Янгиликлар

Miraziz Bazarovning advokati ariza bilan chiqdi

Miraziz Bozorovning advokati blogerni qo'lga olishda kuch ishlatgan Toshkent shahar IIBB xodimlari hatti-harakatlari yuzasidan shikoyat arizasini berdi. Hujjat nusxasi Repost.uz tahririyatida bor.

Huquq-tartibot organlari xodimlari Bozorovga hujjatlarini ko'rsatishmadi, Matiz rusumli avtomobilning davlat raqamlari yo'q edi. Shu sababli, bloger bu kishilarni uni 2021 yilda kaltaklaganlar, deb o'yladi.

Uni "olib qochayotganlar" IIBB xodimlari ekanini bilgach, Bozorov qarshilik ko'rsatishni to'xtatgan va ular bilan ketgan.

Arizada Miraziz Bozorovni IIBB binosida sakkiz soat davomida ushlab turganlari ko'rsatilgan. Blogerga onasi, advokati bilan bog'lanishga ruhsat berishmagan, "noqonuniy olib qochish va ushlash uchun yozma asoslarni" taqdim etishdan bosh tortishgan.

Shuningdek, Bazarovni Voilà Mahalla Media sahifalarini o'chirishga undashgan.

IIBB xodimlarining fikricha, bloger raqamli mediada kontent yaratishga aloqador, chunki uning nomidan boah muharrir sifatida Adliya vazirligiga OAVni ro'yxatdan o'tkazish to'g'risida ariza kelib tushgan. Idorada bunday ariza berish ozodlikdan cheklash tartibining buzilishi sifatida baholangan va bu holat tezkorlik bilan bartaraf etildi.

Hozirda Voilà Mahalla Internet-sahifasi o'chirilgan.
Manba: Repost.uz