Bugungi kunda "xorijiy agent" maqomi haqida ko'plab savollar yuzaga kelyapti. Bu qanday maqom ekani va u qaysi mamlakatlar qonunchiligida aks etganiga oydinlik kiritamiz.
Xorijiy agent - bu xorijiy davlat manfaatlarini ko'zlab, bevosita yoki bilvosita siyosiy yoki moliyaviy faoliyat yurituvchi jismoniy yoki yuridik shaxs. Ko'plab davlatlar qonunchiligi xorijiy agentlar - OAV, nodavlat-notijorat tashkilotlari (NNT) va jismoniy shaxslar faoliyatiga cheklov qo'yadi.
Rossiya qonunchiligida bu maqom 2012 yilda, "Notijorat tashkilotlari to'g'risida" gi Federal qonun qabul qilingach paydo bo'ldi. Ushbu qonunga muvofiq, "xorijiy agent" maqomi rossiyalik notijorat tashkilotlariga (NT) berildi.
Deutche Welle ma'lumotlariga ko'ra, NT deb tan olingan 200 ta tashkilotdan 2013 yildan 2021 yil fevraligacha 43 tasi "xorijiy agent" vazifasini bajarmagan, 56 tasi o'z faoliyatini tugatgan, 16 tasi sud qatori bilan tugatilgan, 8 tasi Yuridik shaxslar Yagona davlat reyestridan o'chirilgan va 74 tasi reyestrda saqlanib qolgan.
2017 yil 25 noyabrida AQSh Adliya vazirligining Russia Today va Sputnik ni "xorijiy agent" sigatida ro'yhatdan o'tkazish talabiga javoban OAV uchun "xorijiy agent" tushunchasini joriy etuvchi 327-sonli Federal Qonun qabul qilindi.
2021 yil aprel oyi boshi holatiga ko'ra, xorijiy agentlar reyestriga asosan RSY/RS (Radio "Ozodlik", Realiya turli portallari) loyihalariga tegishli 17 ta OAV, shuningdek, Amerika ovozi kiritilgan edi. 2021 yil noyabrda esa reyestrda 97 ta OAV, jumladan, 62 tasi jismoniy shaxs — Rossiya fuqarolari edi. 2022 yil fevraliga kelib ularning soni 115 taga yetdi.
2018 yil yanvarida Duma hisobsiz kishilar doirasiga ma'lumot tatqatuvchi va xorijiy moliyalashtirish bilan ishlovchi josmoniy shaxsga "xorijiy agent" maqomini berish to'g'risidagi o'zgartirishlarni birinchi o'qishda qabul qildi. Ikkinchi o'qishdagi qo'shimchalar ushbu maqomga "xorijiy agentlar" - OAV materiallari va xabarlarini tarqatuvchi yoki shunday materiallarni tayyorlashda ishtirok etib, xorijdan moliyapashtiriladiganlarni ham kiritishni nazarda tutdi.
Shu tariqa jismoniy shaxslar "xorijiy agent" sifatida tan olinadiganlar, masalan, shunday maqom berilgan OAVda faoliyat yurituvchi jurnalistlar bo'lishi mumkin. Ushbu ro'yhatga kiradigan kishilarni Tashqi ishlar va Adliya vazirliklari aniqlaydi. Qonun loyihasi matnidan kelib chiqib, jismoniy shaxs nafaqat "xorijiy agent", balki "xorijiy agent vazifasini bajaruvchi ommaviy axborot vositasi" deb tan olinishi mumkin. Bir oy ichida jismoniy shaxs rossiyalik yuridik shaxs ta'sis etishi va hukumatni bu haqda xabardor qilishi kerak.
Risk zonasiga "xorijiy agent" OAVlarda ishlagan jurnalistlar, xorijdan moliyalashtiriladigan kompaniyalarda faoliyat yuritgan fuqarolar, yoki xorijiy grantlarni qo'lga kiritgan olimlar kirdi. 2019 yil 2 dekabrdan kiritilgan o'zgartirishlar kuchga kirdi.
