2023-yil 31-oktyabrda Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksga jinsiy belgi bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilishga yo‘l qo‘ymaslik haqidagi moddalar kiritilgan edi. Bir yil o‘tdi, natijalar qanday bo‘ldi? O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Jamoatchilik bilan aloqalar markazi rahbari rasmiy Telegram-kanalda bu haqda raqamlarni keltirib o‘tmoqda.
189-2-modda bo‘yicha beshta ish yuzasidan 7 nafar shaxs ma’muriy javobgarlikka tortildi va ularning barchasiga ma’muriy jarimalar solindi.
189-2-modda. Jins belgisi bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilish
Jins belgisi bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilish, shu jumladan, ayollar va erkaklar teng huquqliligini ommaviy ravishda inkor etish, shunday mazmundagi qarashlar, g‘oyalar yoki chaqiriqlarni tarqatish, shuningdek, bunday xatti-harakatlarni ommaviy tarzda oqlash va (yoki) rag‘batlantirish - bazaviy hisoblash miqdorining o‘n baravaridan yigirma baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Beshta ishdan uchtasi media orqali kamsituvchi axborotni tarqatishga taalluqli. “Ne molchi” kanali bu ishning tafsilotlarini ochib berdi.
2023-yil 11-noyabr kuni erkak Telegramda o‘quv markaziga o‘qituvchini izlayotgani haqida e’lon joylashtirib, talabgor 20 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lishi kerakligini, lekin ayol bo‘lsa, hijobda bo‘lishi shartligini yozgan. 11-dekabr kuni sud erkakni jins belgisi bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilishda aybdor deb topdi va unga 3,3 million so‘m jarima belgiladi.
2024-yil 24-yanvar kuni blogerlar Sh.Otoxonov va R.Abduakimov Instagram orqali zo‘ravonlik, tazyiq, shafqatsizlik va gender kamsitishni targ‘ib qilgani munosabati bilan profilaktika suhbati uchun IIBga taklif qilindi. Biroq, blogerlar IIB xodimlariga qarshilik ko‘rsatdilar. Sud ularni bir qator huquqbuzarliklarda aybdor deb topdi (MJtK 189-1-, 189-2-, 194- va 195-moddalari) va har biriga 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosini tayinladi.
2024-yil 21-aprel kuni Yangibozor avtovokzalida yo‘lovchilar tashiyotgan Damas haydovchisi ayollar orqa o‘rindiqlarda o‘tirishi kerakligini aytib, yo‘lovchining oldinda o‘tirishiga ruxsat bermagan. 1-may kuni sud uni jinsi bo‘yicha kamsitishni targ‘ib qilishda aybdor deb topdi va unga 5,1 million so‘m jarima belgiladi.
14 kishi 47-8-modda bilan ma’muriy javobgarlikka tortilgan, shundan 13 kishiga ma’muriy jarima, 1 kishiga ozodlikdan ma’muriy mahrum qilish jazosi tayinlangan.

47- 8-modda. Ikki yoki undan ortiq xotin bilan birga yashash targ‘iboti
Ikki yoki undan ortiq xotin bilan birga yashashni targ‘ib qilish, bunday mazmundagi qarashlar, g‘oyalar yoki da’vatlarni tarqatish, shuningdek bunday harakatlarni rag‘batlantirish, - bazaviy hisoblash miqdorining o‘n besh baravaridan o‘ttiz baravarigacha miqdorda jarima solishga yoki o‘n besh sutkagacha muddatga ma’muriy qamoqqa olishga sabab bo‘ladi.
Agar Sizda huquqlaringizni himoya qilish bilan bog‘liq savollar bo‘lsa yoki professional yordam kerak bo‘lsa, bepul huquqiy maslahat olish uchun mediahuquqshunoslarga murojaat qiling. Legalclinic.uz huquqshunoslari vaziyatingizning huquqiy jihatlarini aniqlashga va mos yechimlarni taklif qilishga yordam berishga tayyor. Maxfiylik kafolatlanadi, savolni anonim tarzda berish mumkin. Malakali yordam olish uchun bizga bugun murojaat qiling!