Янгиликлар

Shaxsiy ma’lumotlaringizni ehtiyot qiling

Onlayn hayot davri bizni ijtimoiy tarmoqlarda nafaqat ko'p vaqt o'tkazishga, balki o'zimiz haqimizda axborot joylashtirishga majbur qiladi. Postlarni yozish, fotosuratlarni yuklash, har qanday ijtimoiy tarmoqdagi ro'yxatdan o'tish shakli sizdan oilangiz, do'stlaringiz, ishingiz va qiziqishlaringiz haqida ma'lumot berishingizni so'raydi. Bu sizning foydalanuvchi profilingizni shakllantirish va reklama maqsadida ushbu ma'lumotlarning katta hajmidan foydalanishning bir usuli.

DATAREPORTAL ma'lumotlariga ko'ra, 2024-yilning boshida O'zbekistonda 29,52 million Internet foydalanuvchisi bo'lgan, shundan 8,70 million ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari aholining deyarli uchdan bir qisminin tashkil etgan. Internetga kirish darajasi 83,3 foizni tashkil etgan.

Onlayn-makonda foydalanuvchining har bir qadami qayd etiladi, tahlil qilinadi. Ijtimoiy tarmoqlar nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun nimani afzal ko'rishimizni, kim bilan do'st ekanligimizni va qanday kontentni baham ko'rishimizni va nimani yoqtirishimizni biladi.

Biz o'zimiz haqimizda ba'zi ma'lumotlarni akkaunt profilini to'ldirish orqali o'zimiz taqdim etamiz, boshqasini mutlaqo ongsiz ravishda – blogerlarga obuna bo'lish, muassasalar tarixini varaqlash yoki qiziqarli bo'limni ko'rib, kontentga layk bosish orqali ma'lum qilamiz.

Shaxsiy ma'lumotlarni yig'ishning ikkita asosiy usuli mavjud:

· Cookies (so'zma — so'z "pishiriqlar") - sayt foydalanuvchisi haqidagi axborotli ma'lumotlarning kichik parchasi;

· foydalanuvchi xizmatlardan foydalanish uchun to'ldiradigan ro'yxatdan o'tish shakllari, anketalar.

Shunday qilib, yildan-yilga ijtimoiy tarmoq har birimiz haqida juda ko'p ma'lumotlarni to'playdi. Bu maqsadli reklama, marketing va ijtimoiy tadqiqotlar, bank skriningi. Va bu shaxsiy ma'lumotlardan foydalanish usullarining kichik ro'yxati xolos.

Shaxsiy ma'lumotlar xizmatlar va platformalardagi narxlarga ta'sir qiladi. Zamonaviy ijtimoiy tarmoqlar va striming xizmatlari sun'iy aqlga asoslangan. Ular anchadan beri foydalanuvchilarga boshida taklif etgan qiziqarli dam olish doirasidan chiqib ketgan.

Raqamli olamning asosiy xavflaridan biri bu shaxsiy ma'lumotlaringizning tarqab ketishidir. Ongli foydalanuvchi raqamli savodxonlik ko'nikmalariga ega bo'lishi va o'z ma'lumotlarini qanday himoya qilishni bilishi kerak.

Biz va hayotimiz haqidagi barcha ma'lumotlar shaxsiy ma'lumotlar bo'lib, bizni aniqlay oladigan tasvirimiz va fiziologik xususiyatlarimiz biometrik ma'lumotlarga tegishli.

Foydalanuvchi bepul Internet va xizmatlarning evaziga shaxsiy ma'lumotlaridan foydalanishga rozilik beradi. Har safar havolalar bo'yicha o'tganingizda, xabarlarga layk bosganingizda yoki ularni belgilaganingizda, xizmatlar ushbu ma'lumotlarni to'playdi.

O'rnatish paytida mobil ilovalar ma'lumotlarga kirish uchun ruxsat so'raydi, ulardan foydalanishga rozi bo'lganingizda ehtiyot bo'ling.

