Янгиликлар

Kiberjinoyatchilik

Kiberjinoyatchilik — bu kompyuter, kompyuter tarmog'i yoki tarmoq vosita orqali amalga oshiriladigan jinoyatchilik faoliyati.

Kiberjinoyatchilik turlari:

- Elektron pochta bilan firibgarlik
- Shaxsga doir ma'lumotlar bilan bog'liq firibgarlik
- Moliyaviy ma'lumotlar yoki bank kartalari ma'lumotlarini o'g'irlash
- Korporativ ma'lumotlarni o'g'irlash va sotish
- Kibershantaj
- Kiberjosuslik
- Kriptodjeking - egalarining xabarisiz birovlarning resurslaridan foydalanish bilan kriptovalyutani pullash

Fishing

Foydalanuvchilarning konfidentsial ma'lumotlari - login va parollarni qo'lga kiritishni maqsad qiluvchi Internet-firibgarlik turi.

1. "Rasmiy" elektron xabarlar
Pochtaga siz xizmatlaridan foydalanayotgan yirik kompaniya (Apple, Google)dan xabar keladi. Unda manzillar, loginlar va boshqa ma'lumotlar ko'rsatilgan, biroq xabar matni g'alati. Bizdan login va parolimizni yuborish yoki havola orqali o'tib, akkaunt haqiqiyligini tasdiqlashni so'raydilar. Ushbu shartlarni bajarish bilan ma'lumotlarni uzatamiz.

2. Soxta saytlar
Ko'pincha bunday saytning havolasi rasmiyga o'xshaydi. Sahifa ham odatiy ko'rinadi va shubha uyg'otmaydi. Login va parolni terish uchun maydon - login va parolni huquqbuzarlarga yuborish shakli mavjud.

3. Provokatsion elektron xabarlar
Bu holda firibgarlar bizning his-tuyg'ularimiz bilan o'ynashadi — xabarda biz katta hajmdagi meros sohibi yoki har yilgi tanlov g'olibi bo'lganimiz aytiladi —buning uchun shaxsiy kiritish yoki merosni yoki yutuqni yetkazish xizmatlari uchun to'lov qilishimiz kifoya.

O'zini kiberjinoyatchilikdan qanday himoyalash mumkin?

- DT va operatsion tizimni tez-tez yangilab turing
- Antivirus DTni o'rnating
- Murakkab parollardan foydalaning
- Elektron spam-xabarlardagi ilovalarni ochmang

Ogoh bo'ling!