Янгиликлар

O‘zbekistonda huquqiy madaniyatni yuksaltirish

O‘zbekistonda huquqiy madaniyatni yuksaltirish dasturi joriy etilmoqda. Hujjat ta’limni rivojlantirish, yoshlarning intellektual salohiyatini oshirish va aholini O‘zbekistondagi huquqiy islohotlar to‘g‘risida xabardor qilishga qaratilgan 95 ta tadbir va tashabbus tasvirlaydi. Dasturning asosiy yo‘nalishlari kasb-hunar va oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun ta’lim jarayoni bilan bog‘liq stipendiyalar, yotoqxonalar, ta’lim kreditlari, akademik ta’tillar va boshqa jihatlarni o‘z ichiga olgan maxsus qo‘llanmani ishlab chiqishni o‘z ichiga oladi.

Maktab o‘quvchilari o‘rtasida huquqiy savodxonlikni oshirish dasturlari, shu jumladan, huquqlar va qonun boyicha tanlovlar joriy etilmoqda.

Aholining huquqiy islohotlar, ijtimoiy (migratsiya, uy-joy va ijtimoiy imtiyozlar olish kabi) masalalrni hal qilish va huquqbuzarliklarning salbiy oqibatlari to‘g‘risida xabardorligini oshirishga qaratilgan radioeshittirishlar va teledasturlarni ishlab chiqish va translyatsiya qilish rejalashtirilgan.

Shuningdek, «Intellektual marafon» tashkil etiladi. «Zakovat» kabi intellektual o‘yinlar, test musobaqalari va «Do‘stimga kitob ulashaman» (do‘stingizga kitob sovg‘a qilish) kabi aksiyalar o‘tkaziladi.
2024-09-06 11:26