Shaxsiy ma'lumotlar kimga va nima uchun kerak?

· shaxsiy ma'lumotlar feyk akkauntlar uchun yaxshi manba, umumiy foydalanishdagi fotosuratlar va postlar yordamida akkauntingiz klonini yaratish va noqonuniy maqsadlarda foydalanish oson

· to'lovlaringiz, bank kartalaringiz haqida ma'lumotlani o'g'irlash yoki kiberfiribgarlik uchun

· targetshunoslar va reklama mutaxassoslari targetlangan reklama va marketing aktsiyalari uchun brauzer tomonidan cookie-fayllar orqali uzatiladigan shaxsiy ma'lumotlardan foydalanadilar

Tarmoqdagi shaxsiy ma'lumotlaringizni himoya qilish uchun:

1. O'zingiz haqingizda ma'lumot miqdorini kamaytiring, ro'yxatdan o'tish paytida barcha maydonlarni to'ldirish shart emas, odatda, yosh, elektron pochta va parolning o'zi etarli, hayotingizning har bir daqiqasi haqida yozishingiz va barcha do'stlaringiz, oila a'zolaringizning fotosuratlarini joylashtirishingiz shart emas.

2. Akkauntingizga kirish uchun murakkab parollardan foydalaning va ularni vaqti-vaqti bilan o'zgartirib turing, esdan chiqarmaslik uchun Enpass, 1Password, LastPass kabi ishonchli parollar menejeridan foydalaning.

3. Barcha parollaringizni bulutli xizmatlarda saqlamang, ularni buzish va o'g'irlash oson, ayniqsa Internet-brauzeringiz eslab qoladigan parollarni.

4. Ijtimoiy tarmoqlarda maxfiylik sozlamalarini o'zgartiring, o'zingiz haqingizda boshqa platformalar va xizmatlar bilan bo'lishishni taqiqlashingiz mumkin.

5. Shaxsiy ma'lumotlar, fotosuratlar yoki videolarni boshqa ijtimoiy media foydalanuvchilariga yubormang, ayniqsa ularni shaxsan tanimasangiz.

6. Umumiy Wi-FI nuqtalaridan foydalanganda, login va parollardan foydalanmang, ularni ommaviy tarmoqlardan o'g'irlash oson, shuning uchun VPNni yoqing.

7. Litsenziyalangan antivirus dasturlaridan foydalaning va ularni o'z vaqtida yangilab turing.

8. Onlayn-banking yoki kriptohamyon kabi xizmatlarga kirish uchun ikkitalik auntefikatsiyadan foydalaning.

9. O'zingizga ikkita elektron pochta oching, biri shaxsiy yozishmalar va ma'lumotlar uchun, ikkinchisi ijtimoiy tarmoqlarda foydalanish uchun.

10. Va nihoyat, Internet orqali xaridlarni to'lashda ehtiyot bo'ling, to'lov sahifasida xavfsiz ulanish belgisi bo'lishi kerak. Agar yo'q bo'lsa, bank kartangizdan ma'lumotlarni kiritmang va sotib olishdan bosh torting!

11. Har qanday xizmatlardan foydalanganda, vaqti-vaqti bilan maxfiylik sozlamalarini, shu jumladan, ijtimoiy media akkauntlarini tekshirib turing.

12. Google qidiruv xizmatlari, dackdackgo orqali raqamli izingizni kuzatib boring va dolzarb bo'lmagan ma'lumotlarni olib tashlang yoki yashiring.

Shaxsiy ma'lumotlarni himoya qilish bu foydalanuvchining javobgarligi, asosiy vositalarni bilish esa, ma'lumotlar tarqab ketishining oldini olishga yordam beradi. Akkauntni buzish tartibini bilish uchun xizmatlarning maxfiylik siyosatini diqqat bilan o'qing.

Shaxsiy ma'lumotlarga mas'uliyatli munosabatlar Internet har bir ongli foydalanuvchisining burchidir.

Muallif: mediahuquqshunos Madina Tursunova

26.03.2024