2020 yil 28 dekabr kuni Rossiya Adliya vazirligi "xorijiy agent" deb tan olingan OAVlarning birinchi ro'yhatini e'lon qildi, ular orasida - huquqshunos Lev Aleksandrovich Ponomarev. 2021 yil holatiga ko'ra, ushbu reyestrda 62 nafar jismoniy shaxs bor edi. Mazkur ro'yhatdan farqli o'laroq, jismoniy shaxs bo'lmish "xorijiy agentlar" ro'yhati 2021 yilda bo'sh edi.
2022 yil martida Adliya vazirligi "xorijiy agent" OAV reyestriga 7 nafar jismoniy shaxs, jumladan, blogerlar Yevgeniy Ponasenkov va Yekizaveta Osetinskayani kiritdi.
AQShda xorijiy agent, shuningdek, xorijiy vakil deb nomlanadi yoki bir davlat fuqarosi bo'la turib, boshqa davlat manfaatlari nuqtayi nazaridan ish tutadi va odatda, diplomatik immunitetga ega bo'lmaydi. AQShda xorijiy agentlar faoliyatini tartibga soluvchi bir necha, jumladan, 1938 yilda natsistik Germaniya propagandasining oldini olish maqsadida qabul qilingan Xorijiy agentlarni ro'yhatdan o'tkazish bo'yicha Akt (FARA Qonuni) bor.
Qonun Amerika siyosatida xorijiy hukumatlarni namoyon etuvchi xorijiy agentlar, shuningdek, jismoniy va yuridik shaxslar o'z mashg'ulotlari va moliyalashtirish manbalarini oshkor etishlarini talab etadi. (2013 yil holatiga ko'ra) xorijiy agent sifatida "xorijiy tamoyil buyrug'i, iltimosi, boshchiligi yoki nazorati ostida ish yurituvchi" va "xorijiy tamoyil manfaatlaridan kelib chiqib siyosiy faoliyat yurituvchi shaxs (jismoniy yoki yuridik) sanaladi. Qonun maqsadi "bunday shaxslarning harakatlari va so'zlarini hukumat va Amerika xalqi tomonidan baholanishini" osonlashtirishdan iborat. Siyosiy faollik deganda, AQShning federal pozitsiyasi yoki "aholining istalgan qismi" munosabatini AQShning ichki va tashqi siyosati yuzasidan yoki xorijiy hukumat yoki siyosiy partiyaga nisbatan o'zgartirishga qaratilgan faoliyat tushuniladi.
Qonunda "faoliyati ... diniy, akademik, ilmiy yoki badiiy xarakter kasb etayotgan" jamoat tashkilotlari, "faoliyati asosan xorijiy davlat manfaatlariga xizmat qilmagan" tashkilotlar va kamida 80% mulkdorlar Amerika fuqarolari bo'lgan, rahbariyati amerikaliklardan iborat va boshqa xorijiy agentlar nazoratida bo'lmagan OAVlar istisnoligi nazarda tutilgan. Tashkilot istisno turkumiga kirishini isbotlash vazifasi shu tashkilotning o'ziga yuklatiladi.
1939 yildan 1992 yikga qadar qonunni buzganlik yuzasidan 85 ta ish qo'zg'atilgan.
1966 yildagi o'zgartirishlar prokurorga yuklatilgan istisno holatini isbotlash vazifasi shu qadar kuchaytirildiki, u bo'yicha jinoiy javobgarlikni murakkablashtirdi: 1966 yikdan 2011 yilga qadar u bo'yicha bitta ham muvaffaqiyatli sud ishi uchramagan va 3 martagina ayblov xulosasi berilgan. Prezident Karterning Tehronga tashrifi davomida shoh uchun namoyishlarning Eron vakolatxonasi tomonidan moliyalashtirilishi kabi ochiq-oydin faktlar ham jazosiz qoldi.
