Янгиликлар

Noqonuniy reklama

6 iyun kuni 2022 yil sentyabr oyida kuchga kiradigan "Reklama to'g'risida"gi yangi qonun imzolandi. Yangi nashrda eski moddalar sezilarli darajada o'zgartirilgan va to'ldirilganidan tashqari, yangilari ham paydo bo'ldi.


Masalan, Davlat organlarining reklama sohasidagi  vazifalarini aniq taqsimlagan "2-bob. Reklamaning aylanishi sohasini tartibga solish".

8-modda. Vakolatli davlat organining reklama aylanishi sohasidagi vakolatlari
Monopoliyaga qarshi vakolatli davlat organi huzuridagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligi reklama aylanmasi sohasidagi vakolatli davlat organi  hisoblanadi:
● reklama faoliyati subyektlari tomonidan reklama to'g'risidagi qonun hujjatlari talablarini buzish holatlarini aniqlaydi va ularni bartaraf etish choralarini ko'radi;
● zarurat tug'ilganda, reklama to'g'risidagi qonun hujjatlari talablarini buzish holatlarini aniqlash uchun xulosalar va tushuntirishlar olish uchun ekspertlarni va mutaxassislarni jalb qiladi;
● qonun hujjatlarida belgilangan tartibda reklama faoliyati subyektlariga nisbatan moliyaviy sanktsiyalarni qo'llash to'g'risida qaror qabul qiladi;

Shunga ko'ra, agar eski nashrda reklamani kim va qanday monitoring qilishi aniq ko'rsatilmagan bo'lsa, endi bu Vakolatli davlat organi - O'zbekiston Respublikasi monopoliyaga qarshi qo'mitasi huzuridagi iste'molchilar huquqlarini himoya qilish agentligining burchidir.

Tarmoqdagi ba'zi reklama nashrlari va postlari misolida biz boshqa yangiliklarni ko'rib chiqamiz.


6-modda. "Reklama tili" ijtimoiy tarmoqlarda shov-shuvli munozaralarni va hatto foydalanuvchilarga nisbatan xeytingni keltirib chiqardi.



Endi O'zbekiston Respublikasi hududida reklama O'zbekiston Respublikasining davlat tilida tarqatiladi;
tashqi reklama orqali joylashtirilgan boshqa tillardagi reklama tarjimasi matni gorizontal ravishda O'zbekiston Respublikasi davlat tilidagi reklama matnining pastki qismiga joylashtirilishi va umumiy reklama maydonining qirq foizidan oshmasligi kerak;
boshqa tillardagi reklama tarjimasi matnining shrift hajmi O'zbekiston Respublikasi davlat tilidagi reklama matnining shrift hajmidan kichik bo'lishi kerak;
Bu yerda tashqi reklama misolida huquqiy muammolar paydo bo'ladi va yangi qonunga muvofiq sanktsiyalar qo'llanilishi mumkin.

Источник изображения


41-modda. Pirotexnika vositalari, qurol va uning o‘q-dorilari, harbiy maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar reklamasi.

Pirotexnika vositalari, unga tegishli barcha turdagi qurollar va jangovar qo'shimcha qismlar, ularning to'liq qismlari, portlovchi moddalar va moslamalar, jihozlar, harbiy maqsadlar uchun mo'ljallangan mahsulotlar, saqlash va foydalanishga ruxsat berilgan ov va sport qurollari bundan mustasno.
Ov va sport qurollarini reklama qilish faqat ixtisoslashtirilgan nashrlarda, shuningdek to'g'ridan-to'g'ri bunday qurollarni sotadigan savdo tashkilotlari binolarida yoki tegishli ko'rgazmalarda (tadbirlarda) amalga oshiriladi.
Ov va sport qurollari reklamasi qaratilgan bo'lmasligi kerak: voyaga etmaganlarga;


Shunday qilib, Youtubedagi bunday video qonunni buzish hisoblanadi.


37-modda. Energetik ichimliklar reklamasi


Energetik ichimliklar reklamasida sportda muvaffaqiyat qozongan insonlarning tasvirlari bo'lmasligi kerak;
energetik ichimliklarini iste'mol qilish ijtimoiy va sport sohalarida muvaffaqiyatiga erishishda yoki reklama foydalanuvchilarining jismoniy va ruhiy holatini yaxshilashda muhim ahamiyatga ega, degan tasavvurni hosil qilmasligi kerak.
Va endi bunday reklama yondashuvidan foydalanish mumkin emas.


46-modda. Lotereyalar, qimor o‘yinlari va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar reklamasi.


Qimor va xavf-xatarga asoslangan boshqa  o'yinlarni, shu jumladan telekommunikatsiya tarmoqlaridan, shuningdek, Internet butun jahon axborot tarmog'idan foydalangan holda tashkil etilgan o'yinlarni reklama qilishga yo'l qo'yilmaydi.
Hozirgi paytda tarmoqda bunday reklamalar juda ko'p. Va sentyabrdan boshlab, u noqonuniy bo'ladi.





Insonlarni yo'ldan ozdiruvchi bunday ishonchsiz reklama  Toshkent uchun odatiy holdir. Hamma joyda o'quv markazlarining reklamalari bo'lib, ham Internet reklamalarida, ham tashqi reklamalarda uchraydi. Ko'proq talabalarni jalb qilish uchun insonlarni aldab, olinadigan bilimlardan kutuvlarni oshirib yuborishadi. Buyuk Britaniyada ushbu muammoni reklama to'g'risidagi qonunda aniq belgilangan moddalar orqali hal qilindi. Ushbu moddadan ba'zi badlarni keltiramiz:
● O'quv kurslari haqidagi reklama xabarlarida yolg'on va'dalar bo'lmasligi yoki ushbu kurslarni tugatgan shaxslarning ish istiqbollari yoki ish haqi darajasini oshirib korsatishlar bo'lmasligi kerak;
● Ro'yxatdan o'tmagan diplom yoki sertifikatlarni taklif qilmaslik yoki ro'yxatdan o'tganlarning qadr-qiymatini oshirib yubormaslik kerak;

Yangi qonunning "16-modda. Reklamaga doir asosiy talablar"ining talqini ba'zi savollarni tug'diradi.

Reklamada taqiqlangan: milliy va oilaviy an'analarga, shuningdek, umumqabul qilingan axloq-odob me'yorlariga  zid bolgan shakllar, iboralar va tasvirlardan foydalanish.


Qonunda urf-odatlar va umume'tirof etilgan axloq-odob meyorlariga zid keladigan aniq mezonlar berilmagan. Men ushbu modda ostida jinsiy obyektivlashtirishning reklamasi tushadi, va yangi qonunning mazkur moddasi suiiste'mol qilish uchun sabab bo'lmaydi, degan umiddaman.

Источник изображения

Jinsiyl obyektivlashtirish - boshqa insonga shaxsni yoki his-tuyg'ularni boshdan kechirish qobiliyatini hisobga olmasdan faqat jinsiy qoniqish uchun vosita (obyekt) sifatida munosabatda bo'lish. Shaxsni obyektivlashtirish -  shaxsning har qandaydir maqsadda foydalanish uchun tovar yoki obyekt sifatida qabul qilinishi.

Tashqi reklama va Internetdagi reklama tahlili shuni ko'rsatdiki, ko'plab videolar va postlar yangi qonun talablariga javob bermaydi. Natijada, savollar tug'iladi va sanktsiyalar ehtimoli bor. Bundan buyon reklama ishlab chiqaruvchilari ko'proq e'tiborliroq bo'lishlari kerak...