Yangiliklar

Raqamli iqtisodiyot va mehnat bozori

Raqamli texnologiyalar jahon iqtisodiyotini rivojlantirish hamda mehnat bozorini o‘zgartirishda asosiy omillardan biriga aylanmoqda. Ishlab chiqarish jarayonlarining avtomatlashtirilishi, platformali bandlikning ommalashishi, sun’iy intellektning joriy etilishi va raqamli xizmatlarning taraqqiy etishi bandlik tuzilmasi, xodimlarning malakasiga qo‘yiladigan talablar hamda mehnatni tashkil etish tamoyillarini tubdan o‘zgartirmoqda. Bir vaqtning o‘zida yangi kasb va kompetensiyalar vujudga kelayotgan bo‘lsa, an’anaviy sohalar texnologik o‘zgarishlarga moslashish zarurati bilan to‘qnash kelmoqda.

Jurnalistlar uchun ushbu mavzu nafaqat iqtisodiy yo‘nalishdagi maqola, balki ijtimoiy siyosat masalasi sifatida ham muhim ahamiyat kasb etadi. Bu sohadagi tadqiqotlar qaysi tarmoqlar avtomatlashtirishga ko‘proq moyilligini, sun’iy intellekt mehnat unumdorligi hamda bandlikka qanday ta’sir ko‘rsatayotganini, qaysi ko‘nikmalarga talab ortib borayotganini va iqtisodiyotning raqamli transformatsiyasi sharoitida qanday ijtimoiy-huquqiy muammolar paydo bo‘layotganini baholash imkonini beradi.

Ushbu bo‘limda raqamli texnologiyalar, avtomatlashtirish va sun’iy intellektning mehnat bozori, iqtisodiy o‘sish, inson kapitalini rivojlantirish hamda yangi bandlik modellarini shakllantirishga ta’siriga bag‘ishlangan eng nufuzli xalqaro tadqiqotlar va tahliliy materiallar jamlangan.

Ish o‘rinlarining kelajagi to‘g‘risidagi hisobot - Future of Jobs Report (World Economic Forum)
https://www.weforum.org/publications/the-future-of-jobs-report-2025/?gad_source=1&gad_campaignid=22228224717&gbraid=0AAAAAoVy5F6J4EnevD75VyZaMVFLjpvyT&gclid=Cj0KCQiA8KTNBhD_ARIsAOvp6DIby-RBw6yUKhvTv66PPflgI_I2yT_0pvdmT7uwznT-ZpOdMZtQ5WMaAgH8EALw_wcB
Hisobotni global iqtisodiy va texnologik tendensiyalarni o‘rganuvchi xalqaro tashkilot - Jahon iqtisodiy forumi e’lon qiladi. Tadqiqot texnologiya va avtomatlashtirishning mehnat bozoriga ta’sirini tahlil qiladi.

Mehnat kelajagi — Future of Work (McKinsey Global Institute)
https://www.mckinsey.com/mgi
Tadqiqot McKinsey xalqaro konsalting kompaniyasining tahliliy bo‘limi bo‘lgan McKinsey Global Institute tomonidan chop etilgan. Hisobotlar avtomatlashtirish va raqamli texnologiyalarning iqtisodiyotga ta’siriga bag‘ishlangan.

Raqamli iqtisodiyot istiqbollari - Digital Economy Outlook (OECD)
https://www.oecd.org/digital
Hisobot Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OECD) tomonidan tayyorlangan. Tadqiqotda raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi va davlatlarning raqamli siyosati tahlil qilingan.

Raqamli rivojlanish tadqiqotlari - Digital Development Research (World Bank)
https://www.worldbank.org/en/topic/digitaldevelopment
Hisobotlar Jahon banki tomonidan chop etiladi. Tadqiqotlar raqamli infratuzilma, internetga kirish va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirishga bag‘ishlangan.

Texnologiya va mehnat — Technology and Work (International Labour Organization)
https://www.ilo.org
Materiallarni BMTning ixtisoslashgan agentligi bo‘lgan Xalqaro Mehnat Tashkiloti (XMT) e’lon qiladi. Tadqiqotlar texnologiyalarning bandlik va mehnat sharoitlariga ta’sirini tahlil qiladi.

Mehnat kelajagi — Future of Work Research (Brookings Institution)
https://www.brookings.edu/topic/future-of-work
Tadqiqotlarni AQShning yetakchi tahlil markazlaridan biri bo‘lgan Brookings Institution nashr etadi. Ishlar mehnat bozorini avtomatlashtirish va o‘zgartirishga bag‘ishlangan.

Raqamli iqtisodiyot - Digital Economy Lab (Stanford universiteti)
https://digitaleconomy.stanford.edu
Stenford universiteti qoshidagi Stanford Digital Economy Lab tadqiqot markazi texnologiyalarning iqtisodiyot va innovatsiyalarga ta’sirini o‘rganadi.

Mehnat kelajagi — Work of the Future Initiative (MIT)
https://workofthefuture.mit.edu
Massachusets texnologiya institutining (MIT) tadqiqot tashabbusi texnologiya va avtomatlashtirishning mehnat bozoriga ta’sirini tahlil qiladi.

Raqamli dividendlar - Digital Dividends Report (World Bank)
https://www.worldbank.org/en/publication/wdr2016
Tadqiqot Jahon banki tomonidan yillik global rivojlanish hisoboti doirasida e’lon qilingan. Hujjat raqamli texnologiyalarning iqtisodiy o‘sish va jamiyat rivojiga ta’sirini tahlil qiladi.

“Uzbekistan Digital Rights Media Initiative” (UDRMI) loyihasi Yevropa Ittifoqi (YI)ning moliyaviy ko‘magida Zamonaviy jurnalistikani rivojlantirish markazi (MJDC) tomonidan Legal Policy Research Centre (LPRC) bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.