Янгиликлар

Buxorodagi kafeda Taftish.uz jurnalisti pichoqlandi

Bosh prokuratura matbuot xizmati ma'lumotiga ko'ra, hodisa 6-fevral kuni Shofirkondagi kafeda ro'y bergan.
Jurnalistning pichoqlanishiga tanishi A.A. bilan yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab bo'lgan - A. A. oshxona pichog'i bilan O'. T. ning qorin qismiga urib, jarohat yetkazgan.
BP qaydicha, holat yuzasidan Shofirkon tuman prokuraturasi tomonidan A. A. ga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 97-modda 1 - qismi (Qasddan odam o'ldirishga suiqasd qilish) bilan jinoyat ishi qo'zg'atilgan hamda 7-fevral kuni unga nisbatan "qamoqqa olish" tarzida ehtiyot chorasi qo'llanilgan.
Xabarnomada jabrlanuvchi jurnalist ayni paytda kasalxonada davolanayotgani, hodisa yuzasidan dastlabki tergov harakatlari davom etayotgani qo'shimcha qilingan.