Янгиликлар

Jahongir Ortiqxo‘jayev: Men „OPJ“ deyman —uyushgan jinoiy jurnalistlar…

Sobiq hokim va tadbirkor Jahongir Ortiqxo‘jayev “Lolazor” podkastida ommaviy axborot vositalari va blogerlar haqidagi fikrlarini bildirdi.
Sobiq hokim Jahongir Ortiqxo‘jayev jurnalist va blogerlarni tanqid qilib, ayrimlarini UJJ — “uyushgan jinoiy jurnalistlar” deb atadi. U ulardan “sal pastroqqa tushishni” va o‘zlarini “butun jamoatchilik” deb hisoblamaslikni so‘radi. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular xorijiy OAV bilan raqobatga dosh bera olmaydi.
Mana nutqdan bir nechta iqtiboslar:
“Siz 1 millionlik ovozingiz bilan… hammayoqni „reshat“ qilib tashlayotgandek, faqat jamoatchilik sizlarning orqanglardan ergashayotgandek, siz zo‘rsizlar, hamma sizlarga ergashayotgandek. Gapimni kesib tashlamaysizmi? Tuyuladi sizlarga. Keyin anavi yerda yoshlarga aytasanki — yosh avlod, 30 yashar yigit — Xushnudni taniysanmi? — Qaysi Xushnud? — Bloger-chi? — Tanimayman. Siz mana bu Munisa [Rizayeva]ni (xonanda) taniysizmi, deydi yoki Hamdam Sobirovni taniysizmi, deydi. — Otabek Bakirovni taniysizmi? — Yo‘q, nima qilaman men ularni? „Sen jamoatchilik emasmisan?“, — deyman men. „Men jamoatchilikman, ular bilan nima ishim bor meni?“
“Siz jamiyat emassiz faqat. Jamoatchilik sizlardan iborat emas. Sizlardan ko‘proq bitta likillaganroq qiz [mashhur]. Lekin farqi bu: siz birovni bilmasdan turib „informatsiyasi“ orqali „podpiska“ yig‘yapsiz… U odam [o‘sha qiz] o‘zini yarim yalang‘och ko‘rsatib. Kimning gunohi ko‘proq? Men bilmayman. Misol uchun, „informatsiya“ to‘g‘ri bo‘lishi uchun ikki tomondan nima [fikr — tahr.] olish kerak… Siz jamoat fikrini ma’lum miqdorgacha o‘zgartirishingiz mumkin, lekin bu [butun] O‘zbekiston degani emas. Biroz pastga tushish kerak”
“„Hey, to‘xtanglar, o‘zi gap boshqa yoqda, sizlar eshitinglar“, deyishga ham „uspet“ qilmaydi odam. Birdaniga sizlarda shunaqa narsa bor… „OPG“ bor-ku — „organizovannaya prestupnaya gruppirovka“ [uyushgan jinoiy guruh — tahr.]. Men „OPJ“ deyman — „organizovannыye prestupnыye jurnalistы“ (uyushgan jinoiy jurnalistlar)… 16:47 da bitta narsa chiqadi sizda… Uni „perepechat“ qilish uchun kamida 3,5 minut vaqt kerak, rosa harakat qilganman. 16:47 daqiqaning 37 soniyasida „paqillatib“ hammanglarda chiqadi. Bu tasodifmi? Tushunyapsizmi?”
“Menda texnika bareri bor edi, injener bareri bor edi. Men injener olib keldim, texnika olib keldim. Sizda rostdan ham shoxingiz bo‘lsa, odamingiz bo‘lishi kerak, inglizchaga „perevod“ qilish kerak, Bakirov Company bo‘ladimi, bilmayman. Siz mahsulotingizni eksport qila olmadingiz. Hech kim sizlarni eshitmaydi. Siz Toshkentda, 1,5 million obunachiga ega davradasizlar… Uzr, men ehtiroslarga berilib ketgan bo‘lsam. Sizlar o‘ylaysizlar titratib yuboramiz hamma narsani, deb. Balki qilolarsiz… Lekin siz eksport qila olmadingiz mahsulotingizni. Shuning uchun men aytmoqchimanki, siz sifatsiz kontentsiz chet elliklar uchun”
“Zo‘r TV`ni sizning kontentingiz bilan bog‘lamang. Siz u yerda “gruppa"lardan kichkinasisiz… Zo‘r TV`da 10 million “prosmotr” bor. Zo‘r TV “mejdunarodnыy”, chet el kuzatadi, misol uchun. U mening nomimda ham emas, jiyanim o‘zi yurgazadi, o‘sha vaqtda olgan, “prosto” menga bog‘lashadi u narsani… Agar men shug‘ullanganimda, boshqa kontent bo‘lardi”
Manba: Gazeta.uz