Янгиликлар

Ijtimoiy tarmoqlarda balog'at yoshiga yetmaganlar bilan bog'liq muammolarni qanday qilib huquqiy to'gri yoritish haqida voqea

Toshkent shahri Yunusobod tumanida joylashgan karlik, yomon eshitish, ich qotishi va autizm tashhisli bolalar uchun ixtisoslashgan 442-sonli bolalar bog'сhasida dahshatli voqea sodir bo'ldi.


Aloxida ehtiyojli bolalar uchun bolalar bog'chasida tarbiyachi bolani kaltaklagan va og'zini skotch bilan yopishtirib qo'ygan. Ota-onalar avvalroq ham ushbu tarbiyachi bolalarga zo'ravonlik qiladi, degan shubhada bo'lishgan, chunki farzandlari uyga tanasida kelib chiqishi tushunarsiz ko'karishlar bilan kelishgan. Biroq, bu holatlarni qayd etishning va isbotlashning hech imkoni bo'lmagan.

Bir kuni, bog'dan qaytgach, Galiya Yafarovaning qizi, jajji Lyaysan bo'lgan voqea haqida ota-onasiga so'zlab berdi va ona, vasiylik kengashi raisi, faol va bloger, zo'ravonlikka uning farzandi uchramagan bo'lsa-da, surishtiruv olib bora boshladi.
Videokuzatuv yozuvlarini ko'rishga erishish uchun ko'p kuch va vaqt sarflandi. Bog' ma'muriyatiga shikoyatlar natija bermadi. Buning ustiga Lyaysanning. onasini haqorat qila boshlasdi va qo'rqitishdi. Maktabgacha ta'lim vazirligiga murojaat faqat tarbiyachining ishdan ozod qilinishiga olib keldi. Ammo ma'muriyat bu axborotning jamoatchilukka keng yoyilmasligi va jinoiy ishning ochilmasligi uchun qo'llaridan keladigan barcha choralarni ko'rdilar.

Galiyaning o'zida bor audio- va videomateriallarni keng jamoatchilikka e'lon qilishning qonuniyligiga shubhasi bor edi. Jabrlanuvchining onasiga bosim o'tkazilgan, deb o'ylashimizga asosimiz bor, chunki u zo'ravonlik qilingani qayd etilgan materiallarni e'lon qilishni ta'qiqladi.

Galiya Jurnalistlar va blogerlarni huquqiy qo'llab-quvvatlash klinikasining huquqshunoslariga murojaat qildi. Unga ijtimoiy tarmoqlarda nimani va qanday tarzda yoritish mumkin yoki mumkin emasligi haqida maslahat berildi. Natijada, Galiya Facebook ijtimoiy tarmog'ida post e'lon qildi. Unda bo'lgan voqeani so'zlab berdi va bolalarning shaxsini aniqlab bo'lmaydigan holda videoni joylashtirdi.

Moderatorlari avval axborotni joylashtirishdan bosh tortgan guruhlar ham postni qayta nashr etishdi. Postnung ostida fikrlar yetakchilari va O'zbekiston mashhur onlayn-nashrlari, mas'ul shaxslar belgilangan ko'plab izohlar paydo bo'ldi. Ishni shaxsiy nazoratiga olgan Yunusobod tumani deputati izohlar yozib qoldirdi. Shunday qilib, axborotning yashirilmasligiga, vaziyatning esa, bosdi-bosdi qilib yuborilmasligiga umidimiz bor.

Klinikaning huquqshunosi Galiya Yafarova bilan aloqada va vaziyatni kuzatmoqda, unga huquqiy savodli maqolalarni tayyorlashga ko'maklashmoqda.