib olish lozim — bu esa alohida va unchalik sodda bo‘lmagan masaladir.
Bugun O‘zbekistonning raqamli qonunchiligi nimalardan iborat?
Bizda butun raqamli soha uchun javob beradigan yagona va yaxlit hujjat mavjud emas. Buning o‘rniga — turli davrlarda, turli tashabbuskorlar tomonidan va har xil mantiqqa tayanib qabul qilingan qonunlar majmui amal qilmoqda.
«Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonun poydevor bo‘lib qolmoqda — u uzoq 2003-yilda qabul qilingan va o‘shandan beri muntazam ravishda to‘ldirib kelinmoqda. Aynan ushbu hujjatga 2026-yilning yanvar oyida sun’iy intellektga oid normalar kiritildi: 2026-yil 21-yanvardagi O‘RQ-1115-sonli Qonun sun’iy intellekt tushunchasini mustahkamladi, inson huquqlariga daxldor yuridik ahamiyatga ega qarorlar faqatgina avtomatlashtirilgan tizimlarning xulosalari asosida qabul qilinishi mumkin emasligini belgiladi hamda sun’iy intellekt yordamida shaxsga doir ma’lumotlarni qonunga xilof ravishda qayta ishlash uchun javobgarlikni joriy etdi. Aytish joizki, bu muayyan masalaga tezkor munosabat bildirishning yaqqol namunasidir: deputatlar qonunchilik tashabbusining birinchi o‘qishdan (2025-yil avgust) o‘tib, Prezident tomonidan imzolanishigacha (2026-yil yanvar) bo‘lgan yo‘li yarim yildan kamroq vaqtni oldi.
Paralel ravishda 2019-yilda qabul qilingan alohida «Shaxsga doir ma’lumotlar to‘g‘risida»gi Qonun ham amal qilmoqda — yaqindagina, 2026-yilning fevralida unga ham shaxsga doir ma’lumotlar bazalarini mamlakat ichida saqlash shartlari va ularni ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini aniqlashtiruvchi o‘zgartishlar kiritildi.
Axborot xavfsizligi masalalarini esa 2022-yilda qabul qilingan alohida «Kiberxavfsizlik to‘g‘risida»gi Qonun tartibga soladi. Unda vakolatli organ etib Davlat xavfsizlik xizmati belgilangan — ya’ni axborotlashtirish uchun mas’ul bo‘lgan Raqamli texnologiyalar vazirligiga hech qanday aloqasi bo‘lmagan idora.
Yana bir mustaqil hujjat — 2022-yil tahriridagi (2025-yilgi tuzatishlar bilan) «Eski elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonun bo‘lib, u o‘zining alohida tushunchalarini joriy etadi: «raqamli mahsulotlar», «elektron savdo maydonchasi», «axborot vositachisi» — bu atamalar «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonundagi ta’riflar bilan hech qayerda o‘zaro bog‘lanmagan.
Bularga elektron hujjat aylanishi to‘g‘risidagi qonunni, axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risidagi qonunni hamda mutlaqo alohida bir qatlamni — qonunlar bilan emas, balki farmon va qarorlar bilan tartibga solish amaliyotini ham qo‘shish lozim: masalan, kripto-aktivlar muomalasi Prezidentning 2018-yildagi PQ-3832-sonli qarori bilan tartibga solinadi, sun’iy intellektdan foydalanishning etik qoidalarini esa 2026-yil mart oyida Adliya vazirligi qonun shaklida emas, idoraviy hujjat sifatida ro‘yxatdan o‘tkazdi.
Ushbu tizimda qayerda qarama-qarshiliklar (nomuvofiqliklar) yuzaga kelmoqda?
Oddiy ro‘yxatning o‘zidayoq ko‘rinib turibdiki, O‘zbekistondagi raqamli soha kamida yettita-sakkizta turli qonunlar hamda o‘nlab farmonlar, qarorlar va idoraviy hujjatlar bilan tartibga solinadi. Ularning har biri o‘z vakolatli organiga, o‘z tushunchalar apparatiga hamda o‘z mantiqiga ega.
