Янгиликлар

Gif-izoh uchun 15 million

Telegram-kanallardagi izohlarga kim javobgar? Quyidagi holatda izoh qoldirgan foydalanuvchi javobgarlikka tortildi.
Xorazmlik tadbirkor ayol o'z mahsulotlarini ilgari surish uchun Telegram-kanal ochdi. Kanal egasi izoh qoldirgan foydalanuvchiga odobsiz kontentni o'chirishni talab qilib qo'ng'iroq qildi. Erkak unga qo'pol javob berdi, xolos.
Tadbirkor ayol da'vo arizasi bilan ichki ishlar organlariga murojaat qildi va sudda erkak o'z aybini tab oldi.
O'sha oqshom u kishi do'stlari bilan bir tadbirda bo'lgani va adashib pornografik "gif"kalarni yuborganini aytdi. Sud uni Ma'muroy javobgarlik to'g'risidagi Kodeksning "Pornografik mahsulotlarni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish qilish" moddasi bilan aybdor deb topdi.
189-modda. Pornografik mahsulotni tayyorlash, olib kirish, tarqatish, reklama qilish, namoyish etish
Pornografik mahsulotni tarqatish, reklama qilish, namoyish etish maqsadida tayyorlash yoki O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, pornografik mahsulotni reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, shu jumladan ommaviy axborot vositalarida, telekommunikatsiya tarmoqlarida yoki Internet jahon axborot tarmog‘ida reklama qilish, namoyish etish, tarqatish, —
pornografik mahsulotni, shu jumladan uni tayyorlash, tarqatish, reklama qilish va namoyish etish vositalarini musodara qilib, fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan to‘rt yuz baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — yuz baravaridan to‘rt yuz ellik baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Aybdorga nisbatan 15 mln so'm miqdorida jarima belgilandi, shuningdek, izoh qoldirilgan RedMi Note 10S rusumli telefon olib qo'yildi.
Manba: Repost.uz