Янгиликлар

Bloger Miraziz Bozorov o’g’irlab ketildi

Blogerning onasi va guvohlarning gaplariga asoslanib Sarpa xabar berishicha, Toshkent shahrining Yashnobod tumanida noma'lum shaxslar Miraziz Bozorovni o'g'irlab ketishdi, 19-may kuni 17.00 atrofida blogerning uyi oldida uni Matiz rusumli davlat raqamisiz avtomobilga kuch bilan o'tqizib olib ketishdi, aniqlik kiritadi Repost.uz nashri.
Bloger mashinadan otilib chiqdi va "yordam bering", deya baqira boshladi, biroq mashinadan tushgan bir necha nafar erkak unga yetib olib, kuch ishlatib, mashinaga solib olib ketdi. Atrofda 10ga yaqin boshqa guvohlar, jumladan, bolalar bor edi. U yerdagi bir erkak aralashib, ularga qarshilik ko’rsatishga harakat qildi. Voqea joyida blogerning ko'zoynagi va poyafzali qolib ketdi, — deyiladi xabarda.
Miraziz Bozorov shahar Ichki ishlar Bosh boshqarmasida ekani to'g'risida mish-mishlar tarqaldi. Uning qo'lga olinishiga sabab esa uy qamog'i shartlarinig buzilishi bo'lishi mumkin.
Eslatib o'tamiz, 2022-yil 21-yanvarida Mirobod tumani jinoyat ishlari bo'yicha sudida blogerga nisbatan ishning ko'rib chiqilishi yakunlandi. Sud uni Jinoyat kodeksining 139-modda 3-band "g" punkti (tuhmat) bo'yicha aybdor topib, uch yil ozodlikdan cheklash chorasini qo'llagan. Ish maktab o'qituvchilari haqidagi rolikdan keyin qo'zg'atilgan edi.
O'g'irlik bilan bog'liq vaziyatga Ichki ishlar vazirligi matbuot kotibi Shohruh G'iyosov izoh berdi. U o'g'irlangan fuqaro uyida ekanini qisqacha aytib o'tdi.
G'iyosov o'g'irlik to'g'risidagi axborot haqiqatga mos emasligini aytdi.

Bozorov Toshkent shahar IIBBga probatsiya nazorati tartibini buzganligi sababli profilaktik suhbat uchun chaqirilgan, - yozadi IIV matbuot kotibi.

Ayni damda Bozorov belgilangan jazo muddatini o'tashda davom etyapti.
Manba: Repost.uz