Buning amaliy oqibati — atama va tushunchalardagi chalkashlikdir. «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunda «axborot resursi», «Elektron tijorat to‘g‘risida»gi Qonunda «raqamli mahsulotlar», sun’iy intellektga oid qonunda esa «sun’iy intellektga asoslangan axborot tizimi» tushunchalari mavjud, biroq ularning hech biri umumlashgan bitta xulosaga keltirilmagan — umuman olganda, nimani «raqamli obyekt» deb hisoblash kerak va u mol-mulkka kiradimi-yo‘qmi? Taqqoslash uchun — Qozog‘iston kodeksida bu aniq belgilab qo‘yilgan: raqamli yozuvlar, resurslar, tizimlar va platformalar fuqarolik qonunchiligi tatbiq etiladigan mol-mulk deb tan olinadi. Bizda esa ma’lumotlar, dasturiy ta’minot va raqamli aktivlarning fuqarolik huquqlari obyekti sifatidagi maqomi hech qayerda bunday aniq va to‘g‘ridan-to‘g‘ri mustahkamlanmagan.
Ikkinchi oqibat — ahamiyati jihatidan o‘xshash bo‘lgan masalalarning har xil yuridik kuchga egaligidir. Shaxsga doir ma’lumotlar va kiberxavfsizlik parlament tomonidan qabul qilingan qonunlar bilan tartibga solinadi. Kripto-aktivlar muomalasi esa Qonunchilik palatasi va Senatning ishtirokisiz o‘zgartirilishi mumkin bo‘lgan Prezident qarori bilan tartibga solinmoqda. Davlat 2030-yilga borib bir milliard dollardan ortiq investitsiya jalb qilishni rejalashtirayotgan soha uchun qaror darajasidagi tartibga solish biznes va fuqarolarga qonun darajasidagi tartibga solishga qaraganda kamroq huquqiy kafolatlar beradi.
Uchinchisi — huquqiy kategoriya sifatida «raqamli huquqlar» degan qamrovli tushunchaning mavjud emasligidir. U ekspertlar hamda ta’lim muhitida mavjud (jumladan, o‘zimiz tayyorlagan materiallarda ham raqamli huquqlar shaxsiy daxlsizlik, tarmoqda o‘z fikrini erkin bildirish, ulkan ma’lumotlar (Big Data) bilan ishlash hamda intellektual mulkni muhofaza qilishni o‘z ichiga olishini bir necha bor tushuntirganmiz), biroq qonunchilikda bunday umumlashtiruvchi tushuncha yo‘q — faqat uning sohaviy qonunlar bo‘ylab tarqoq holda joylashgan alohida bo‘laklarigina mavjud.
Shunday qilib, kodeks kerakmi?
Bu o‘rinda Qozog‘iston tajribasiga yana bir bor murojaat qilish joiz — biroq ko‘r-ko‘rona nusxa ko‘chirish uchun emas, balki topshiriqning qanchalik mukammal va murakkab ekanligini anglash uchun. Kontinental huquq tizimida kodeks — tartibga solish usuli jihatidan bir jinsli bo‘lgan, yetuk huquq sohalari uchun mo‘ljallangan shakldir: fuqarolik huquqi teng subyektlar o‘rtasidagi mulkiy munosabatlarni, ma’muriy huquq esa davlat va fuqaro o‘rtasidagi hokimiyat munosabatlarini tartibga soladi. Raqamli soha esa har ikkisini o‘zida mujassam etadi: kiberxavfsizlik — моhiyatiga ko‘ra ommaviy huquq, raqamli aktivlar muomalasi — xususiy huquq, algoritmik shaffoflik masalalari esa sohaviy tartibga solishdan ko‘ra inson huquqlariga ko‘proq yaqindir. Hatto Qozog‘istonning o‘zida ham tayyorgarlik bosqichida ushbu sohaning kodifikatsiyaga tayyor ekanligiga shubhalar bildirilgan edi — zero, bu soha shiddat bilan o‘zgarishda davom etmoqda, bugun yozilgan qonun esa amaliyotda mustahkamlanib ulgurmasidanoq eskirib qolish xavfi mavjud.