2012 yilda "Kashmir-Amerika kengashi" nodavlat tashkiloti rahbari Sayyid Gulom Nabi Fay ikki yilga sudlandi, uning tashkiloti, aniqlanishicha, Pokiston idoralararo razvedka tomonidan muntazam moliyalashtirib kelingan. FARA bo'yicha jinoiy ish qo'zg'ash uchun asos qonunni buzganlik va bunday ayblov qo'yilishi uchun yetarlicha sabab borligi sanaladi. 1966 yildan keyin qo'zg'atilgan ishlarda millionlab xorijiy subsidiyalar summalari, 1998 yildagi yagona ishda ham xorijiy maxsus xizmatlar aralashuvi isbotlandi.
2018 yil Avstraliyada Xorijiy ta'sir shaffofligi to'g'risida qonun qabul qilindi (2018 yil 10 dekabridan kuchga kirdi). Unga ko'ra, Avstraliya hududida faoliyat yurituvchi xorijiy agentlar ommaviy reyestrda o'z faoliyatini ochiq-oydin tasvirlab berishi kerak. Bu hukumat hamda fuqarolar mamlakat hududida xorijiy ta'sirning ko'lamini ko'rishi uchun qilindi. Ro'yhatdan o'tmasdan faoliyat yuritish, Ochiqlik dasturi bo'yicha vazifalarning bajarilmasligi va yolg'on axborot taqdim etilishi jarima yoki besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi muqarrar bo'lgan huquqbuzarlik sanaladi. Ayni damda ochiqlik registrida 50 ga yaqin kompaniya va jismoniy shaxs ro'yhatdan o'tgan
2017 yik iyunida Vengriya parlamenti 24 ming yevrogacha bo'lgan moliya manbalari bilan ishlaydigan NT ustidan nazoratni kuchaytiruvchi qonun qabul qildi. Unga ko'ra, "xorijiy investitsiyalarni oluvchi tashkilot" sifatida ro'yhatdan o'tish uchun bu faktni barcha tadbir va maqolalarda ko'rsatish, o'z faoliyati haqida yillik hisobotlarni topshirish talab etiladi. Ushbu talablar bajarilmagan taqdirda tashkilot yopilishi mumkin. Vengriyada xorijdan moliyalashtirilayotgan 152 ta NT ro'yhatdan o'tgan bo'lsa ham, ko'plari qonunni bajarmadi (jami mamlakatda 56 mingdan ortiq NT faoliyat yuritadi).
Isroilda 2016 yik iyulda NTni moliyalashtirish ochiqligi to'g'risida qonun qabul qilindi. Agar tashkilot xorijdan olayotgan moliya manbalari umumiy moliyalashtirishni yarmidan ortig'ini tashkil etsa, u xorijiy homiylarini tegishli hujjatlarda ko'rsatishi kerak. Shuningdek, bu OAV materiallarida ham ko'rsatilishi lozim. Bu qonunni buzganlik uchun 29.2 ming shekel (8.4 ming dollar atrofida) jarima nazarda tutilgan.
2018 yilda Isroilda xorijiy agent maqomida 27 NT ro'yhatdan o'tdi. Qator mamlakatlarda xorijiy agentlar haqida qonun loyihalarini ishlab chiqishga urinishlar bor. Masalan, 2018 yilda Estoniyada bu kabi qonun loyohasi tayyorlanayotgani ma'lum bo'ldi. 2019 yil may oyida Buyuk Britaniya Ichki ishlar vaziri Sadjid Djavid Buyuk Britaniyaga xorijiy davalatlar, jumladan, Rossiya tomondan "adovatli faoliayati" ni kamaytirish maqsadida "xorijiy agentni ro'yhatdan o'tkazish" amaliyotini joriy etish zarurati haqida gapirdi.