Янгиликлар

Matbuot erkinligi indeksi. 4 pog'ona pastga tushildi

Har yili 3 may kuni Xalqaro matbuot erkinligi kuni nishonlanadi. U 1993 yil dekabrda BMT Bosh Assambleyasi tomonidan qabul qilingan.
"Chegarasiz reportyorlar" tashkilotining fikricha, Xalqaro matbuot erkinligi indeksining maqsadi 180 ta mamlakat va hududlarda OAV va jurnalistlar faoliyati erkinligini taqqoslashdan iborat. Tashkilot va Indeksni shakllantiruvchi ekspertlar guruhi foydalanadigan matbuot erkinligi tushunchasi quyidagicha:
Matbuot erkinligi deganda, jurnalistlar hamda alohida shaxslar va guruhlarning siyosiy, iqdisodiy, huquqiy va ijtimoiy aralashuvdan qat'iy nazar va qandaydir tajovuzlarsiz va psixik xavfsizlikda yangiliklarni saralash, yaratish va tatqatish imkoniyati tushuniladi.
Yuqoridagi fikr asosida matbuot erkinligi so'rovnomasi va xaritasi beshta alohida ko'rsatkich yoki kategoriyaga ajratilgan (siyosiy kontekst, huquqiy baza, iqtisodiy kontekst, ijtimoiy-madaniy kontekst va xavfsizlik).
Matbuot erkinligi xaritasi indeksda barcha mamlakatlarning bahosini vizual ko'rish imkonini beradi. Ranglar va tasniflar quyidagi ma'nolarni beradi:

85-100 ball yaxshi (yashil)
70-85 ball qoniqarli (sariq)
55-70 ball muammoli (och olovrang)
40-55 ball murakkab (to'q olovrang)
0-40 ball o'ta jiddiy (to'q qizil)
2023 yilda Matbuot erkinligi indeksida 180 mamlakat ichida O'zbekiston 137-o'rinni egalladi. Ma'lumotlar tashkilot saytida joylashtirilgan.
Bir yil ichida mamlakat to'rt pog'ona pastladi, o'tgan yili u 133-o'rinda edi. Ekspertlar siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy ko'rsatkichlar bo'yicha holat yomonlashganini aniqlashdi.
Matbuot erkinligi borasida Norvegiya, Irlandiya va Daniya ildamlik qilmoqda. Shimoliy Koreya Indeksdagi ro'yxatni yakunlayapti.
Boshqa mamlakatlarning Indeksdagi o'rni:

Qirg'iziston - 122-o'rin
Qozog'iston - 134-o'rin
Tojikiston - 153-o'rin
Belarus - 157-o'rin
Rossiya - 164-o'rin.