Янгиликлар

Bloger Olimjon Haydarov ishi JIB Farg‘ona viloyati sudining Taftish instantsiyasida ko‘rilmoqda

Bloger Olimjon Haydarov ishi JIB Farg‘ona viloyati sudining Taftish instantsiyasida ko‘rilmoqda. Sud majlisi boshlangan, deb ma'lumot berdi huquq faoli Abdurahmon Tashanov.

Eslatib o‘tamiz, 28 dekabr kuni Farg‘ona viloyati sudi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlov hay'ati apellyatsiya instantsiyasida bloger Olimjon Haydarovning apellyatsiya tartibida bergan shikoyati ko‘rib chiqilgandi.

Unda, Farg‘ona tuman sudining 2023 yil 1 dekabrdagi hukmi o‘zgarishsiz qoldirildi va shikoyat qanoatlantirilmagandi.
Eslatib o‘tamiz, 1 dekabr kuni jinoyat ishlari bo‘yicha Farg‘ona tumani sudida bloger va jamoatchilik faoli Olimjon Haydarovga oid jinoyat ishi bo‘yicha sud hukmi e'lon qilingan edi.


Unga 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanib, jazoni umumiy tartibli koloniyalarda o‘tash belgilangan.

Manba: @jurnalistikauzbek