Ipakchilikni rivojlantirish qo'mitasi rahbati Kun.uzga nisbatan da'vo arizasini qaytarib oldi
Ipakchilik va qorako'lchilikni rivojlantirish qo'mitasi raisi Bahrom Sharipov Kun.uz nashri (OOO Web Expert) va uning jurnalisti Shokir Sharipovga nisbatan da'vo arizasini qaytarib oldi.
Bloger va huqushunos Xushnudbek Xudoyberdiyev 14 iyulda e'lon qilgan xatiga ko'ra, Sharipov Uchtepa fuqarolik ishlari bo'yicha tumanlararo sudidan ishni ko'rib chiqmaslikni so'radi.
Ishni ko'rib chiqish 20 iyulda rejalashtirilgan edi. O'zbekiston Respublikasi Oliy Sudida "Gazeta.uz" nashriga xabar berishlaricha, sud yig'ilishi bo'lib o'tadi. Unda sud Sharipovning da'voni qaytarish to'g'risidagi ikkinchi murojaatini ko'rib chiqadi.
12 iyun kuni Kun.uz nashri Shokir Sharipovning "Davlat amaldorining "ipakdan to'qilgan yo'li". Soha shaxsiy tomorqaga aylantirilganmi?" nomli jurnalist surishtiruvini e'lon qildi. Materialda aytilishicha, Bahrom Sharipov ayoli va qarindoshlari orqali jun tolalari, ipak va trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan bir necha korxona bilan aloqadorligi ko'rsatiladi.
Materialda Bahrom Sharipov sohani tartibga soluvchi qo'mitani boshqarishi inobatga olinsa, bu yerda manfaatlar to'qnashuvi borligiga ishora qilinadi.
Qo'mita raisi Kun.uzda e'lon qilingan materialdagi ma'lumotlarni asossiz ekanini aytib, ular uning va oila a'zolarining sha'ni va qadr-qimmatiga putur yetkazganini ta'kidladi. U suddan tahririyat va jurnalistdan raddiya berishlarini, omma oldida uzr so'rab, yetkazilgan ma'naviy zarar uchun 1 mlrd so'm miqdorida pul undirishni so'radi.