Янгиликлар

Ne Molchi: muammolarni ommaga yetkazish kerak

Nemolchi.Uz loyihasi O'zbekistonda gender zo'ravonligiga qarshi. Bu insonlar o'z hikoyalarini juda nozik va shaxsiy mavzuda baham ko'radigan loyihadir. Kanal mualliflari juda murakkab huquqiy maydonda ishlaydilar. Bugun biz kanal muallifi Irina Matviyenko bilan loyiha va uning jurnalistik faoliyati haqida suhbatlashamiz.




Qanday qilib Ne Molchini yaratish g’oyasi tug’ildi? Ne Molchi – blogmi yoki OAVmi?

Men o'z loyihamni 2017 yil iyul oyida ochdim, chunki mamlakatimizda 2016 yilda turli xil islohotlar boshlandi, ammo ayollarga nisbatan zo'ravonlik mavzusi hanuzgacha taqiqda qolardi. Umuman olganda, bu nom ilgariroq tug'ilgan, ya'ni 2017 yil bahorida men "jim turma" deb nomlangan manbani ochish haqida o'ylashni boshladim, keyinchalik ayollarga nisbatan zo'ravonlik holatlari ovoza bo'lgan. Bu deyarli har uch oyda bir marta sodir bo'lgan, odamlar bir-ikki kun muhokama qilishgan va unutishgan. Bu bilan mavzuni yoritish cheklangan. Agar har kuni bunday savollar ko'tariladigan alohida manba bo'lsa, shundagina g'isht qolipidan ko'lchadi, deb qaror qildim. Ya'ni, muammo haqida muntazam va uslubiy jihatdan to'lgri gapirish kerak. Va bu haqiqatan ham ish berdi. Men loyihani 2017 yil 15 iyulda ochdim va olti oy o'tgach, Prezidentimiz ayollarga nisbatan zo'ravonlik haqida gapira boshladi.
"Ne molchi"ning litsenziyasi bor, biz rasmiy ravishda ro'yxatdan o'tgan ommaviy axborot vositasimiz.

Ijtimoiy tarmoqlaringizda siz oilaviy zo'ravonlikka uchragan qizlar, ayollar huquqlari haqida gapirasiz. Sizningcha, gender tengsizligining ildizi nimada?

Ayollarga nisbatan zo'ravonlik umuman mavjud bo'lishining asosiy sabablari - gender ijtimoiylashuv, dunyoning patriarxal asoslari bo'lib, unda albatta hukmron sinf - erkaklar va zulm qilingan sinf - ayollar mavjud. Va bularning barchasi gender normalariga, ijtimoiy normalarga kiritilgan. Va bularning barchasi meyorlashgan deb hisoblanadi va bu faqat ayollarning huquqlarini buzilishiga, oiladagi zo'ravonlikka, jinsiy zo'ravonlikka, seksizmga va boshqalarga olib keladi.

Erkaklar hikoyalar bilan murojaat qilgan holatlar bo'lganmi? Qanday muammolar bilan?

Men bitta hikoyani eslab qoldim, bu biz anonim hikoyalarni to'plashni boshlaganimizda, kelgan edi. Bu qo'shnisi va uning tanishlari tomonidan bir necha bor jinsiy zo'ravonlikka uchragan erkak edi. Erkaklar ham bizga yozadilar, lekin kamroq.

Juda ko'p miqdordagi og'ir hikoyalarni hazm qilish Sizga qiyin emas, qanday eplamoqdasiz?

Ha, bu menga qiyin va nafaqat menga. Biz ruhshunos bilan ishlaymiz, charchoqning oldini olish uchun muntazam ravishda yolg'iz qolib, ma'naviy amaliyotlar bilan shug'ullanamiz. Bundan tashqari, meni tez-tez turli konferentsiyalar, treninglar, seminarlarga taklif qilishadi va tashqariga chiqish va joyni o'zgartirish men uchun chalg'ish usuli . Va, albatta, jamoaga katta minnatdorchilik bildiramiz, chunki ular loyiha savollarining asosiy qismini o'zlariga olmoqdalar. Bu ham yukni kamaytirishga ham imkon beradi.

Bunday muammolarni hal qilish uchun axborotni qayerdan olasiz? Siz Legalklinikka so'rovlar bilan murojaat qilganmisiz? Nima sabab bo'lgan?

Men huquqiy axborotni asosan Lex.uz dan olaman. Shuningdek, men Lgalclinicka bir necha bor savollar bilan murojaat qildim: bir marta bizga rasmiy sharh kerak edi, ikkinchisida - nashr qilish uchun sharh kerak emas edi. Shuningdek, IIV bilan bog'liq vaziyat ham bolgan. Professional huquqshunoslar bizga hujjatlarni - ma'muriy shikoyat matnini, sudga arizani rasmiylashtirishda yordam berishdi . Keyin men sudga bormadim, chunki men hali ham qandaydir kurashga kirishish uchun tayyor emas edim va hissiy kuchlarimni asrashga qaror qildim.

Sizningcha, jurnalistlar va blogerlar bunday klinikaga muhtojmi? Bunday ko'makka haqiqiy ehtiyoj bormi?

Bor. Bir o'z vaqtida xizmatdan foydalandik. Men qonunchilikni, o'z huquqlarimni va boshqalarni ancha yaxshi bilaman, lekin ba'zida hatto menga ham professional huquqshunos maslahati kerak bo'ladi va unga murojaat qilish imkoniyatim bo'lishini xohlayman. Bundan tashqari, bu juda oddiy va tezkor. Va jurnalistlar va blogerlarning hammasi ham yetarli darajada huquqiy savodxonlikka ega emaslar. Ularga bu albatta zarur.

Loyihangiz allaqachon etarlicha katta, Siz yanada o'sishni rejalashtiryapsizmi? Qaysi yo'nalishda? Yaqin kelajakda "Ne molchi"da qanday yangi, qiziqarli va muhim nimalarni ko'ramiz?

O'sish uchun manbalar kerak. Biz har doim o'sish uchun manbalar kerakligiga taqalamaz. Biz har doim moliyalashtirishga taqalamiz. Ko'ngillilar jamoasini boshqarish - bu yana bir challenge, chunki ularga xodimga kabi talablar qo'yib bo'lmaydi, inson bo'sh vaqtini behuda sarflaydi va bu rejalashtirishga cheklovlarni yuklaydi. Ammo biz yurayotgan, o'sayotgan ekanmiz, umid qilamanki, biz yana ham rivojlanamiz.
Noyabr oyida biz 139 ta hujjat markazi bilan ko'rgazma tashkil qilamiz. Ushbu ko'rgazma ayollarga nisbatan jinsiy zo'ravonlik mavzusiga bag'ishlanadi. Hozirda bizda installyatsiyalar, performanslar yaratish bo'yicha qator rassomlar, artistlar ishlamoqda. Fikrimcha, bu qiziqarli va muhim bo'ladi.