O‘zbekiston uchun hozirgi bosqichda Qozog‘iston modelini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ko‘chirish biroz oshiqcha qadamdek ko‘rinadi. Tizimimiz yangi texnologiyalarga nisbatan manzilli qonunlar orqali nisbatan tezkor munosabat bildirishga qodirligini ko‘rsatib bo‘ldi — 2022-yilda kiberxavfsizlik, o‘sha yilning o‘zida elektron tijorat hamda 2025–2026-yillarda sun’iy intellekt bo‘yicha qabul qilingan hujjatlar buning tasdig‘idir. To‘liq shakldagi kodifikatsiya — yillarga cho‘ziladigan jarayon bo‘lib, hatto to‘liq siyosiy iroda mavjud bo‘lganda ham, Qozog‘iston misoli ko‘rsatganidek, qonun imzolanishi, ammo darhol kuchga kirib ketmasligi mumkin.
Biroq kodeksga hozircha ehtiyoj yo‘qligini tan olish — amaldagi holat barchani qoniqtrmoqda, degani emas. Parchalanganlik (fragmentatsiya) shunchaki neytral fakt emas, balki aniq huquqiy xatarlarning manbaidir: bir-biriga o‘xshash munosabatlarning turlicha darajada himoyalanganligi, raqamli huquqlarning yagona ta’rifi yo‘qligi, ma’lumotlar va raqamli aktivlarning huquq obyektlari sifatidagi maqomi noaniqligi hamda muhim sohalarning qonunlar o‘rniga farmon va qarorlar bilan tartibga solinayotgani shular jumlasidandir.
Aynan ushbu parchalanganlik (fragmentatsiya) tashxisini raqamli huquq hamda sun’iy intellektni tartibga solish bo‘yicha mutassis, huquq fanlari doktori (PhD in Law) Anna Ubaydullayeva ham qo‘ymoqda — biroq u urg‘uni boshqacha beradi: u kishi uchun kodeks tizimlashtirishning muqobili emas, balki uning mantiqiy yakunidir.
«Bugungi kunda O‘zbekiston uchun Raqamli kodeksni qabul qilish masalasi haqiqatan ham o‘z vaqtida ko‘tarilmoqda. Biroq, mening nazarimda, muhokamani kodifikatsiya faktining o‘zidan emas, balki uning maqsadlari, mazmuni va amaliy qiymatini belgilab olishdan boshlash lozim.
Hozirgi kunda O‘zbekistonda raqamli munosabatlarni tartibga soluvchi yetarlicha keng me’yoriy baza shakllanib bo‘lgan: axborotlashtirish, shaxsga doir ma’lumotlar, kiberxavfsizlik, elektron tijorat, elektron hujjat aylanishi sohasidagi qonunlar, shuningdek, raqamli transformatsiya va sun’iy intellektni rivojlantirishga bag‘ishlangan ko‘plab qonunosti hujjatlari amal qilmoqda. Shu bilan birga, tartibga solish parchalangancha qolmoqda: normalar qonunchilikning turli tarmoqlari bo‘yicha taqsimlangan, bir jinsli bo‘lmagan terminologiya qo‘llaniladi, ma’lumotlar, raqamli aktivlar, platformali iqtisodiyot va sun’iy intellekt texnologiyalarini tartibga solishda yagona yondashuvlar mavjud emas.
Aynan shu sababli, mening fikrimcha, O‘zbekistonga Raqamli kodeks kerak. Biroq u amaldagi me’yoriy hujjatlarning mexanik birlashmasi emas, balki raqamli iqtisodiyotni tartibga solishning yagona prinsiplarini ta’minlaydigan, tushunchalar apparatini unifikatsiya qiladigan, mavjud bo‘shliqlar va ziddiyatlarni bartaraf etadigan hamda raqamli texnologiyalarni yanada rivojlantirish uchun mustahkam huquqiy poydevor yaratadigan zamonaviy tizim hosil qiluvchi hujjatga aylanishi lozim.
