Jurnalistik faoliyatingiz haqida aytib bersangiz.
OAVda 1999 yildan beri faoliyat yuritaman. Teleradioeshittirishda diktor, Farg’ona viloyat teleradiokompaniyasida muharrir, OOO “FRGANA MEDIA” reklama agentligi direktori, “MARG’ILON TV” reklama prodyusseri, reklama agentligi direktori, «ТОЧКА ЗРЕНИЯ» ijtomoiy-siyosiy, iqtisodiy gazetasining bosh muharriri bo’lganman. Ayni damda – nuqtainazar.uz ijtimoiy-huquqiy axboriy saytida bosh muharrir bo’lib ishmayman. Nashrimizning Facebookda rasmiy sahifasi va Telegram kanali bor. Nashr katta auditoriyani qamrab oladi.
Qanday mavzularni ko’proq yoritasiz?
Mediasavodxonlikni rivojlantirish, maishiy zo’ravonlikka barham berish, mehnt migrantlari huquqiy ongini o’stirish, iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan audiovizual loyihalarni amalga oshiramiz. Biz juda keng ko’lamli mavzularni yoritamiz.
Jurnalistlik faoliyatingizda qanday qiyinchiliklarga duch kelasiz?
Bosma nashrlarimizga obuna kampaniyasini tashkil etish, gazeta qog’ozini sotib olish, davlat idoralari axborot-xizmatlari bilan qoniqarsiz munosabaltlar (qator matbuot kotiblarining nokompetentligini namoyon qilishi).
Jurnalistlik faoliyatingizda qachondir huquq, qonun masalalari bilan duch kelganmisiz?
Ha, albatta! Maqolalarimiz chiqqanidan so’ng tahririyatimizni bir necha bor sudga bermoqchi bo’lishgan.
Sud jarayoni nima bilan yakun topdi
Biz yutdik
Media sohasidagi hamkasblaringiz qonunchilik, huquq organlariga murojaat qilish orqali muammolarini hal qilishganmi?
Hal etishmagan, aksincha. “Vodiy 24” axboriy sayti bosh muharriri Abdulatif unga qarshi qalbakilashtirilgan ish bo’yicha bir necha oy qamoq jazosini o’tadi.
Axborotdan foydalanish sohasida qachondir muammolar bo’lganmi?
Ha, bo’lgan! Tahririyatimiz qora ro’yxatida Viloyat DAI matbuot-xizmati va Toshkent axborot texnologiyalari universitetining Farg’ona filiali ham bor. Biz ular bilan ishlamaymiz.
Fikringizcha, O’zbekiston jurnalistlari huquq sohasida qanday muammolarga duch keladi?
Aksariyat jurnalistlar Media-huquq sohasida yetarli kompetentsiyalarga ega emas. Hamma ham internetdan foydalana olmaydi. Aksariyat jurnalistlarning huquqiy savodxonligi juda past darajada. Shu sababli ham ular qaltis mavzularni ko’tarishdan cho’chishadi.
Bu sohada bilimlaringizni qay tariqa sayqallaysiz?
https://legalclinic.uz/ ni kuzatib boraman. O’z ustimda ishlayman.
Agar faoliyatingizda huquqiy masalalar yuzaga kelgan vaqtlarda, ularni qanday hal qilasiz?
Tahriryatimiz shtatida yuridik sohada mukammal bilimga ega kishi bor, u avval O’zbekiston Respublikasi Soliq qo’mitasida ishlagan va audit bilan shug’ullangan.