Янгиликлар

Mehnat qonunchiligi yuzasidan savollar TOP beshtaligi

Biz si uchun Jurnalistlar va blogerlarni yuridik qo'llab-quvvatlash klinikasiga kelib tushgan murojaatlar - mehnat qonunchiligi yuzasidan savollar TOP beshtaligini tayyorladik. Mediayurist Timur Sadinov javob beradi.
Men jurnalist bo'lib ishlayman. Bino ijarachisi bilan muammolar yuzaga kelgani bois, tahririyatimiz shahar markazidan viloyatga ko'chib ketyapti. Men ko'chib ketishdan bosh tortyapman, chunki qaramog'imda ikki nafar voyaga yetmagan bola bor. Shu holat bilan bog'liq ravishda ishdan bo'shashimga to'g'ri kelsa, qanday huquqlarim bor?
O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 100-moddasiga muvofiq, mehnat shartnomasi alohida asoslarga ko'ra bekor qilinganda o'rtacha oylik ish haqini ishga joylashtirish davrida saqlab qolish kafolatlanadi. Ya'ni mehnat shartnomasi quyidagi asoslar bo'yicha bekor qilingan taqdirda, ish qidirish davrida o'rtacha oylik ish haqining ishdan bo'shatish nafaqasi hisobga olingan holda, biroq ko'pi bilan ikki oyga saqlanib qolishi xodimlar uchun kafolatlanadi:
  • xodim yangi mehnat shartlari asosida ishlashni davom ettirishni rad etganligi;
  • xodim ish beruvchi bilan birga ishlash uchun boshqa joyga ko'chishni rad etganligi;
  • xodim sog'lig'ining holatiga ko'ra tibbiy xulosaga muvofiq sog'lig'ining holatiga bo'yicha o'ziga qarshi ko'rsatma mavjud bo'lmagan boshqa ishga o'tishni rad etganligi yoki ish beruvchida tegishli ish mavjud emasligi;
  • texnologiyaning, ishlab chiqarish va mehnatni tashkil etishning o'zgarishi sababli tashkilot xodimlarining soni yoki shtati o'zgarganligi, ishlar (mahsulot, xizmat) hajmining qisqarganligi;
  • tashkilotning (uning alohida bo'linmasining) o'z ta'sischilari (ishtirokchilari) qaroriga ko'ra tugatilganligi yoxud ta'sis hujjatlari bilan shunga vakolatli bo'lgan yuridik shaxs organining qaroriga ko'ra tugatilganligi;
  • bajarayotgan ishiga malakasi yetarli emasligi oqibatida noloyiq ekanligi;
  • shu ishni ilgari bajarib kelgan xodimning ishga tiklanganligi;
  • sudning tashkilotni tugatish to'g'risidagi qarori qonuniy kuchga kirganligi.
OTM tugatgach, ish topish maqsadida jurnalga suhbatdan o'tdim. Suhbat davomida meni 3 oy sinov muddati bilan ishga olishlarini aytishdi. Bu qonuniymi?
O'zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 84-moddasiga binoan, Mehnat shartnomasi quyidagi maqsadda dastlabki sinov sharti bilan tuzilishi mumkin: xodimning topshirilayotgan ishga layoqatliligini tekshirib ko‘rish; xodim mehnat shartnomasida shartlashilgan ishni davom ettirishning maqsadga muvofiqligi haqida bir qarorga kelishi. Dastlabki sinovni o‘tash haqida mehnat shartnomasida shartlashilgan bo‘lishi lozim. Bunday shartlashuv bo‘lmagan taqdirda xodim dastlabki sinovsiz ishga qabul qilingan deb hisoblanadi. Homilador ayollar, uch yoshga to‘lmagan bolasi bor ayollar, korxona uchun belgilangan minimal ish joylari hisobidan ishga yuborilgan shaxslar, o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalarining hamda oliy o‘quv yurtlarining tegishli ta’lim muassasasini tamomlagan kundan e’tiboran uch yil ichida birinchi bor ishga kirayotgan bitiruvchilari ishga qabul qilinganda, shuningdek xodimlar bilan olti oygacha muddatga mehnat shartnomasi tuzilib, ishga qabul qilinganda dastlabki sinov belgilanmaydi.
Ish beruvchi meni mehnat ta’tilida bo’lgan vaqtimda ishdan bo’shatishi mumkinmi?
Mehnat Kodeksining 213-moddasiga muvofiq, mehnat ta’tili davomida xodim lavozimi saqlanib qoladi va ish beruvchi tashabbusi bilan mehnat shartnomasi bekor qilinishiga yo’l qo’yilmaydi.

ish beruvchi bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asosida mehnat faoliyatini amalga oshirayotgan xodimlar uchun taʼtillarning quyidagi turlari nazarda tutilgan:

  • har yilgi mehnat taʼtili;
  • ijtimoiy taʼtillar;
  • ish haqi qisman saqlanadigan taʼtil;
  • ish haqi saqlanmaydigan taʼtil.
Men avval jurnalist bo’lib ishlaganman. Jurnal tahririyatig ishga kirish masalasida murojaat qilgan edim, ammo rad javobini oldim. Tahririyat direktori bunday qilishga haqlimi?
Xodimni ishga olish masalasida qaror qabul qilishda ish beruvchi yoki uning vakili mustaqildir. Agar tahririyat rahbariyati ularda ishlash uchun sizning tajribangiz yoki malakangiz yetarli emas, degan xulosaga kelsalar, u holda sizni ishga olishda rad javobi berishlari mumkin.
Men internet-gazetada jurnalist bo’lib ishlayman. Faoliyat boshlaganimga 7 oy bo’ldi. Hozir mehnat ta’tiliga chiqa olamanmi yoki ish boshlaganimga bir yil bo’lishini kutish kerakmi?
O’zbekiston Respublikasining mehnat qonunchiligiga muvofiq, xodimga birinchi ish yili uchun mehnat ta’tili, ish boshlaganidan olti oydan boshlab beriladi. Mehnat yili ishga qabul shartnomasida ko’rsatilgan sanadan boshlab hisoblanadi.