Shu bilan birga, bunday kodeksning qabul qilinishi raqamli qonunchilik komplek islohotining boshlang‘ich nuqtasi emas, balki mantiqiy yakuni bo‘lishi kerak. Avvalambor, amaldagi normalarni tizimlashtirish, sohaviy tartibga solishni uyg‘unlashtirish (garmonizatsiya qilish) va raqamli huquqning yaxlit konsepsiyasini shakllantirish zarur.
Faqat shundagina Raqamli kodeks navbatdagi me’yoriy hujjat emas, balki innovatsiyalarni rivojlantirish, fuqarolarning huquqlarini ҳimoya qilish, davlatning raqamli suvereniteti va raqamli iqtisodiyotning barqaror rivojlanishi o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlashga qodir bo‘lgan strategik hujjatga aylanadi».
Boshqacha aytganda, bu yerdagi bahs kodeksning umuman kerak-kerakmasligi haqida emas, balki uni islohotning qaysi bosqichida qabul qilish lozimligi haqidadir: boshlang‘ich nuqta sifatidami yoki uning natijasi o‘laroqmi. Har ikkala pozitsiyadan kelib chiqadigan amaliy xulosa bitta — ishni kodeks matnidan emas, balki allaqachon mavjud bo‘lgan hujjatlarni tizimlashtirishdan boshlash kerak.
O‘zbekiston nimani amalga oshirishi maqsadga muvofiq?
— Kripto-aktivlar va raqamli aktivlarni tartibga solishni farmon va qarorlar darajasidan qonun darajasiga o‘tkazish, ularning huquqiy maqomi hamda egalarining huquqlari himoyasini qonunosti hujjatlari emas, balki barqaror qonunchilik asosida mustahkamlash;
— «raqamli huquqlar», «raqamli obyekt», «raqamli ma’lumotlar» tushunchalarining yagona ta’riflarini joriy etadigan hamda sohaviy qonunlarga ularni o‘zaro muvofiqlashtirilgan holda qo‘llash majburiyatini yuklaydigan ramka (asosiy) qonunni — albatta kodeks bo‘lishi shart emas — qabul qilish;
— Qozog‘iston kodeksida amalga oshirilganiga o‘xshash tarzda, ma’lumotlar, dasturiy ta’minot va raqamli yozuvlarning fuqarolik huquqlari obyekti sifatidagi maqomini to‘g‘ridan-to‘g‘ri qonunchilikda mustahkamlash;
— «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunda sun’iy intellekt uchun belgilangan — sof avtomatlashtirilgan (algoritmik) qarorlarga yo‘l qo‘yilmasligi prinsipini ushbu qarorlar ustidan shikoyat qilish mexanizmini nazarda tutgan holda, avtomatlashtirilgan tizimlarning yanada kengroq doirasiga tatbiq etish;
— raqamli sohaning turli yo‘nalishlari uchun mas’ul bo‘lgan idoralar — Raqamli texnologiyalar vazirligi, Davlat xavfsizlik xizmati, Shaxsga doir ma’lumotlarni himoya qilish agentligi o‘rtasida ularning hujjatlaridagi tushuncha va yondashuvlar bir-biridan farq qilmasligi uchun idoralararo koordinatsiyani (hamkorlikni) yo‘lga qo‘yish.
O‘zbekistonda raqamli huquq yagona reja bo‘yicha emas, balki yangi xatarlar va texnologiyalarning paydo bo‘lishi barobarida rivojlandi — bugun biz guvohi bo‘layotgan tafovutlar ham shundan kelib chiqqan. Ushbu bo‘shliqlarni to‘ldirish uchun albatta bitta katta kodeks shart emas. Biroq ularni shundayligicha qoldirish — odamlarning huquqlari va mablag‘lariga daxldor masalalarda raqamli huquqlarni qonunlar o‘rniga yana farmon va qarorlar orqali hal qilishda davom etishni anglatadi.

“Uzbekistan Digital Rights Media Initiative” (UDRMI) loyihasi Yevropa Ittifoqi (YI) moliyaviy ko‘magida Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (MJDC) tomonidan Legal Policy Research Centre (LPRC) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.